O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   173
4§. Kompyuter grafikasi 
4.1.Kompyuterning grafikasi, ularning imkoniyatlari va turlari 
 
Kompyuter grafikasi 
- grafik displey (monitor) ekranida tasviriy 
informatsiyani vizuallash („ko‘rinadigan“ qilish). Tasvirni qog'ozda, 
fotoplonkada, kinolenta va boshqalarda aks ettirish usulidan farqli 
ravishda kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni 
darhol o‘chirib tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan yo‘nalishda toraytirish 
yoki cho‘zish, yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, burish, harakatlantirish, rangini 
o‘zgartirish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va 
chizmalarni tayyorlashda buyumlarni loyihalash va modellarini yasashda, 
telereklamalar yaratishda, televizion eshittirishlar „qistirmalari“ (zastavkalari) 
ni, multfilmlarni yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilish va 
boshqa ko‘p sohalarda qo‘llaniladi.
Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni 
o‘zida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real 
borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish, dastur vositasi 
yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ko‘zda tutiladi. U 
multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi. 
Kompyuter grafikasi – bu avvalo keng tarqalib borayotgan dastur 
ta’minotidir, ya’ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan 
dasturlarga tayanadi. U hatto dasturlarning o‘ziga zeb berishda ham juda 
keng qo‘llaniladi. Uning rivojlanishi jarayonlarning real uch o‘lchovli 
fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash (hatto harakatdagi) imkoniyatini 
yaratdi. Shuning uchun hozirda shunday amaliy dasturlar paketlari mav-
judki, ular yordamida ko‘rilayotgan masalaning asosiy parametrinigina 
bergan holda uning yechimi natijasi grafik shaklida olinishi mumkin.
Bu holda, biz natijalarni ko‘plab jadvallar shaklida olishdan qutila-
miz va bunga intilish kerak. Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy xodim-
lar, balki rassomlar, turli soha loyihachilari, reklama bilan shug’ullana-
digan mutaxassislar, Internet sahifalarini yaratish, o‘qitish jarayoni uchun 
va boshqa sohalarda muhim rol o‘ynamoqda. Uning ayniqsa poligrafiya 
sohasida qo‘llanilishi keyingi paytlarda rang–barang, suratli adabiyotlar, 
o‘quv– qo‘llanmalari, badiiy asarlarning paydo bo‘lishida yuksak bezash 
texnikasidan foydalanishni taqazo qilmoqda.


37 
Diqqatni o‘ziga jalb qiluvchi videoroliklar, Internet sahifalarini 
yaratishni kompyuter grafikasisiz tasavvur qilish qiyin bo‘lib qoldi. 
Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dasturlar sirasiga bir qancha 
dasturlarni sanab o‘tish mumkin. Jumladan, Microsoft Paint, Adobe 
Photoshop, Adobe Illustrator, Corel Draw, Macromedia va Adobe 
Freehand, Adobe InDesign, Adobe ImageReady, Macromedia va Adobe 
Flash, Discreet va Autodesk 3ds Max, Cinema 4d, Alias va Autodesk Maya, 
LightWave, Adobe Brush va hokazolardir. Ushbu dasturlarda kompyuter 
grafikasiga oid ishlarni amalga oshirish mumkin. Ba’zilarida oddiy rasm 
chizish mumkin bo‘lsa, ba’zilarida uylar proyektlari, ba’zilarida esa uch 
o‘lchamli modellashtirish va hattoki to‘rt o‘lchamli modellashtirish 
mumkin bo‘ladi. 
Kompyuter grafikasi bilan ishlayotganda ekranning o‘lchamini 
bilish ham muhim hisoblanadi. Ekran aslida nuqtalardan tashkil topgan 
bo‘ladi. Uni piksellar deb ataladi. Ekrandagi nuqtalar soni qanchalik 
ko‘p bo‘lsa ekran shunchalik sifatli hisoblanadi. Ekranning o‘lchamlari 
ham yuqoridagilarni hisobga olgan holda belgilanadi. Misol uchun 
800x600 o‘lcham gorizontaliga 800 nuqta va vertikaliga 600 nuqtadan 
tashkil topishini anglatadi. 
Ekran haqida gapirganda yana shunga e’tibor berish lozimki, ekran- 
ning ham turlari bor. Monitor-Displey chiqarish qurilmasi bo‘lib, ular 2 
xil ish tartibida ishlaydilar. 

Matnli ish tartibi 80 *25 simvol sig’imiga ega. 

Grafik ish tartibi. 1024 * 640 pixel sig’imga ega. 
Monitorlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin 
1.
MGA Monochrom graphic adapter-oq qora rangli monitorlar. 
2.
CGA Color graphic adapter-rangli manitorlar. 
3.
MCGA Multi Color graphic adapterli manitorlar. 
4.
EGA EXTENDED graphic adapter kengaytirilgan. Grafik adapterli 
monitorlar. 
5.
VGA Video graphic adapter 
6.
SVGA Super Video graphic adapter. 
Hozirda qo‘llanilayotgan monitorlar SVGA turkumiga oid hisoblanadi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin