91
Mathcad
muhitida matematik ifoda, qabul qilingan ko‘rinishda
ifodalanadi. Masalan,
daraja yuqorida, indeks pastda, integralning
yuqori va quyi chegaralari esa an’anaviy joyida turadi.
Mathcad
muhitida “dasturlashni” tuzish
va ularning bajarilish
jarayoni parallel kechadi. Foydalanuvchi
Mathcad
– hujjatida yangi
ifoda
kiritar ekan, uning qiymatini bira to‘la hisoblash va ifodani
kiritishda yo‘l qo‘yilgan yashiringan xatoliklarni grafigini ko‘rish
imkoniyati ham mavjud.
Mathcad
paketi yetarli darajada qudratli matematik apparat bilan
qurollanganki, ular orqali tashqi pratseduralarni
chaqirmasdan turib
paydo bo‘ladigan muammolarni hal qilishimiz mumkin.
Mathcad
xos bo‘lgan ayrim hisoblovchi qurilmalarni sanab
o‘tmoqchimiz:
Chiziqli va chiziqli bo‘lmagan algebraic tenglama va sistemalarni
yechish;
Oddiy differensial tenglama va sistemalarni (Koshi
masalasi va
chegaraviy masala) yechish;
Xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechish;
Berilganlarni
static
qayta
ishlov
berish(interpolyatsiya,
ekstrapolyatsiya, approksimatsiya va ko‘pgina boshqa amallar);
Vektor va matritsalar bilan ishlash (Chiziqli algebra va boshqalar);
Funksional bog’liqlikning maksimum va minimumini izlash.
Dostları ilə paylaş: