O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   173
 
Computer animation
- bu, displey ekranida tasvirlarning 
«jonlanishi» , kompyuterdagi dinamik tasvirlarning sintezidir. ( «Anglo-
russkiy slovar po vichislitelnoy texnike» p/r Ye.K. Maslovskogo). 
Grafik dasturlarda odatda quyidagi ketma-ketlikda ish olib boriladi: 

Yangi faylni yaratish yoki mavjud faylni ochish. 

Ob’yekt yoki muxitni belgilash. Bu asbob va effektlarni tasvirlarning 
hammasiga emas, balki zarur, kerakligiga qo‘llashni bildiradi. 

Effektlarni joylashtirish yoki asboblarni grafik shaklda panelda 
aktivlashtirish. 

Belgilashni olib tashlash. 
Kompyuter grafikasi uch turga bo‘linadi: rastrli grafika, vektorli 
grafika va fraktal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi 
va qog’ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi. 

Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni 
o‘zida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real 
borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish, dastur vositasi 


49 
yordamida hatto tasvirga oid Yangi loyihalarni yaratish ko‘zda tutiladi.U 
multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi. 
Kompyuter grafikasi – bu, avvalo, keng tarqalib borayotgan dastur 
ta’minotidir, ya’ni kompyuter grafikasi mavjud va Yangi yaratilayotgan 
dasturlarga tayanib ish ko‘radi, rivojlanadi vat obora qo‘llanilish 
sohasini kengaytira boradi.U hatto shu dasturlarning o‘ziga zeb berishda 
ham juda keng qo‘llaniladi.Kompyuter grafikasi ning rivojlanishi 
jarayonlarning real uch o‘lchovli fazoda qanday kechishini aniq 
tasvirlash (hatto harakatdagi )imkoniyatini yaratdi.Shu sababdan hozirda 
shunday Amaliy dasturlar paketlari yaratildiki, ular yordamida 
ko‘rilayotgan masalaning asosiy parametrlarini bergan holda uning 
yechimi natijasi grafik shaklda olinishi mumkin, bu esa o‘z navbatida 
jadvallar ko‘rinishidagi ish uslub va vositalarining o‘zgacha tusda bo‘la 
olish imkoniyatidir. 
Kompyuter grafikasining qo‘llanilish sohasi juda keng va xilma-
xildir. U nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachi-
lari, reklama bilan shug’ullanadigan mutaxassislar, Internet sahifalarini 
yaratish, o‘qitish jarayoni uchun va boshqa sohalarda muhim rol 
o‘ynamoqda. Uning, ayniqsa, matbaa sohasida qo‘llanilishi keyingi 
paytlarda rang-barang, suratli adabiyotlar , o‘quv qo‘llanmalari va badiiy 
asarlarning paydo bo‘lishida yuksak bezash texnikasidan foydalana olish 
imkonini bermoqda. Hozir, o‘ziga jalb qiluvchi videoroliklar, Internet 
sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasiz tasavvur qilish qiyin. 
Yuqorida qayd etilgan fikrlarning qay darajada ob’yektiv ekanligini 
quyidagi tahlillar isbotlaydi: 
 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin