“pedagogs” international research journal issn


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix30.09.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#150600
1   2   3   4   5   6   7
172-178

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-23, Issue-2, December - 2022
 
175
o’quvchilarning umumiy taraqqiyoti darajasini o’stiradi va ularning Shaxsiy 
sifatlarining, dunyoqarashlarining shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Keyingi yillarda 
maktab ona tili darsliklari va o’qituvchilar uchun nashr qilingan qo’llanmalar materiali 
mazmuniga qo’yilgan talablar anchagina ortdi. Materialning asosiy mezoni matn va 
alohida gaplarning bilimni boyituvchi qimmati, leksikuslubiy aniqligi, mavzu jihatdan 
xilmaxilligi, 
hayotning 
turli 
tomonlari 
bilan 
bog’lanishi, 
matnlarning 
g’oyaviymavzuviy yo’naltirilganligi, kichik yoshdagi o’quvchilarga mosligidir. 
Shunday qilib, tilni o’rganish jarayonida kichik yoshdagi o’quvchilarda ilmiy 
dunyoqarash asoslarini shakllantirishga o’qituvchining metodologik yondashuvi, 
o’quvchilar o’zlashtiradigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib boruvchi til haqidagi 
bilimlar majmuasi, o’quvchilar o’rganib oladigan bilish usuli, tilni o’rganishga asos 
bo’ladigan materialning bilim berishdagi, g’oyaviysiyosiy va badiiy qimmati hal 
qiluvchi ta’sir ko’rsatar ekan.O’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini 
shakllantirish ko’p qirrali jarayon bo’lib, u maktabda va maktabdan tashqarida olib 
boriladigan o’quvtarbiyaviy ishlarning barcha tizimida hal qilinadi.SHaxs 
dunyoqarashining shakllanishida aqliy tarbiya muhim o’rin tutadi. Aqliy tarbiyani samarali 
tashkil etish shaxsda ilmiy tafakkurni rivojlantiradi. Ilmiy tafakkur inson aqliy faoliyatining 
yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqea-hodisa va jarayonlarga ilmiy yondashuvni anglatadi. 
E'tiqod - dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy- falsafiy, tabiiy, iqtisodiy, 
huquqiy, ma’naviy-axloqiy, estetik hamda ekologik bilimlarning takomillashgan 
ko’rinishi; muayyan g’oyaga cheksiz ishonch bo’lib, uning shakllanishi bir necha 
bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda ular beqaror va vaziyat taqozosiga ko’ra 
o’zgaruvchanlik xususiyatini kasb etadi. Ikkinchi bosqichda ma’naviy-axloqiy 
qarashlarning barqaror tamoyillariga aylanadi. Mavjud talab, jamiyat tomonidan tan 
olingan axloqiy qoidalardan chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli 
harakatni tashkil etish, irodaviy sifatlarga tayangan holda ish ko’rish taqozo etiladi. 
Uchinchi bosqichda e’tiqod barcha vaziyatlarda ham ustuvor ma’naviy-axloqiy 
tamoyil bo’lib qoladi. O’quvchi tomonidan o’zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy 
munosabatlar jarayonida keng qo’llanilganda, ularning asl mohiyati chuqur his 
qilingan va anglangandagina e’tiqodga aylanadi.
Sharq mutafakkirlari o’z asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri 
masalalariga alohida o’rin bergan. Masalan, Abu Nasr Forobiy inson tomonidan 
borliqni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil 
sifatida baholaydi. Allomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u 
tug’ilganda mavjud bo’lgan bo’lsa, aqliy bilimi, ma’naviyati, ruhiyati, intellektual va 
axloqiy sifatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit 
ta’sirida, ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin