270
Atamalar
Agent (Агент, Agent)
- mijoz-server modelidagi axborotni
tayyorlash va uni mijoz va server qismi orasida almashishni bajaruvchi
tizim qismi.
Administrator (Администратор, Administrator)
- masofadan
o‘qitish kurslarining avtorlari nomidan kursni boshqaruvchi inson.
Kursni boshqarish jarayonida avtorlar bilan doimiy aloqada bo‘lishi
bilan birga o‘quv materiallarini yangilash, o‘quvchilarga ulardan
foydalanishga ruhsat berish masalalari bilan shug’ullanadi.
Akkaunt (Аккаунт, Account) - so‘zma-so‘z tarjimasi “qayd
yozuvi”
-Kompyuterda saqlaniladigan foydalanuvchi tavsifi. Odatda u
foydalanuvchining tarmoqdagi nomi, haqiqiy nom, parol, foydalanuvchi
xuquqlari va uy katalogining nomi (agarda u bor bo‘lsa) dan tarkib
topgan.
Aloqa tarmog’i (Сеть связи, Communication network)
- biror
tarmoqning faoliyatini ta’minlovchi jami aloqa kanallari (simli, radio
yoki optik), kanallarni hosil qiluvchi apparatura hamda aloqa markazlari
va bog’lamalari.
Amaliy
dastur
(Прикладная
программа, Application
program)
- amaliy masalalarni echishga yo‘naltirilgan dastur (matn
muharriri, elektron jadval…).
Amaliy dasturlar paketi (Пакет прикладных программ,
Applications package)
- ma’lum bir yo‘nalishdagi amaliy masalalarni
hal qilishga yo‘naltirilgan dasturlar jamlanmasi (elektron ma’lumotlarni
qayta ishlovchi dasturlar, buxgalteriya ishlariga oid dasturlar…).
Dostları ilə paylaş: