O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Ma’lumotlar autentifikatsiyasi (аутентификация данных, data



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   173
Ma’lumotlar autentifikatsiyasi (аутентификация данных, data 
authentication) 

ma’lumotlar butunligini tekshirish uchun 
foydalaniladigan jarayon. Masalan, olingan ma’lumotlarning yuborilgan 
ma’lumotlar bilan bir xilligini tekshirish; dasturning virusdan 
zararlanmaganligini tekshirish. 
Ma’lumotlar banki (банк данных, databank) 
- 1. Ma’lumotlar 
majmui. 
Bu 
ma’lumotlar berilgan mavzuga tegishli bo‘lib 
foydalanuvchilar bilan o‘zaro ta’sir qila olishini ta’minlaydigan tarzda 


272 
tashkil qilingan. 2. Ma’lumotlarni markazlashtirilgan holda saqlash va 
jamoa bo‘lib foydalanishning avtomatlashtirilgan tizimi. Uning tarkibiga 
ma’lumotlar bazasi yoki ularning majmui, ma’lumotlar bazasi 
spravochnigi, MBBT, hamda so‘rovlar va amaliy dasturlar kutubxonasi 
kiradi. 
Ma’lumotlar banki (Банк данных, Databank) 
- ma’lum 
mavzular doirasida jamlangan va markazlashtirilgan holda saqlash, 
jamoa bo‘lib foydalanishga imkon beruvchi avtomatlashtirilgan tizimlar. 
Ma’lumotlar bazasi (База данных, Database) 
- elektron 
hisoblash mashinalari yordamida qidirib topilishi va qayta ishlanishi 
mumkin bo‘lgan tarzda tartibga solingan va aniq qoidalar asosida tashkil 
qilingan ma’lumotlar to‘plami. 
Ma’lumotlar bazasi serveri (Сервер базы данных, Database 
server) 
-ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi server. Bu serverning 
vazifalariga mijoz Kompyuterlarning so‘rovlariga javob berish, 
yangilangan ma’lumotlarni qabul qilish, bazadan foydalanishga ruhsat 
berish kabilar kiradi. 
Ma’lumotlarni elektron almashuvi (EDI, электронный обмен 
данными, Electronic Data Interchange 
- 1. Axborot tuzilmalashning 
kelishilgan standartidan foydalanib, bir Kompyuterdan boshqasiga 
elektron tarzda axborot uzatish. 2. Korxonalar orasida elektron shakldagi 
buyurtma, tasdiqlov va hisob raqamli-fakturalar kabi, hujjatlar bilan 
almashuv. Bu usuldan foydalanib kompaniyalar, tarmoqlarni ishchan 
o‘zaro aloqada ishlash uchun qo‘llashlari mumkin. Agar kompaniyalar 
orasidagi yozishma odatdagi hodisa bo‘lsa, EDI hisob raqami va 
shartnoma kabi katta hajmdagi qog’oz hujjatlarni almashtirib katta 
hajmdagi axborotlarni uzatishni nazarda tutadi. EDI korporativ 
malumotlar bazalariga bevosita o‘zgarishlar kiritilishini nazarda tutadi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin