55
8-rasm. Corel Draw dasturi oynasining asosiy elementlari.
Corel Draw bilan ishni boshlashdan oldin bu dasturning imkoniyat-
lari bilan tanishib chiqishingiz lozim. Tepada aytib o‘tilgandek, Corel
Drawning asosiy tushunchasi ob’yekt tushunchasidir.
Har qanday
illyustratsiyada ob’yektlar tuzush, ularni sozlash hamda joylashtirish
asosiy ishdir. Avvalam bor tahminiy forma yasaladi, keyinchalik ob’yekt
qo‘shish yoki ayirishdan kerakli formalar yasaladi. Undan so‘ng
konturga rang beriladi, to‘ldiriladi.
56
Oynaning markazida ish varag’i turadigan ishlash oynasi joylash-
gan. Siz varaqni ham ichida ham tashqarisida
chizishingiz mumkin,
lekin nashr paytida faqatgina varaqdagi narsalar qog’ozga tushadi.
Lineykalar tasvirni joylashish koordinatalarini, hamda o‘lchamlarini
aniq ko‘rsatib turadi. Ranglar bilan ishlash uchun oynaning o‘ng
tomonida ranglar palitrasi joylashgan. Holat satrida obyeklar to‘g’risida
har qanday informatsiya ko‘rsatiladi. Asosiy ishlash uchun zarur
asboblar uskunalar panelida joylashgan.
Bu paneldagi tugmalar tezda
ishlashga yordam beradi. Panellarni o‘zingizga qulay bo‘lgan ixtiyoruy
joyga joylashtirishingiz mumkin. Hamda panellarni ko‘rsatish yoki
yashirishingiz ham mumkin. Buning uchun panel ustiga sichqonchani
o‘ng tugmasini bosish lozim. Corel Drawning standart ob’yektlari ham
mavjud, ular orasida murakkablari ham teng keladi desa bo‘ladi. Bir
qancha afzalliklar matnli hamda rasmli
tasvirlar yaratish imkonini
beradi. Corel Drawda har xil tasvirlar, yani clipartlar mavjudligi tufayli
foydalanuvchi osonlikcha ulardan foydalanib, matnlar bilan bezab,
tayyor illyustratsiyalar yaratish mumkin.
Corel Drawning ishlash
prinsiplarini yana qayta takrorlasak:
Geometrik figuralar yoki egrilar, ochiq va yopiq shakllar tuzish.
Matn kiritish va formatlash.
Har qanday ob’yektni sozlash, unga tus berish, shaklini
o‘zgartirish.
Tayyor tasvir yoki oldin yaratilgan illyustratsiya kiritish.
Tasviriy effektlar berish.
Ob’yektlarni to‘g’ri joylashtirish.
Corel Draw boshqa grafik muharrirlariga
nisbatan matnlar bilan
yaxshi ishlaydi,ya’ni nashriyot sistemalarida , masalan, yumoristik yoki
boshqacha kitoblarni har xil va turli o‘lchamdagi harflar bilan yozish
mumkin. Siz o‘zingiz fotosuratingizni skanerdan o‘tkazib, Corel Draw
yordamida shu rasmingizni chiroyli portretga aylantirishingiz mumkin.
O‘z-o‘zidan ma’lumki bunday professional murakkab grafik muharririda
fayllarning kengaytmasi filt/cdr ko‘rinishda bo‘ladi.
57
Fayllarni import va eksport qilish eng
yaxshi qulayliklardan biri
hisoblanadi. Ayniqsa kompakt diskdan fayllarni import qilish ko‘p
qo‘llaniladi.
Corel Draw dasturida yangi matnlar yaratish uchun quyidagi
oynadan foydalanamiz. Matn kiritish uchun qurilmalar panelidagi A
tanlab olinib varaq ustiga olib kelinib kerakli
trayektoriya belgilab
olinadi va kerakli shriftda yozila boshlaydi. Uni ko‘rinishi quyidagicha:
Hoshiya rangini o‘zgartirish uchun ranglar panelidan rang tanlanib
sichqonchani o‘ng tugmasi bosiladi. Corel Draw ko‘pgina shakllar
ustida amallar bajarish uchun qulay.
58
Masalan, uchburchak, yulduzcha ellipslar
ustida turli amallar
bajarish mumkin. Lekin bunda ko‘pburchaklar qavariq ko‘pburchaklar
bo‘lishi kerak. Ko‘pburchaklarni chizish uchun maxsus ekran panellari
mavjud.
Ko‘pburchaklar
bilan
ishlaganda
panel
atributlaridan
foydalanish kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: