49
yordamida hatto tasvirga oid Yangi loyihalarni yaratish ko‘zda tutiladi.U
multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi.
Kompyuter grafikasi – bu, avvalo, keng tarqalib borayotgan dastur
ta’minotidir, ya’ni kompyuter grafikasi mavjud va Yangi yaratilayotgan
dasturlarga tayanib ish ko‘radi, rivojlanadi vat obora qo‘llanilish
sohasini kengaytira boradi.U hatto shu dasturlarning o‘ziga zeb berishda
ham juda keng qo‘llaniladi.Kompyuter grafikasi ning rivojlanishi
jarayonlarning real uch o‘lchovli fazoda
qanday kechishini aniq
tasvirlash (hatto harakatdagi )imkoniyatini yaratdi.Shu sababdan hozirda
shunday Amaliy dasturlar paketlari yaratildiki, ular yordamida
ko‘rilayotgan masalaning asosiy parametrlarini
bergan holda uning
yechimi natijasi grafik shaklda olinishi mumkin, bu esa o‘z navbatida
jadvallar ko‘rinishidagi ish uslub va vositalarining o‘zgacha tusda bo‘la
olish imkoniyatidir.
Kompyuter grafikasining qo‘llanilish
sohasi juda keng va xilma-
xildir. U nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar,
turli soha loyihachi-
lari, reklama bilan shug’ullanadigan mutaxassislar, Internet sahifalarini
yaratish, o‘qitish jarayoni uchun va
boshqa sohalarda muhim rol
o‘ynamoqda. Uning, ayniqsa, matbaa sohasida qo‘llanilishi keyingi
paytlarda rang-barang, suratli adabiyotlar , o‘quv qo‘llanmalari va badiiy
asarlarning paydo bo‘lishida yuksak bezash texnikasidan foydalana olish
imkonini bermoqda. Hozir, o‘ziga
jalb qiluvchi videoroliklar, Internet
sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasiz tasavvur qilish qiyin.
Yuqorida qayd etilgan fikrlarning qay darajada ob’yektiv ekanligini
quyidagi tahlillar isbotlaydi:
Dostları ilə paylaş: