O‘zbekiston Respublikasi geografik joylashuviga muvofiq, okean va
dengiz
bandargohlariga to’g’ridan-to’g’ri chiqish uchun kamida ikkita
mustaqil mamlakatning davlat chegarasini bosib o’tishi lozim.
Bunday holat, o’z navbatida, dengiz transportini tashkil etish va
undan foydalanishga imkoniyat bermaydi, albatta. Bu narsa bizda
havo yo’li tarnsporti, temir yo’l tarnsporti,
quvur transporti va eng
asosiysi avtomobil yo’l transportini boshqa davlatlardagi (Rossiya
Federatsiyasi, Ukraina, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSh va bir
qator Fors hamda Arab mamlakatlari)ga qaraganda jadal va tez
rivojlantirishni ob’yektiv zarurat qilib qo’yadi. Ushbuni teran his etgan
mamlakatimiz rahbariyati mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab,
umumiy
foydalanishdagi avtomobil yo’llarni qurish, qayta ta’mirlash,
rekonstruktsiya qilish chora-tadbirlariga katta ahamiyat berib
kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy
Osiyo mintaqasida tranzit
transport tashuvlari chorrahasida joylashuvi bevosita avtomobil
yo’llarini muttasil yangilanishini va davr talabiga mos rivojlanishini
talab etgan.
Mamlakatimizda Respublika yo’l jamg’armasi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga muvofiq 1993 yilda
tashkil etilgan. Jamg’arma umumiy foydalaniladigan avtomobil
yo’llarini saqlash, ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish va qurish bilan
bog’liq xarajatlarni moliyalashtirishga safarbar etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21
avgustdagi 361-
son Qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi
huzuridagi Respublika
yo’l jamg’armasi to’g’risida”gi Nizom
tasdiqla
ndi. Keyinchalik, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi va
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika
yo’l jamg’armasi faoliyatlarini tashkil etish to’g’risida”gi 2017 yil 14
fevraldagi PQ-2776-
sonli qaroriga ko’ra Respublika yo’l jamg’armasi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish va
kommunal soha, transport,
kapital qurilish, qurilish industriyasi
masalalari kompleksiga bo’ysundirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 yilgi asosiy
makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari
hamda 2020-2021 yillarga
byudjet mo’ljallari to’g’risida” gi 26 dekabr
2018 yilda qabul qilingan PQ-4086 son
Qaroriga ko’ra 2019 1
yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil yo’llari
davlat Qumitasi tasarrufiga o’tkazildi va uning asosiy funksiyalarini
bajarish maqsadidagi manzilli dasturlarni kelishish va moliyalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi funksiyasiga o’tkazildi. Yo’l
xo’jaligi
sohasidagi qurilish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va
jihozlash bo’yicha manzilli dasturlarni moliyalashtirish va kelishish,
shuningdek,
avtomobil yo’llaridan foydalanish va saqlash bo’yicha
xarajatlarni
moliyalashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil
yo’llari davlat qo’mitasi, uning hududiy bosh boshqarmalari, tuman
yo’llardan foydalanish korxonalari, yo’llardan
muntazam foydalanish
korxonalari, ko’priklardan foydalanish korxonalari, Respublika yo’l
jamg’armasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo’l-qurilish ishlari
sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasini saqlash funksiyalarini
Moliya vazirligi zimmasiga yuklandi hamda boshqaruv xodimlarining
cheklangan sonini 9 birlikdan iborat etib belgilagan holda Respublika
yo’l jamg’armasini yo’l xo’jaligi sohasida xalqaro moliyaviy institutlar,
xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini
amalga oshirish bo’yicha ijrochi organ sifatida belgilandi.
Respublika yo’l jamg’armasiga 2019 yil 1
yanvardan keyin
tushadigan majburiy ajratmalar summasi to’liq miqdorda Pensiya
jamg’armasiga o’tkaziladigan bo’ldi hamda ushbu to’lovlar bo’yicha
ortiqcha to’langan summalar Pensiya jamg’armasidan to’lanilishi
belgilandi. Respublika yo’l jamg’armasining (xodimlarni moddiy
rag’batlantirish maxsus hisobraqamidan tashqari) 2018 yil yakuni
bo’yicha qoldiq mablag’lari O‘zbekiston Respublikasi respublika
byudjetiga o’tkaziladi hamda yakunlanmagan qurilish-ta’mirlash va
jihozlash ishlari keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi respublika
byudjetining qo’shimcha manbalari hisobidan moliyalashtirilishi qayd
etildi.
Shuningdek, 2019 yilning 1 yanvaridan tugatilayotgan davlat
maqsadli jamg’armalarining 2019 yil 1 martgacha bo’lgan davr uchun
xodimlariga to’lanadigan ish haqi, kompensatsiya to’lovlari va boshqa
xarajatlarni
moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi respublika
byudjetining qo’shimcha manbalari hisobidan amalga oshirilishi,
shuni
ngdek, Respublika yo’l jamg’armasi tomonidan avval jalb
qilingan xorijiy kreditlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti
hisobidan qaytarilishi qayd etildi.
Dostları ilə paylaş: