O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   173
4.3.Kompyuter grafikasi turlari. 
Kompyuter grafikasi dasturlari 3 turga bo‘linadi: 
1.Rastrli grafika 
2.Vektorli grafika 
3.Fraktal grafika 
Bu dasturlar bir-birlaridan tasvirlarni aks ettirish usullari bilan farq 
qiladi. 
 
Rastr grafikasi
asosan elektron va poligraf nashriyotlarda 
qo‘llaniladi. Rastr grafikasining asosiy elementi sifatida 
nuqta
qabul 
qilingan. Agar tasvir ekranda ko‘rilsa, bu nuqta 
«piksel»
deb aytiladi. 
Kompyuterda qo‘llaniladigan operasion tizimlarning imkonitiyaga ko‘ra, 
480x640, 800x600, 1024x768
va undan ko‘proq pikselga ega bo‘lgan 
tasvirlar joylashuvi mumkin. Tasvirning o‘lchamiga ko‘ra uning 
imkoniyati ham oshib boradi. Ekranning imkoniyati parametrik bo‘lib, 
bir dyuymdagi nuqtalar soni bilan belgilanadi. Rastr grafikasi uchun 
kamdan-kam hollarda grafik dasturlar yordamida qo‘lda bajarilgan 
tasvirlar ishlatiladi. Professional rasm yoki fotosuratni rastr grafikasida 
ko‘proq qo‘llash kuzatiladi. Oxirgi paytda rastr tasvirlarni ekranga 
kiritish uchun raqamli foto va videokameralar qo‘llanilmoqda. Shu 
sababli rastr grafikasini asosiy maqsadi tasvirni yaratish emas, balki 
mavjud tasvirni qayta ishlashdir. Ammo rastrli grafika kamchiliklardan 
ham holi emas. Masalan, 
1.Har bir tasvirni aks ettirish va kodlash uchun katta hajmdagi 
xotira maydonlari talab etiladi. 
2.Mayda detallarni ko‘rish uchun tasvirni kattalashtirib bo‘lmaydi. 
 
Vektorli grafika
-uning tasvirni aks ettirishda asosiy elementi 
chiziq bo‘lib hisoblanadi. Kompyuter xotirasida bu chiziq juda katta joy 
egallaydi, chunki xotirada chiziqning parametrlari ko‘rsatiladi yoki 
formula orqali beriladi. Unda sodda ob’yektlar murakkab ob’yektlarga 
birlashtiriladi, shu sababli vektor grafikasini ob’yektga yo‘naltirilgan 
grafika deb ham aytiladi. Kompyuter xotirasida vektor grafikasi 


46 
chiziqlar sifatida saqlanib turishiga qaramasdan, tasvir ekranga nuqtalar 
sifatida chiqariladi. Tasvirni ekranga chiqarish-dan oldin har bir 
parametrni 
hisoblab 
chiqadi. 
Shu 
sababli 
vektor 
grafikasini 
hisoblanuvchi grafika deb aytiladi. Vektor grafikasi yordamida sodda 
turdagi bezash ishlarini olib borish mumkin. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin