Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi mablag’lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi: 1)
Jamg’armaga yo’naltiriladigan davlat mulki ijarasidan
tushadigan mablag’lar, ijara to’lovini to’lash kechiktirilganligi uchun
penya va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimalar
summasi;
2) jamlanadigan boshqa manbalar, shu jumladan:
korxonalarni, xo’jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi
aktsiyalar (ulushlar)ni, er uchastkalarini (shu jumladan, yakka
tartibda uy-
joy qurish (dehqon xo’jaligini yuritish) uchun er
uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish
huquqi) va davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklarni (keyingi
o’rinlarda davlat aktivlari deb ataladi) sotishdan tushgan mablag’lar;
Jamg’arma mablag’lari hisobidan ilgari berilgan qarzlar
bo’yicha qarz oluvchilar tomonidan olingan qarzlarning asosiy
summasi va ular bo’yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan
tushumlar;
Jamg’armaning vaqtincha bo’sh mablag’larini joylashtirishdan
olinadigan daromadlar;
tuzilgan va bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi
shartnomalari (bitimlari), berilgan qarzlar bo’yicha tushgan penyalar
va jarimalar;
xo’jalik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
tugatilganda davlat ulushi bo’yicha tushumlar;
protokolni yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh
tortgan yoki uni rad etgan auktsionlar, tanlovlar (tenderlar) yoki
ommaviy oferta g’oliblaridan ushlab qolingan zakalat summalari;
davlat aktivlarini sotishda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar
tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun neustoyka
summalari;
Jamg’armaning mablag’lari hisobidan ilgari o’tkazilgan
mablag’lar qaytarilishidan tushumlar;
sud qarorlari bo’yicha tushumlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ushbu mablag’lar Jamg’armaning O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalarida
ochilgan shaxsiy hisob
raqamlarida jamlanadi. Jamg’armaga barcha
turdagi manbalar bo’yicha tushgan mablag’lar soliqqa tortilmaydi.