47
Rastrda ruxsat berilgan xatolik o‘zaro qo‘shni (yonma-yon)
joylashgan piksellar orasidagi masofa bilan xarakterlanadi. Ruxsat
berilgan xatolik bir birlik uzunlikdagi piksellar soni bilan o‘lchanadi.
Eng ko‘p tarqalgan o‘lchov birligi bo‘lib,
dpi
(dots per inch)
xizmat
qiladi. U bir dyuym (25,4 mm) uzunlikdagi piksellar soni. Piksellar
o‘lchami bilan qadamning kattaligini tenglashtirib bo‘lmaydi. Pikselning
o‘lchami qadamning kattaligiga teng. Undan kichik yoki katta bo‘lishi
mumkin.
Rastrning
o‘lchami
odatda gorizontal va vertikal o‘klar bo‘yicha
joylashgan piksellar soni bilan aniqlanadi. Shuni ta’kidlab
aytish
mumkinki, har ikki uklar uchun bir xil qadamli (ya’ni, dpiX qdpiY)
rastr kompyuter grafikasi uchun juda qulay. Bu ayniqsa grafik
ob’yektlarni chiqarish algoritmlari uchun qulay.
Aks holda muammo
paydo bo‘ladi.
Rastr
piksellarining shakli
tasvirni chiqarish qurilmasining
xususiyatlari bilan aniqlanadi. Masalan, piksellar
quyidagi shakllarda
bo‘lishi mumkin:
1. Kvadrat (yoki to‘g’ri to‘rtburchak shaklidagi piksellar). Ular
o‘lchami bo‘yicha rastr qadamiga teng (suyuq kristalli displeyda).
2. Doira shaklidagi piksellar. Ular o‘lchami bo‘yicha rastr qadamiga
teng bo‘lmasligi mumkin (printerlar).
Dostları ilə paylaş: