O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   173
 
Animatsion kompyuter grafikasi. 
Bo‘sh vaqtda televideniening 
reklama e’lonlarini ko‘zdan kechira turib, biz ularda animatsiya 
elementlaridan foydalanilganligining guvohi bo‘lamiz. Bundan 50 yil 
mukaddam Vold Disney studiyasi «Oqqiz va etti gnomlar» multfilmini 
yaratgan. U animatsiya tarixida munosib o‘rin egallagan. Bu 1,5 soat 
davom etuvchi birinchi animatsiyali tasma bo‘lgan. U rassom 


41 
animatorlarning bir necha yillik mashaqqatli mehnatini ta’riflaydi. 1991 
yilda ushbu kompaniyaning Silicon Graphics kompaniyasi IRIS 
INDIGO grafik studiyasida tayyorlangan «Go‘zal qiz va maxluq» 
animatsion filmi katta muvafaqqiyatlar bilan namoyish qilindi. Bu 
barcha filmlar animatsion kompyuterli grafikasi tufayli amalga 
oshirilgan edi. 
Animatsion grafik o‘zida rang, tasvir va illyustrativ grafika 
stsenariyasi bilan ishlashdagi muvaffaqiyatlarni muxandislik grafikasi 
uch o‘lchamli ob’ektlarning yutuqlari bilan birlashtirgan. Hozirda o‘z 
televizorlarimiz ekraniga qarab, biz kompyuter reklama kliplari va 
teleeshittirishlarning bezaklari ko‘rinishidagi ushbu unumdor ittifoqning 
mevalarini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘ramiz. 
 
Animatsiya 
- bu, ob’ektlar, kameralar, yorug’lik manbalarini 
o‘zaro joyini almashtirish yoki ularning parametrlarini vaqt bo‘yicha 
o‘zgarishiga ega vazifa, topshiriq. 
Hozirgi vaqtda kompyuterli grafikasi vositalarini qo‘llashning 
ushbu sohasi g’oyat kuchli rivojlanishni boshdan kechirmoqda. Xorijiy 
tajribaning ko‘rsatishicha, hozir dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida 
kompyuterlashtirilgan reklama axborotlarining manbalari, ixtisoslash-
tirilgan kompyuter tizimlarining ma’lumotlar bazasi mavjud, ularga 
reklama beruvchilar belgilangan to‘lovlar hisobiga o‘z firmalari va ular 
tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar (xizmatlar) haqidagi ma’lumot-
larni kiritadi. U yoki bu axborot maxsulotini xarid qilishga qiziqqan 
bo‘lajak xaridorlar ushbu ma’lumotlar banklariga telefonlar yoki maxsus 
terminlar yordamida hisobli sotsiyalar davomida o‘zlari uchun kerakli 
axborotlarni oladi. 
Tanishtirishlar, ko‘rgazmalar, anjumanlar va videozallarda 
kompyuterlashtirilgan reklamani namoyish qilishning eng samarali 
vositasi video proektsion tizimlardan iborat bo‘ladi. Reklamalarni katta 
ekranli video tizimlar orqali tarqatish odamlarning axborot extiyojlarini 
kanoatlantirishga imkon beradi, bu o‘z navbatida, yangi xaridorlarni jalb 
qiladi. Ko‘pgina ekspertlar televideniega yuqori aniqlikdagi katta ekranli 
tizimlarni tezroq tatbiq etilishi kompyuterlashtirilgan reklamani 
tarqatishda xal qiluvchi rolni o‘ynaydi deb faraz qiladilar. 


42 
Zamonaviy reklamani ishlab chiqishni takomillashtirish va 
marketing tadqiqotlari natijalarini tahlil qilishning qurol sifatida xudtsi 
animatsion kompyuterli grafikasi vositalari tanlanishining sabablarini 
tadkik qila turib, ushbu sohaga butun dunyoda hisoblash texnikasini 
qo‘llashning eng yuqori aqliy va yuqori texnologik sohasi sifatida 
qaralishi haqidagi xulosaga kelish mumkin, ammo bu ham ShKlarda 
video tasvirlar bilan to‘laqonli ishlashning ta’minlovchi texnik va 
dasturiy yechimlarining murakkabligi va ham kompyuterli grafikasining 
zamonaviy usullari asosida yotgan jiddiy matematik baza bilan bog’lik. 
Bundan tashqari, hozirgi kunda yuqori sifatli kompyuterlashtirilgan 
reklamani hisoblash vositasi yordamida tayyorlash faoliyatining 
yetarlicha foydali turi bo‘ladi. 
Bugun garbda kompyuterlashtirilgan reklamaning bir daqiqasi 
shakli va ishlab chiqishning murakkabligiga qarab 2000 dan 50000 
AQSh dollarigacha turadi. Bizning respublikamizda kompyuterlashtiril-
gan reklamaning bir daqiqasi ancha arzon turadi. 
Animatsion kompyuter grafikalarining dasturiy vositalariga, eng 
avvalo, 3D-Studio, Animator Rgo va boshqalar kiradi. Animatsion 
grafika quyidagilarga imkon beradi: 
1) sinchli 3D ob’ektni modellashtirish va ko‘rishga, uni zamonaviy-
lashtirish va u bilan manipulyatsiya qilishga; 
2) qurilgan sinchli ob’ektning sirtini qoplash uchun materialni 
kutubxonadan tanlash yoki yaratish (bunday material matnura deb 
ataladi); 
3) oldin yaratilgan modellarni joylashtirish, ya’ni bu ob’ektlar uchun 
sahna, harakat joyini ko‘rish (masalan, stol, unda pichok yordamida 
«beqiyos mazali apelsinni» kesish mumkin); 
4) matnura ob’ektlarini ulash; 
5) yoritishning xarakterini belgilash, yorug’lik manbalari va kameralarni 
sahnada joylashtirish; 
6) kadrlarning izchilligini belgilash, ob’ektlarni kadrdan kadrga joyini 
o‘zgartirish yoki zamonaviylashtirish (yana kameralar va yorug’lik 
manbalari uchun harakatlarni ham berish mumkin); 


43 
7) yakka kadr yoki bir necha kadrning palitra, yorug’lik, soyalar, ko‘rish 
burchagi, ob’ektlarning o‘zaro joylashuvi va ularni kadrdan kadrga 
o‘zgarishlarini hisobga olish bilan hisoblash; bunday hisoblash 
rendering (inglizcha «rendering»dan) deb ataladi. Bu animatsiyaning 
oxirgi bosqichi, bunda tayyor ayrim ob’ektlar, epizodlar va pallalardan 
yaxlit reklama kadri olinadi; 
8) ekranga yakka tasvirlar va kadrlarning film ko‘rinishidagi olingan 
izchilligini chikarish. 
MDH mamlakatlarida kompyuter grafikasi ustida ishlayotgan 
ko‘pgina jamoalar xatto tegishli texnika va dasturiy ta’minlashga ega 
bo‘lmay ham, yakin kelajakda zamonaviy reklama, eng avvalo, uning 
video va tele tasvirlar sintezi bilan belgilanishini yaxshi tushunadilar. 
O‘zbekistonda hozir yuqori sifatli va texnik darajada bajarilgan ko‘pgina 
ajoyib ishlarni sanab o‘tish mumkin. Bu, xususan, «Axborot», 
«Respublika mulk birjasi», «Avto birja», «50G’50», «Sariq suv osti 
kemasi» kabi eshitgarishlarning kompyuterlashtirilgan reklamasi. 
Kompyuterlashtirilgan reklamani ishlab chiqish kompyuter 
grafikasining texnik va dasturiy vositalarini xarid qilish uchun katta 
moliyaviy xarajatlarni talab qiladi. Agar firma vazifani aniq 
shakllantirmasa, reklama byudjetiga, reklama vositalarini tanlashga 
nisbatan yetarlicha mulohaza qilinmagan qarorini qabul qilsa, reklama 
faoliyati natijalarini baholashni hisobga olmasa, bu xarajatlarni havoga 
uchirib yuborishi mumkin. Shuning uchun reklamaning iqtisodiy 
samaradorligi ushbu reklama tadbirini o‘tkazishda qo‘yiladigan 
maqsadlar va uni o‘tkazish uchun ajratiladigan moliyaviy mablag’lar 
summasiga bog’likdir. Ya’ni, boshqacha qilib aytganda, ushbu savollar 
tug’iladi: 
1. Reklamaga ajratilgan mablag’lar qo‘yilgan maqsadlarga mos 
keladimi? 
2. Reklama tadbirini o‘tkazish natijasida qo‘yilgan maqsadga 
erishiladimi? 
Agar bu ikki omil bir biriga mos kelsa, unda iqtisodiy foydali 
bo‘ladi. Buning ustiga, kompyuterlashtirilgan reklamaning iqtisodiy 
samaradorligini aniqlab turib, ko‘p reklamalar oldida foyda olish 


44 
maqsadi turmaganligi holini hisobga olmaydilar. Masalan, imij-
reklamaning 80%i to‘gridan to‘gri foyda olish maqsadini ko‘zlamaydi, 
chunki bu holda biror axborot maxsuloti emas, balki umuman interaktiv 
xizmat reklama qilinadi. 
Kompyuterlashtirilgan reklamani yaratish texnologiyasi zamonaviy 
axborot texnologiyalarini rivojlantirish va marketingning axborot 
kommunikatsion, 
bazasini 
takomillashtirish 
ishida 
fundamental 
tadqiqotlarni o‘tkazishning yangi shaxobchasini yaratish uchun qudratli 
rag’bat bo‘ladi. Reklama tarqatishning radio va televidenie kabi 
vositalaridan foydalanishda efirga buyurtma berish va sifatli reklama 
syujetini yaratishga qo‘shimcha xarajatlar mavjud, agar mavjud bo‘lgan 
hisoblash texnikasidan kompyuterlashtirilgan reklamani tarqatishda 
foydalanilsa, bu xarajatlardan chetlash mumkin. 
Axborot mahsulotlari va xizmatlarining reklama vositalari va 
usullarini tahlil qilish ularni kompyuter grafikasi vositalari bilan 
takomillashtirish yo‘llarini belgilashga imkon beradi, ya’ni: 
a) animatsiya elementlariga jonli video va audio materiallarini kiritish; 
b) telekommunikatsion kompyuter tarmogi orqali tarqatish; 
v) reklama axboroti iste’molchilariga ruxiy ta’sir ko‘rsatuvchi, oldin 
erishib bo‘lmaydigan ko‘rish samaraligini olish imkoniyatini ta’minlash; 
g) tasvirlarning aniqligiga, 16 mln. va undan ortiq rang-tuslardan 
foydalanish imkoniyatlariga erishish; 
d) kerak bo‘lgan holda tabiiy suratga olishni to‘ldirish (masalan, axborot 
maxsulotlari va xizmatlarining xususiyatlarini ko‘rsatishda); 
e) iste’molchilarni reklama kommunikatsiyalarining faol ishtirokchi-
lariga aylantiruvchi reklamani tarqatish vositalarini yaratish; 
j) grafik axborotning yangi manbalaridan foydalanish.
Muhandislik grafikasi o‘z ichiga tahlil, sintez, modellashtirish, 
testdan o‘tkazish, chizmachilik, real vaqtda boshqarish (ya’ni butun 
loyihalashtirish, avtomatlashtirishni tashkil qilishni) oladi va ikki asosiy 
vazifaviy xususiyatlar: ob’ektning qurilishi va u bilan manipulyatsiya 
qilish bilan ta’riflanadi. 


45 
Bunday bo‘linish ikki koordinatli tizimlar kontseptsiyasiga olib 
kelgan: mustaqil (dunyoviy), unda ob’ekt va koordinataning apparatli 
tizimi quriladi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin