“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-23, Issue-2, December - 2022 176 Abu Nasr Forobiyning e’tiroficha, inson bilimlarni o’zlashtirar ekan, tirik
mavjudotning yaratilish tarixigacha bo’lgan ma’lumotlarni o’zlashtira oladi, ularni
yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi.
Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi: “Inson narsa va hodisalarning
faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki tafakkuri, aqli tufayli
narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri-bilan solishtirib ko’radi, o’z bilimlarining
chinligini aniqlaydi”*. Mutafakkir insonning bilimlarni o’zlashtirishi yangi
bilimlarning yaratilishiga olib kelishini aytadi: “Ilmlar ko’pdir. Ular zamoni iqbolli
bo’lib, turli fikr va xotiralar ularga qo’shilib borsa, ko’payadi. Odamlarning ilmlarga
rag’bat qilishi, ilmlarni va ilm ahllarini hurmatlashi o’sha iqbolning belgisidir.
(Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm ahlini hurmat qilishi turli ilmlarning ko’payishiga
sabab bo’ladi”*.
Abu Ali ibn Sino esa bilimni chuqur o’zlashtirish donishmandlik ekanligini
aytadi: “Ilm narsalarning inson aqli yordami bilan o’rganilishidir. Bilim deb esa,
narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yo’ldan
toymasdan turib unga erishishi kerak bo’ladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar ochiq-
oydin bo’lsayu, isbotlar chinakamiga bo’lsa, u holda bunga hikmat – donishmanlik
deyildi”.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” (“Saodatga boshlovchi bilim”) asari ta’bir
joiz bo’lsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson kamolotini
ta’minlashdagi roli, yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi to’g’risidagi qomus
sanaladi. Allomaning fikricha, bilimli bo’lish ezgu ishlar tantanasini ta’minlovchi
garov bo’lib, uning yordamida hatto osmon sari yo’l ochiladi:
Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur,
Bilim tufayli, go’yo ko’kka yo’l topiladi.
Ushbu fikrlarni ifoda etganda alloma naqadar haq edi. Zero, oradan to’qqiz-o’n
asr vaqt o’tgach, inson nafaqat osmonga ucha oldi, balki koinotni ham zabt etishga
muvaffaq bo’ldi.O’quvchi dunyoqarashini shakllantirishning bir necha maqbul shakl,
metod va vositalari bo’lib, ular sirasida ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-g’oyaviy, iqtisodiy,
huquqiy, estetik va ekologik mavzularda tashkil etiluvchi suhbatlar, bahs-
munozaralar, ma’ruzalar, muammoli vaziyatlarni yaratish asosida o’quvchilarni
fikrlashga undovchi amaliy treninglar, debatlar, mustaqil ishlar, shuningdek,
ishchanlik o’yinlari samarali sanaladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida fanlararo aloqadorlik,
ijtimoiy va tabiiy omillarning o’zaro muvofiq kelishiga erishish omillari, atrof-muhit
hamda ijtimoiy munosabatlar ta’sirida shaxs kamolotini ta’minlashga erishish
imkoniyatidan unumli foydalanishga intilish maqsadga muvofiq. Dunyoqarashning
shakllanishida jamiyatda ustuvor o’rin tutgan mafkuraviy g’oyalar va ularning
mohiyatidan to’laqonli xabardor bo’lish o’ziga xos ahamiyatga ega. Ta’lim