Davlat kadastrlari


Mustaqil o‟rganish uchun savollar



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/94
tarix30.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#150718
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   94
ДКА ох2018

Mustaqil o‟rganish uchun savollar: 
1.Bino va inshootlar davlat kadastri nima maqsadda yuritiladi?
2. Binolar va inshootlar davlat kadastri necha bosqichda amalga oshiriladi? 
3. Bino va inshootlar davlat kadastri plan va haritalari ? 
4. Bino va inshootlar davlat kadastrini tuzish va foydalanish tartibi?
5. Bino va inshootlar davlat kadastri tamoyillari? 
 
 
 


74 
2.3.
 
Madaniy meros ob‟ektlari davlat kadastri 
Madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri madaniy meros ob‘ektlarining 
davlat muhofazasini hamda ulardan oqilona foydalanishni ta‘minlash maqsadida 
yuritiladi. Ushbu kadastr madaniy meros ob‘ektlarining geografik joylashishi, 
huquqiy maqomi, miqdoriy, sifat tavsiflari va bahosi to‗g‗risidagi yangilab 
turiladigan ma‘lumotlar va hujjatlar tizimini 
ifodalaydi. 
Quyidagilar 
Davlat 
kadastrini 
yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: 
respublikaning 
butun 
hududida 
madaniy merosning barcha ob‘ektlarini 
kadastr 
bilan 
qamrab 
olish; 
kadastr 
axborotini 
shakllantirishning 
yagona 
metodologiyasi; 
kadastr 
yuritishni 
markazlashtirilgan tarzda boshqarish; kadastrlar yagona tizimi talablarini 
ta‘minlash; kadastr axborotining ishonchliligi hamda uni to‗ldirish va yangilab 
borishning uzluksizligi; kadastr axborotidan foydalanish mumkinligi. 
Davlat kadastrini yuritish madaniy meros ob‘ektlariga mulkchilik huquqini va 
boshqa huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazishni, madaniy meros ob‘ektlarini 
miqdoriy va sifat tavsiflarini hisobga olishni, madaniy meros ob‘ektlarini sifat va 
qiymat jihatidan baholashni, kadastr axborotini turkumlashtirish, saqlash va 
yangilashni, madaniy meros ob‘ektlarining holati to‗g‗risidagi hisobotlarni 
tuzishni, Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborotni 
taqdim etishni, foydalanuvchilarni kadastr axboroti bilan ta‘minlashni o‗z ichiga 
oladi. 
O‗zini tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‗zga madaniy qimmatiga ega bo‗lgan 
yodgorliklar, ansambllar va diqqatga sazovor joylar Davlat kadastri ob‘ektlari 
hisoblanadi. 
Ushbu kadastrni O‗zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari 
vazirligining Madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish 
ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining kadastr xizmati, shuningdek 


75 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida madaniy meros 
ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish mintaqaviy davlat 
inspeksiyalari tomonidan yuritiladi.
Madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish 
bo‗yicha ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining kadastr xizmati: 
madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastrining yuritilishini muvofiqlashtiradi; 
normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi; 
kadastr yuritilishini nazorat qiladi; 
mintaqaviy inspeksiyalar kadastr hisobotlarini turkumlashtiradi; 
kadastr xizmatlarini moddiy-texnik ta‘minlaydi; 
madaniy meros ob‘ektlarining davlat kadastri avtomatlashtirilgan axborot 
tizimini ishlab chiqadi; 
manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kadastr materiallaridan 
foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi; 
Davlat kadastrlari yagona tizimiga zarur kadastr axborotini beradi. 
Mintaqaviy inspeksiyalar: madaniy meros ob‘ektlari, mulkchilik ob‘ektlari va 
sub‘ektlari, madaniy meros ob‘ektlariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ular 
ijarasi, ulardan maqsadli foydalanish to‗g‗risidagi ma‘lumotlar hisobini hamda 
ulardan foydalanish rejimini yuritadi; madaniy meros ob‘ektlari to‗g‗risidagi 
miqdor va sifat axborotini to‗playdi; Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahri bo‗yicha madaniy meros ob‘ektlari ro‗yxatini tuzadi; 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniy meros 
ob‘ektlari bo‗yicha kadastr daftarini yuritadi; Qoraqalpog‗iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahri madaniy meros ob‘ektlarining joylashishi sxemasini 
tuzadi. 
Davlat kadastrini yuritish ishlari davlat byudjeti hisobiga mablag‗ bilan 
ta‘minlanadi va unda respublika hududidagi barcha madaniy meros ob‘ektlari 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar yig‗iladi. 
Hisobga olish va baholash axboroti birgalikda madaniy meros ob‘ektlari 
bo‗yicha kadastr axborotini tashkil etadi, ushbu axborot harfli-raqamli (matnli, 


76 
jadvallar, vedomostlar) va chiziqli (rejalar, sxemalar, kesimlar va o‗lchamlar) 
shakllarda qog‗ozda va elektron manbaalarda taqdim etiladi. 
Madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri: madaniy meros ob‘ektlarining 
geografik joylashishi haqidagi ma‘lumotlarni; madaniy meros ob‘ektlarining 
miqdoriy, sifat va qiymat tavsiflari hisobini o‗z ichiga oladi. 
Madaniy meros ob‘ektlarining hisobga olish axboroti: kadastr tartib raqamini; 
ob‘ektning nomini; joylashgan joyini; tipologik tegishliligini; sana belgilashni; 
mulkdor, egasi, foydalanuvchi yoki ijaraga oluvchi yuridik yoki jismoniy 
shaxsning nomi va uning manzilini; madaniy meros ob‘ektining idoraviy 
mansubligini; madaniy meros ob‘ektining maqsadli vazifasini; tarixiy 
ma‘lumotlarni; madaniy meros ob‘ektining dastlabki qiyofasini o‗zgartirilgani 
qayta qurish va yo‗qotishlarni; ta‘mirlash ishlarini (umumiy tavsif, qiymati, vaqti, 
muallif, hujjatlar saqlanadigan joy); bino, inshoot va yer uchastkasiga bo‗lgan 
huquqlar davlat ro‗yxatidan o‗tkazilganligi to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni; muhofaza 
zonalari va qurilishni tartibga solish zonalari chegaralarini (tasdiqlovchi hujjatga 
asoslangan holdagi reja, qisqacha tavsif) o‗z ichiga oladi. 
Quyidagilar: arxeologiya yodgorliklari uchun: sana qo‗yish, qidirish va qazish 
ishlari kim tomonidan va qachon bajarilganligi, topilgan materiallarning saqlanish 
joyi; tarixiy yodgorliklari uchun: paydo bo‗lish tarixi, ob‘ekt yodgorlik 
ahamiyatiga ega ekanligi bilan bog‗liq voqealar va shaxslarning qisqacha tavsifi; 
arxitektura va monumental san‘at yodgorliklari uchun: ularni muallifi, quruvchisi, 
buyurtmachisi, qurilgan sanasi tarixiy ma‘lumotlar hisoblanadi. 
Madaniy meros ob‘ekti tavsifi bo‗lib: ob‘ekt nomi; tipologik mansubligi; 
manzili; zamonaviy foydalanilishi; tarixiy ma‘lumotlar; yodgorlikning dastlabki 
qiyofasini o‗zgartirgan qayta qurishlar va yo‗qotishlar; ilmiy-tarixiy va badiiy 
ahamiyati; asosiy bibliografiya, arxiv manbaalari, ikonografik material; texnik 
holati; muhofaza qilish tizimi; muhofaza qilish toifasi; muhofaza qilishga qabul 
qilinganligi to‗g‗risidagi hujjatning sanasi va tartib raqami; muhofaza zonasi 
chegaralari; balans bo‗yicha mansubligi; muhofaza hujjatining sanasi va tartib 
raqami (majburiyatlar); arxeologiya yodgorligi tavsifi: sanasi, eng muhim 


77 
topilmalar ro‗yxati va tavsifi; tarixiy yodgorliklari tavsifi: sanasi, marmar lavhada 
matnlar mavjudligi va o‗rnatilgan vaqti; arxitektura yodgorliklari tavsifi: sanasi, 
rejalashtirilishi, kompozitsion-makon tuzilmasi va konstruksiyalarning o‗ziga 
xosligi, fasad va intererlar bezagi xususiyati, rang-tasvir, haykaltaroshlik, amaliy 
san‘at mavjudligi, qurilish materiali, asosiy o‗lchamlari; monumental san‘at 
yodgorliklari tavsifi: muallifi va sanasi, kompozitsion yechimi xususiyatlari, 
matnlar, material, texnika, hajmi; madaniy meros ob‘ektining ijtimoiy, ilmiy-
tarixiy va badiiy ahamiyatiga umumiy bahosidan iborat bo‗ladi. 
Madaniy merosning ko‗chmas mulk ob‘ektlariga huquqlar yer uchastkalari 
(shu jumladan muhofaza zonalari)ning naturada belgilangan va mustahkamlangan 
chegaralari mavjud bo‗lgan taqdirda binolar va inshootlarning davlat yer kadastri 
va davlat kadastrini olib boruvchi organlarda kadastr ro‗yxatidan o‗tkaziladi. Yer 
uchastkasi chegaralarining burilish nuqtalari qoziq belgilari yo‗qolgan taqdirda 
ular o‗sha joyda yer uchastkasi chegaralarining burilish nuqtalari o‗rnatilgan holda 
dala geodezik o‗lchashlari o‗tkazib yoki tegishli ko‗lamdagi fotografiya 
ma‘lumotidan foydalanilgan holda yer uchastkalari ajratish materiallari bo‗yicha 
tiklanadi. 
Madaniy meros ob‘ektlari soni ularning amaldagi holati va foydalanilishiga 
ko‗ra hisobga olinadi. 
Madaniy meros ob‘ektlarining sifatga doir tavsifini hisobga olish: sana 
belgilashni; texnik holatni; arxitektura bezagini; badiiy naqshlarni o‗z ichiga oladi. 
Texnik holat quyidagi tasniflash bo‗yicha baholanadi: yaxshi, o‗rta, yomon, 
avariya holatida. Muhofaza tizimi uning toifasini (respublika ahamiyatiga, 
mahalliy ahamiyatga egaligi), muhofaza uchun qabul qilinishi to‗g‗risidagi 
hujjatning sanasi va tartib raqamini o‗z ichiga oladi. 
Madaniy meros ob‘ektlarini baholash, shu jumladan qiymatini O‗zbekiston 
Respublikasi Madaniyat va Sport Ishlari Vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
metodika bo‗yicha ulardan samarali foydalanishni belgilash, yetkazilgan zarar 
miqdorini aniqlash, sug‗urta, ijara to‗lovi stavkalari, ularni ta‘mirlash, 


78 
konservatsiya qilish harajatlarini qoplash, joriy ta‘mirlashni olib borish uchun 
o‗tkaziladi. 
Davlat kadastri axborotning uzluksiz yangilanishini ta‘minlovchi asosiy va 
joriy turlarni o‗z ichiga oladi. Asosiy turda madaniy meros ob‘ektlari birlamchi 
hisobi amalga oshiriladi, ularning soni ko‗rsatiladi va naturada yer uchastkalari 
chegaralari belgilanadi (yer uchastkalarini ro‗yxatdan o‗tkazish ma‘lumotlari 
asosida). Joriy turda asosiy turdan keyin madaniy meros ob‘ekti bo‗yicha ro‗y 
bergan barcha o‗zgartirishlar kiritiladi. 
Madaniy meros ob‘ektiga kadastr hujjatlari: madaniy meros ob‘ektiga 
mulkchilik huquqini va boshqa huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlardan; madaniy 
meros ob‘ekti kadastr ishidan; kadastr planidan (rejadan); kadastr daftaridan; 
madaniy meros ob‘ektining holati to‗g‗risidagi hisobotdan iborat bo‗ladi. 
Madaniy meros ob‘ekti kadastr ishi kadastr ob‘ektiga huquqlarni 
shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‗yxatidan o‗tkazish uchun 
zarur bo‗lgan pasport, boshqa hujjat va materiallar kadastr s‘yomkasi hujjatlari
texnik xatlash va pasportlashtirish, maxsus tekshirish va qidiruvlar, kadastr 
ob‘ektining sifat va qiymat bahosidan iborat bo‗ladi. 
Madaniy meros ob‘ektining kadastr haritasi (plani) kadastr ob‘ektlarining 
joylashgan joyini, ularning chegaralarini, muhofaza zonalarini, baholash, miqdoriy 
va sifat tavsiflarini aks ettiruvchi chiziqli hujjat hisoblanadi hamda qog‗ozda, 
elektron manbalarda tuziladi. 
Kadastr daftari madaniy meros ob‘ektlarini ro‗yxatdan o‗tkazish va hisobga 
olishning asosiy hujjati hisoblanadi hamda ob‘ektning geografik joylashishi, 
huquqiy maqomi, miqdoriy va sifat tavsiflari va baholash haqidagi ma‘lumotlarni 
o‗z ichiga oladi. 
Tarixiy-madaniy qimmatga ega bo‗lgan ob‘ektlarni davlat kadastriga kiritish: 
davlat mulki bo‗lgan madaniy meros ob‘ektlariga nisbatan -joylardagi davlat 
hokimiyati organlarining; yuridik va jismoniy shaxslarning mulki bo‗lgan madaniy 
meros ob‘ektlariga nisbatan yuridik va jismoniy shaxslarning takliflari asosida 
amalga oshiriladi. 


79 
Tarixiy-madaniy qimmatga ega bo‗lgan ob‘ektlarni kadastrga kiritish 
to‗g‗risidagi takliflarni tegishli ravishda ob‘ektlarning egalari yoxud joylardagi 
davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda mintaqaviy inspeksiyalar ham 
kiritishga haqlidir. 
Joylardagi davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning 
ob‘ektlarni kadastrga kiritish to‗g‗risidagi takliflari mintaqaviy inspeksiyalarga 
taqdim etiladi. Mintaqaviy inspeksiyalar ob‘ektni oldindan o‗rganadi, zarur kadastr 
hujjatlarini tuzadi. 
Mintaqaviy inspeksiyalar tomonidan tayyorlangan materiallar Madaniy meros 
ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh 
boshqarmasiga yuboriladi. Kadastr materiallarini tarixiy-madaniy ekspertizadan 
o‗tkazish uchun o‗zini ilmiy-metodik kengashiga beradi. Kengash xulosasi asosida 
O‗zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga madaniy 
merosning aniqlangan ob‘ektini Davlat kadastriga kiritish to‗g‗risida taklif kiritadi. 
Davlat kadastriga kiritilgan madaniy meros har bir ob‘ektiga pasport 
rasmiylashtiriladi va u mintaqaviy inspeksiyaga yuboriladi. 
Madaniy meros ob‘ekti pasportining shakli "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi 
bilan kelishgan holda O‗zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport Ishlari 
Vazirligi tomonidan belgilanadi. Mintaqaviy inspeksiyalar madaniy meros ob‘ekti 
egasini (yuridik yoki jismoniy shaxsni) yoxud joylardagi davlat hokimiyati 
organini madaniy meros ob‘ekti davlat kadastriga kiritilganligi to‗g‗risida xabardor 
qiladi va unga madaniy meros ob‘ekti pasportini beradi. 
Davlat mulki bo‗lgan madaniy meros ob‘ekti pasporti tegishli mulkning 
balansi egasida saqlanadi. Mintaqaviy inspeksiyalar, joylardagi davlat hokimiyati 
organlari davlat kadastriga kiritilgan madaniy meros ob‘ektlarining holati ustidan 
nazoratni ta‘minlaydilar. Madaniy meros ob‘ektiga nisbatan kadastr axboroti 
o‗zgargan taqdirda ob‘ektlarining egalari, davlat hokimiyati organlari bir oy 
muddatda bu haqda tegishli mintaqaviy inspeksiyaga ma‘lum qilishlari shart. 
Mintaqaviy inspeksiyalar joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan 
birgalikda besh yilda bir marta madaniy meros ob‘ektlarining holatini tekshiradilar 


80 
va qayd etadilar. Tekshirish natijalari bo‗yicha, zarurat bo‗lsa, ob‘ektlarni 
muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga 
madaniy meros ob‘ektlarini saqlash bo‗yicha joriy va istiqbol dasturlarini ishlab 
chiqishga doir takliflar kiritadilar. 
O‗zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport Ishlari Vazirligi har yili kadastr 
axborotini hisobot yilidan keyingi yilning 1 martigacha Davlat kadastrlarining 
yagona tizimiga taqdim etadi. Kadastr ma‘lumotlarini taqdim etish shakli 
Madaniyat va Sport Ishlari Vazirligi tomonidan "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi 
bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. 
Davlat kadastri axboroti davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga bepul, 
boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga esa belgilangan tartibda haq to‗lash evaziga 
beriladi. Davlat kadastrini yuritishni tashkil etish bo‗yicha yo‗riqnoma 
"Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda 
Madaniyat va Sport Ishlari Vazirligi tomonidan ishlab chiqib tasdiqlanadi.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin