271
ko‘ptashuvchili taqdimotlarning eng asosiy tarkibiy qismlaridandir.
Kompyuter monitorida ko‘rish mumkin bo‘lgan animatsiyalarni yaratish
imkonini beruvchi ko‘plab dasturiy qo‘llanmalar mavjud. Animatsiya va
video o‘rtasidagi farqqa e’tibor bering. Video davom etuvchi harakatdan
iborat bo‘lib, diskret kadrlarga bo‘lingan bo‘lsa,
animatsiya mustaqil
rasmlar bilan boshlanib, ularni davom etuvchi harakat tasavvurini
yaratish uchun birlashtiradi.
Elektron matn (Электронная консультация, Electronic text)
-
Axborot tizimining xotirasiga yozilgan matn (hujjatlar,
kitoblar,
oynomalar, ma’lumotnomalar va h.k.). elektron matnlar tizimlarda
joylashgani sababli, o‘quvchilar (foydalanuvchilar) oldida yangi
imkoniyatlar ochiladi. Matnning
ixtiyoriy tahlilini bajarish, kerak
bo‘lgan qatorlar,
xatboshi, bo‘lim va h.k. larni topish mumkin.
LMS (Learning management system)
Ўқитишни бошқарувчи
тизим (ЎБТ) -Веб муҳитида ўқув жараѐнини ташкиллаштириш,
бошқариш имкониятини берувчи вебга йўналтирилган дастурий
мажмуа ҳисобланади. (Moodle,
BlackBoard, eStudy ва бошқа
тизимлар)
Ma’lumotlar (данные, data)
- 1. Rasmiylashtirilgan, ya’ni uzatish,
izohlash va qayta ishlash uchun mos shaklda taqdim etilgan axborot. 2.
Kompyuterda qayta ishlanishi jarayonida aylanayotgan hujjatlashtirilgan
axborot. 3. Hisoblash mashinasida uzatish,
saqlash va qayta ishlash
uchun tayyorlangan, ya’ni ramzlar (raqamlar) shaklida taqdim etilgan
axborot. Ma’lumotlar misoli sifatida
Kompyuterga kiritish uchun
kodlangan yoki allaqachon kiritilgan matn, nutq, tasvir, istalgan
kattaliklardagi jadvallar va h.k.ni keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: