68
7.
Corel Draw dasturida ranglar panelidan qanday foydalaniladi?
8.
Corel Drawning ishlash prinsiplari qanday?
9.
Corel Draw dasturida matnlardan qanday foydalaniladi?
10.
Corel Draw dasturida qanday qurilmalardan foydalaniladi?
11.
Adobe Photoshop dasturining vazifasi nima?
12.
Adobe
Photoshop
dasturining
imkoniyatlaridan
qayerda
foydalaniladi?
13.
Adobe Photoshop dasturi qanay ishga tushuriladi?
14.
Adobe Photoshop dasturi oynasi qanday tuzilgan?
15.
Adobe Photoshop menular satri qanday?
16.
Adobe Photoshop dasturida Файл
menyusi tarkibi nimalardan
iborat?
17.
Adobe Photoshop dasturida Редактирование menyusidan qanday
foydalaniladi?
18.
Adobe Photoshop dasturidan foydalanish prinsiplari qanday?
19.
Adobe Photoshop dasturida Изображение menyusidan qanday
foydalaniladi?
20.
Adobe Photoshop dasturida qanday vositalardan foydalaniladi?
6§.
Nashriyot tizimida qo‘llaniladigan dasturlar
Keyingi paytlarda turli korxonalarda
kichik nashriyotlar
paydo bo‘la boshladi. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter
bazasida, turli tez chop qiluvchi va boshqa qo‘shimcha qurilmalar orqali
bosma mahsulotlari (kitob, oynoma, jurnal, broshyuralar, prospektlar va
hokazo) chiqarish tushuniladi.Bunda bo‘lajak
bosma mahsulotlari
kompyuterda tayyorlanadi, ya'ni kompyuter varaqlash,
asl maketlash
ishlari ham kompyuterda bajariladi.
Nashriyot sohasida ishlatiladigan matn muharrirlari shu soha
uchun yaratilgan maxsus dasturlar bo‘lib, ular kichik nashriyotlar
yordamida
gazeta- jurnallar, kitoblar, turli reklama mahsulotlari
tayyorlashga mo‘ljallangan.
Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter
dasturiy texnik vo-
sitalari hamda turli-tuman chop qiluvchi va boshqa qo‘shimcha quril-
69
malar orqali bosma mahsulotlar tayyorlash jarayoni tushuniladi. Bunda
bo‘lajak bosma
mahsulotlar tayyorlanib, bu matnni terish, tekshirish va
tahrirlashdan to maketlashgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Keyinchalik maket lazer printerda bitta asl nusqada chop etib olinadi va
undan so‘ng tayyorlangan hujjatning maketi rizograf deb nomlanuvchi
maxsus qurilma yordamida ko‘paytiriladi.
Kichik nashriyot bulardan
tashqari muqovalovchi, broshyuralovchi va kesuvchi qurilmalar bilan
ham ta'minlangan.
Sifatli va asl maketlarni tayyorlash
uchun bir qancha turdagi
nashriyot tizimlaridan foydalanadi.
Ularga misol qilib Page Maker, Ventura Publisher,
Post Script,
QuarkXPress, TEX, LATEX nashriyot tizimlarini keltirishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: