O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   173
Nazorat uchun savollar 
1.
Kompyuter grafikasi nima? 
2.
Kompyuter grafikasisining qanday turlari bor? 
3.
Kompyuter grafikasi foydalanish sohasi bo‘yicha qanday turlarga 
bo‘linadi? 
4.
Rastrli grafika nima? 
5.
Vektorli grafika nima? 
6.
Fraktal grafika nima? 
7.
Rastirli tasvirlar va ularning asosiy xarakteristikalarini ayting? 
8.
Kompyuter grafikasining yaratilish tarixi qanday? 
9.
Komputer grafikasining dasturiy ta’minoti to‘g’risida ma’lumot 
bering? 
10.
Komputer grafikasida foydalaniladigan dasturlarni sanab bering? 
11.
Uch o‘lchovli animasiyalar uchun qanday dasturlar ishlatiladi? 
12.
Prezentasiyalar uchun qanday dasturlar ishlatiladi? 
 
5§. Komputer grafikasi dasturlari 
5.1. Corel Draw dasturi 
Corel Draw - bu illyustratsiyalarni vektor grafikasi printsipiga 
asoslangan holda yaratuvchi va tahrirlovchi dastur hisoblanadi. Corel 
Draw dasturining imkoniyatlari unda turli xil grafik kompozitsiyalarni 
yaratishga yordam beradi. Ayniqsa dinamik interaktiv instrumentlar
turli hil effektlar va grafik ma'lumotlarni HTML va PDF formatlarida 
tayyorlash imkoniyatlari yaratilgan. Bundan tashqari Corel Draw grafik 
muharririda ranglar palitralarida turli hil ranglarni tanlash mumkin. 
Shuningdek turli formatlar bilan ishlashda yordam beruvchi turli 
instrumentlar, import va eksport uchun zarur bo`lgan ko`plagan filtrlar, 
tasvirni nashr qiluvchi vositalar ijodkor uchun eng yuqori ijodiy muhit 
yaratib beradi.
Har yangi versiyalarda CorelDraw dasturida vektorlar bilan 
ishlashda yangidan yangi qulayliklar yaratiladi. Hamda interface 
yaxshilanadi. Yangidan yangi funksiyalar yaratildi, siz interfaceni 
o‘zgartirish, menyulardagi buyruqlarni joylashishini o‘zgartirish 
imkoniga egasiz. Hamda hamma tuzatmalarni saqlashingiz mumkin, har 
gal dasturni yuklaganingizda o‘zingizni interfeysingiz bilan ishlaysiz. 


52 
Har bir ishni orqaga qaytarish imkoni yanada yaxshilangan. Dastur 
yanada ko‘proq formatni qo‘llaydi. Oddiy figuralardan tashqari 
avtofiguralar yaratishingiz ham mumkin. O‘chirg’ich hamda pichoq endi 
rastorli ob’yektlar bilan ishlash imkoniga ega.
Matnlar bilan ishlash bir muncha yaxshilangan. Ko‘pgina tillarni 
formatlash yaxshilangan. Ranglar bilan ishlashda ham foydalanuvchi 
interfeysi 
yaxshilangan. 
Rangli 
illyustratsitalar 
bilan 
ishlash 
soddalashadi, hamda siz sifatliroq natijalarga erishasiz. Internet tasvirlar 
yaratish ham ancha yaxshilangan. Corel Draw orqali nafaqat rasmlarni, 
balki www sahifalarni qayta sozlab, internetga joylashtirish imkonini 
beradi. Ayrim funksiyalar avtomatlashtirilgan, masalan, tugmalar 
yaratib, siqchonchani tugmaga yurgizganda, rangini o‘zgarishi. 
Har bir vektor formatdagi tasvirlar tuzatma kirib bo‘ladigan har xil 
qismlardan tashkil topadi. Tasvirni tashkil etadigan bosh qismlar 
ob’yektlar deyiladi. Ob’yekt tushunchasi Corel Drawda bosh tushuncha 
hisoblanadi. Ob’yektlar quyidagilardir: to‘g’ri chiziq, aylana, to‘gri 
to‘rtburchak, egri kontur, yopiq kontur, ko‘pburchak va hokazo.
Chunki bu ob’yektlardan yangi ob’yektlar yaratish mumkin. Corel 
Draw ob’yektlar gruppasini yaratishi mumkin, bu gruppalar bilan bitta 
ob’yekt ko‘rinishida ishlash mumkin. Tashqi ko‘rininishidan tashqari 
vector grafikasi ob’yektlari birqancha xarakteristikalarga ega. Tepadagi 
rasmda buni ko‘rishingiz mumkin. Hamma ob’yektningto‘gri yoki egri 
chiziqlar, yani segmentlar bilan tutashgan birqancha tugunlari yoki 
nuqtalari mavjud. Ob’yektning tashqi ko‘rinishini tugunlar kordinatalari 
va segmentlar parametric belgilaydi. Ob’yektning ichini har xil turda 
to‘ldirish mumkin. Ob’yekt segmentlari rangli tus bersa bo‘ladigan 
konturdan tashkil topgan. Kontur qalinligini o‘zgartirish mumkin. 
Konturlar ochiq va yopiq bo‘ladi. Bir nechi xil rangli, har xil qalinlikka 
ega konturli ob’yekt bo‘lishi mumkin emas. Bunday tasvir yaratish 
uchun har xil ob’yektlar yaratish lozim. Biz ob’yektlar tushunchasini 
hammasini ko‘rib chiqdik. Chunki Corel Drawgadi asosiy ishlar 
ob’yektlar bilan ishlashdan iborat. 
Corel Draw muharrirni ishga tushirish uchun Corel Draw ning 
belgisiga borib «sichqoncha»ni yoki Enter klavishini bosish kerak. 


53 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin