38
4.2.Kompyuter grafikasining qo‘llanish sohalari.
Kompyuter grafikasi bir necha turlarga bo‘linadi: tijorat (ish
bo‘yicha), tasvirli, namoyish qiluvchi, animatsiyalovchi, muhandislik va
ilmiy. Bu sinflarning har biriga tegishli
grafik vositalari asosiy
xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Tijorat kompyuter grafikasi.
Axborot marketingi kompyuter
grafikasi vositalari qo‘llanishining eng keng va turli-tuman sohasidir.
ShK yordamida qurilgan interaktiv grafiklar, diagrammalar,
rasmlardan
ko‘pincha moliyaviy iqtisodiy tahlilni o‘tkazish uchun hamda
rejalashtirish va marketing qarorlarini qabul qilishda qulay vosita sifati-
da foydalaniladi. Tijorat kompyuter grafikasining dasturiy vositalari
tufayli byudjet, tovarlarning mavjudligi, pul mablag’larining
harakati,
foydaning miqdorlari, foiz stavkalari, sarmoya kiritishdan daromadlar,
buyurtmalar «portfeli»ning holati haqidagi ma’lumotlarga
ega har xil
interaktiv grafiklar va diagrammalarni tayyorlash mumkin.
Illyustrativ kompyuter grafikasi.
Tovarni har tomonlama mos,
chiroyli ko‘rsata olishlik bozor jamiyati uchun juda xos. Bunda hamma
narsa tovarning sifatiga bog’liq. Masalan, o‘zi, o‘z tovari yoki
kompaniyasi haqidagi axborotni qanday berishning belgilangan
madaniyati vujudga kelgan. Xususan, axborot sohasi tovarlarini reklama
qilish uchun illyustrativ kompyuter grafikasidan
foydalanish maqsadga
muvofiq.
Illyustrativ grafika vositalari sifatli mashina tasvirlari, illyustrativ
matnlar, chizmalar, eskizlar, geografik xaritalarni yaratish uchun xizmat
qiladi.Tijorat kompyuter grafikasi sinfining grafik vositalardan farqliroq,
illyustrativ grafiklar sinfining dasturiy vositalarida sifatli tasvirlarni
olish birdan-bir maqsaddir va uni alohida tahlil qilish talab qilinmaydi.
Ushbu sinfning dasturiy vositalari oddiy va tez usudda tarkibiy qismlarni
yigishga hamda grafik ob’ektlarni o‘zgartirishga imkon beradi.
Hozirda kompyuter grafikasining
bu sinfi vositalari keskin
rivojlanmoktsa. Kompyuterlashtirilgan reklama reklamaning zamonaviy
shakllaridan biri bo‘lib, u zamonaviy reklamani kompyuter grafikasi
usullari va vositalari yordamida yaratish va tarqatishning tubdan yangi
shaklidir.
39
Zamonaviy
reklamada
kompyuter
grafikasi
vositalaridan
foydalanish reklama kompaniyasining rolini tubdan oshiradi va undan:
a) televidenieda;
b) xalqaro ko‘rgazma va anjumanlarda;
v) AMBdan foydalanish jarayonida;
g) interaktiv o‘qitish
tizimlarini ishlab chiqishda;
d) xalqaro tarmoqlarning elektron anjumanlarida;
e) o‘quv jarayonida foydalanish mumkin.
Reklamada sifat o‘zgarishlari asosan uch yo‘nalishlar bo‘yicha
sodir bo‘lmokda: reklama jarayonini kompyuterlashtirish va uning
natijasida unga informatika vositalarini tatbiq etish,
audio vizual
texnikani va kabelli televidenieni rivojlantirii
Illyustrativ grafikaning ADP ko‘pincha grafik muharrirlar bilan
tenglashtiriladi, ammo keyingilari ushbu sinfdagi ko‘pgina ADPlarning
fakat bir kismidir. Masalan, Storyboard Plus ADPdagi grafik muxarrir
Picture
Maker modellaridan biridir, undan tashqari Story Editor
stsenariylar muxarriri, Story Te11er — tayyor slayd filmlarni namoyish
etish va Picture Taker — boshqa ADPdan tasvirlarni tortib oluvchilar
ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: