40
ADPda ham tijorat grafikasi moduli bilan ishlash imkoniyati
kengaytirilgan.
Shunday qilib, namoyish qiluvchi grafika hozirda tijorat va
illyustrativ grafikaning asosiy vazifalari majmuasiga ega va uch turdagi
vazifalarni: grafikalar va diagrammalar bilan ishlash;
tasvirlarni tahrir
qilish va saklash; namoyish qilinuvchi materialni tayyorlash va
rejalashtirishni hal qilishni ta’minlaydi.
Tijorat kompyuter grafikasining dasturiy vositalari bilan ishlash
tajribasi
shundan darak beradiki, namoyish qilinuvchi material
samaradorliganing asosiy siri ma’lumotlarni tatbiq etish uchun
diagrammalar turini to‘gri tanlashdir. Namoyish qilinuvchi grafika
vositalarining katta kismi oddiy chizikli, ustunli va sektorli diagramma-
larga qo‘shimcha sifatida aralash uch o‘lchamli
diagrammalar,
gistogrammalar va qimmatli qog’ozlar bozorining diagrammalarini
qo‘llab-quvvatlaydi. Namoyish qilinuvchi materialni yaratish uchun
tijorat kompyuter grafikasining dasturiy vositalarini tanlashda nutqi
tegishli slaydlarning juda kichik versiyalari
bilan kuzatib boriluvchi
ma’ruzachi uchun diagrammani bosib chiqarishga imkon beradigan
rejalashtiruvchi va matn muxarriri mavjudligiga alohida e’tibor berish
kerak.
Tijorat kompyuter grafikasining dasturiy vositalari ko‘proq bir-
biridan farq qiladi, ammo ularni foydali tarzda
birlashtirilib turuvchi
bitta xususiyati bor, ushbu holda foydalanuvchi har qanday texnik
murakkabliklardan ishonchli ravishda himoyalangan, chunki u endi o‘z
harakatini bunga qanday erishishga emas, balki nimani olish kerakligiga
qaratishi mumkin. Namoyish qilinuvchi
kompyuterli grafikasining
dasturiy vositalariga Power Point, Harvard Graphics, Freelanse,
Arrlause, Holliwood va boshqalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: