Tugunlarni tahrirlash.
Quyidagi rasmda ajratilgan tugunlarni
konmatn menyu ѐrdamida tahrir qilish koman-dalari keltirilgan. Bu
menyu-da tanlangan tugunlarning ѐki bir nechta tugunlarning usti-da
ishlash ya’ni tahrir qilish-da ishlatiladigan menyu ko-mandasidan
boshqa atributlar paneli tugmachalari tasvirlan-gan.
Matn shakllarini o‘zgartirish
. Corel Draw dasturlarida kiritilgan
matnni ham turli shakllarda ѐzish mumkin. Buning uchun oldin matn
instrumentlar panelidagi Text Tool instrumenti orqali belgilab olinib ,
matn kiritiladi va Arrange- Break Apart buyruqlari bajariladi.
5.2. Adobe Photoshop dasturi
Adobe Photoshop Windows muhitida ishlovchi Macintosh va IBM
PC kompyuterlari uchun mo‘ljallangan elektron ko‘rinishidagi
fototasvirlarni tahrir qiluvchi dasturdir. Adobe Photoshop dasturi Adobe
System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib,
ishlatishdagi alohida qulayliklari bilan mashhur.
Adobe Photoshop tasvir tahrir qiluvchisi yordamida fotosuratlarga
qo‘shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog‘larni o‘chirish va eski rasm-
larni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo‘shimcha
61
maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi
fotosuratga olib o‘tish, suratdagi ranglarni o‘zgartirish, almashtirish
mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo‘lib, u
gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta
qulayliklar yaratadi.
Adobe Photoshop ayniqsa jurnalistlarning, rassomlarning ijodiy
imkoniyatlarini to‘la amalga oshirishlarida yordam beradi. Jurnalistika
va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo‘lgan
shaxslarning mazkur dastur bilan ishlashni bilishi ular uchun qo‘shimcha
imkoniyatlarni yaratib beradi.
Adobe Photoshop juda murakkab dasturdir. Foydalanuvchilar
uning asosiy imkoniyatlaridangina foydalanadilar, xolos.
Adobe Photoshop dasturi quyidagicha ishga tushiriladi:
1. Пуск menyusi Программы bandining Photoshop belgisida
“sichqoncha” ning chap tugmasi ikki marta bosiladi.
2. Ekrandagi mavjud Adobe Photoshop uchun maxsus belgida
“sichqoncha” ning chap tugmasi ikki marta bosiladi.
Adobe Photoshop dasturidan chiqish uchun quyidagi usullarning
biridan foydalanish mumkin:
Alt+F4 tugmalarini bosish.
Файл menyusining Выход buyrug‘ini tanlash.
Ekranning yuqori qismi o‘ng burchagida joylashgan
x
belgisini
bosish yoki Закрыть buyrug‘ini bajarish.
Savollarga quyidagicha javob berishingiz zarur:
Да – so‘nggi kiritilgan o‘zgartirishlarni saqlash va Adobe
Photoshop dasturidan chiqish uchun.
Нет – kiritilgan o‘zgartirishlar saqlanmagan holda Adobe
Photoshop dasturidan chiqish uchun.
Отмена - Adobe Photoshop dasturidan ishlashni davom ettirish
uchun.
Adobe Photoshop dasturi ishga tushirilgandan so‘ng ekranda
Adobe Photoshop tasvir tahrir qiluvchi oynasi hosil bo‘ladi.
62
Adobe Photoshop oynasining yuqori qismida sarlavha satri va
Windowsga xos elementlar joylashadi. Sarlavha satridan so‘ng menyu
satri joylashadi. Menyudagi kerakli buyruqlarni tanlashingiz mumkin.
Adobe Photoshop dasturi menyusi 9 banddan iborat. Har bir
menyu tarkibida ochiladigan menyu bandlari mavjud. Ularni ko‘rish
kursor yordamida amalgam oshiriladi. Quyida asosiy menyu va eng ko‘p
qo‘llaniladigan buyruqlarning qisqacha tavsifi keltirilgan.
|