“pedagogs” international research journal issn


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix30.09.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#150600
1   2   3   4   5   6   7
172-178

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-23, Issue-2, December - 2022
 
177
muassasalarida yo’lga qo’yilayotgan ta’lim-tarbiya, xususan, ijtimoiy-gumanitar va 
tabiiy fanlar asoslari mohiyati bilan o’quvchilarni tanishtirish jarayonida O’zbekiston 
Respublikasining milliy istiqlol g’oyasi va mafkura asoslari to’g’risida ma’lumotlar 
berib borish, o’quvchilarda ularga nisbatan munosabatni shakllantirish samarali yo’l 
hisoblanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida lmiy dunyoqarashni shakllantirishda 
badiiy adabiyotning, xalq og’zaki ijodining, ertaklarning, hikoya va qissalarning 
ahamiyati katta.
Kelajagi buyuk davlatni barpo qilguvchi mamlakatning butun aholisi faqat tijorat, 
din, oldi-sotdi bilangina shug’ullanavermasdan eng avvalo ishlab chiqarishni, ilm-
fanni rivojlantirishi, dunyo tillarini bilishi, umuman ma’rifatga birinchi darajali e’tibor 
berish tufayligina ko’tarilish mumkinligini tushunish ham ilmiy dunyoqarashni 
shakllantirishga kiradi. Shunday qilib, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish bir, ikki, 
uch kishi yoki bir necha guruh tomonidan bo’lmay, balki ko’pchilik, ijtimoiy fikr 
tomonidan bajariladigan ijtimoiy-tarixiy harakterdagi hodisadir. Demak, ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirish kishidan ko’p mehnat, malaka talab qiladigan murakkab, 
sermashaqqat faoliyat sohasidir. 
 
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, buyuk islohotlar amalga oshirilayotgan 
O’zbekiston sharoitida mustaqil fikrlovchi yoshlarning bo’lishi davr taqozosidir, 
chunki shaxsiy dunyoqarashga ega bo’lgan insonlargina jamiyat taraqqiyotini 
ta’minlovchi muvaffaqiyatlarga erishishga qodir bo’ladilar.Respublikada olib 
borilayotgan siyosatning bosh omillaridan biri ham teran fikrlovchi, mustaqil 
dunyoqarashga ega, iqtidorli shaxslarni kamol toptirish va tarbiyalashdir. Muhtaram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek: “Biz farzandlarimizni dunyoviy 
bilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy to‘plagan hadislar, Naqshbandiy ta’limoti, 
Termiziy o‘gitlari, Yassaviy hikmatlari asosida tarbiya qilmoqdamiz”. 
Oradan oylar, yillar o‘tib Yurtboshimiz ko‘rsatib bergan, belgilab bergan xaritalar 
o‘z mevasini bermoqda. Ta’lim tizimida tarbiyani nimadan boshlash kerakligi, 
nimalarga e’tibor berishligi, qanday mutaxassislar bilan ish olib borish, kimlarning 
o‘gitlarini yoshlarga o‘rgatish o‘z izniga tushdi. Oila, ta’lim muassasalari, davlat 
tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, ota-onalarda boy milliy tarbiyaviy merosimiz 
to‘g‘risida bilimlar shakllandi, o‘rgatish orqali milliy fazilatlarning avloddan-avlodga 
bezavol o‘tib borishi ta’minlanmoqda. Farzandlarimizni ilm-fan va ta’lim-tarbiya 
asosida voyaga yetkazish, vatanparvarlik ruxida tarbiyalar maqsadga muvofiq ekan har 
bir ota-onaga baxtli oila bo‘lishiga tilakdoshmiz, farzandlar tarbiyasida donolik bilan 
ish olib borishini so‘rab qolamiz. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin