qilaolmayotgan shaxslarni ishga joylashtirish va moddiy qo’llab-
quvvatlash bo’yicha qonun hujjatlarida
belgilangan kafolatlarni
amalga oshirish;
ishsizlar va band bo’lmagan aholiga, birinchi navbatda
yoshlarga, ayollarga va nogironlarga
kasb-hunarga tayyorlash,
qayta tayyorlash va ishsizlarni ijtimoiy muhofaza qilish
bo’yicha
sifatli xizmatlar ko’rsatishni tashkillashtirish bo’yicha xarajatlarni
moliyalashtirish, shuningdek, mehnat bo’yicha organlarning moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik
va mehnat munosabatlari
vazirligi va uning
tasarrufida bo’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahri bo’linmalari hamda ularning
tumanlardagi mehnat bo’limlari jamg’armaning moliyaviy resurslarini
to’liq shakllanishi va maqsadli foydalanishi uchun javobgardirlar.
Ish beruvchi
lar tomonidan majburiy ajratmalarni to’liq jamg’arma
daromadiga o’tishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik
va mehnat munosabatlari vazirligi va uning tasarrufida bo’lgan
bo’linmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq
qo’mitasiga yuklatilgan.
Bandlikni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi mablag’laridan
foydalanishni nazorat qilish O‘zbekiston
Respublikasi Bandlik va
mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligiga topshirilgan. Zarurat tug’ilganda, mustaqil
auditorlar yoki
auditor firmalarni jalb etib, moliyaviy resurslardan
qonunga mos ravishda foydalanilayotganligini tekshirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: