O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   173
Corel Draw muharririni yuklash 
6-rasm. Corel Draw ni ishga tushirish 
Natijada Windows sistemasining barcha oynalariga o‘xshash Corel 
Draw muharririning oynasi ochiladi. 


54 
7-rasm.Corel Draw muharririni ko‘rinishi 


55 
 
8-rasm. Corel Draw dasturi oynasining asosiy elementlari. 
Corel Draw bilan ishni boshlashdan oldin bu dasturning imkoniyat-
lari bilan tanishib chiqishingiz lozim. Tepada aytib o‘tilgandek, Corel 
Drawning asosiy tushunchasi ob’yekt tushunchasidir. Har qanday 
illyustratsiyada ob’yektlar tuzush, ularni sozlash hamda joylashtirish 
asosiy ishdir. Avvalam bor tahminiy forma yasaladi, keyinchalik ob’yekt 
qo‘shish yoki ayirishdan kerakli formalar yasaladi. Undan so‘ng 
konturga rang beriladi, to‘ldiriladi.


56 
Oynaning markazida ish varag’i turadigan ishlash oynasi joylash-
gan. Siz varaqni ham ichida ham tashqarisida chizishingiz mumkin
lekin nashr paytida faqatgina varaqdagi narsalar qog’ozga tushadi. 
Lineykalar tasvirni joylashish koordinatalarini, hamda o‘lchamlarini 
aniq ko‘rsatib turadi. Ranglar bilan ishlash uchun oynaning o‘ng 
tomonida ranglar palitrasi joylashgan. Holat satrida obyeklar to‘g’risida 
har qanday informatsiya ko‘rsatiladi. Asosiy ishlash uchun zarur 
asboblar uskunalar panelida joylashgan. Bu paneldagi tugmalar tezda 
ishlashga yordam beradi. Panellarni o‘zingizga qulay bo‘lgan ixtiyoruy 
joyga joylashtirishingiz mumkin. Hamda panellarni ko‘rsatish yoki 
yashirishingiz ham mumkin. Buning uchun panel ustiga sichqonchani 
o‘ng tugmasini bosish lozim. Corel Drawning standart ob’yektlari ham 
mavjud, ular orasida murakkablari ham teng keladi desa bo‘ladi. Bir 
qancha afzalliklar matnli hamda rasmli tasvirlar yaratish imkonini 
beradi. Corel Drawda har xil tasvirlar, yani clipartlar mavjudligi tufayli 
foydalanuvchi osonlikcha ulardan foydalanib, matnlar bilan bezab, 
tayyor illyustratsiyalar yaratish mumkin. Corel Drawning ishlash 
prinsiplarini yana qayta takrorlasak:

Geometrik figuralar yoki egrilar, ochiq va yopiq shakllar tuzish. 

Matn kiritish va formatlash.

Har qanday ob’yektni sozlash, unga tus berish, shaklini 
o‘zgartirish.

Tayyor tasvir yoki oldin yaratilgan illyustratsiya kiritish.

Tasviriy effektlar berish.

Ob’yektlarni to‘g’ri joylashtirish.
Corel Draw boshqa grafik muharrirlariga nisbatan matnlar bilan 
yaxshi ishlaydi,ya’ni nashriyot sistemalarida , masalan, yumoristik yoki 
boshqacha kitoblarni har xil va turli o‘lchamdagi harflar bilan yozish 
mumkin. Siz o‘zingiz fotosuratingizni skanerdan o‘tkazib, Corel Draw 
yordamida shu rasmingizni chiroyli portretga aylantirishingiz mumkin. 
O‘z-o‘zidan ma’lumki bunday professional murakkab grafik muharririda 
fayllarning kengaytmasi filt/cdr ko‘rinishda bo‘ladi.


57 
Fayllarni import va eksport qilish eng yaxshi qulayliklardan biri 
hisoblanadi. Ayniqsa kompakt diskdan fayllarni import qilish ko‘p 
qo‘llaniladi. 
 
Corel Draw dasturida yangi matnlar yaratish uchun quyidagi 
oynadan foydalanamiz. Matn kiritish uchun qurilmalar panelidagi A 
tanlab olinib varaq ustiga olib kelinib kerakli trayektoriya belgilab 
olinadi va kerakli shriftda yozila boshlaydi. Uni ko‘rinishi quyidagicha: 
 
Hoshiya rangini o‘zgartirish uchun ranglar panelidan rang tanlanib 
sichqonchani o‘ng tugmasi bosiladi. Corel Draw ko‘pgina shakllar 
ustida amallar bajarish uchun qulay.


58 
Masalan, uchburchak, yulduzcha ellipslar ustida turli amallar 
bajarish mumkin. Lekin bunda ko‘pburchaklar qavariq ko‘pburchaklar 
bo‘lishi kerak. Ko‘pburchaklarni chizish uchun maxsus ekran panellari 
mavjud. 
Ko‘pburchaklar 
bilan 
ishlaganda 
panel 
atributlaridan 
foydalanish kerak bo‘ladi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin