733
olib kirilayotgan mamlakatda shu
tovarlarning bahosi past bo’lsa,
bu narsa mamlakat o’z ishlab chiqaruvchilariga
moddiy zarar
etkazish xavfini tug’dirsa yoki shunga o’xshash tovarlarni
mamlakat doirasida ishlab chiqarishni to’xtatib qo’yishi
mumkin
bo’lsa joriy etiladi.
E
Ye
r uchun to’lovlarning shakllari
– yer solig’i, ijara haqi va
erning normativ bahosidan iborat. Erning egalari,
erning
mulkdorlari va yerdan foydalanuvchilar yillik yer solig’iga tortiladi.
Ijaraga berilgan er uchun ijara haqi olinadi. Qonunda ko’zda
tutilgan hollarda sotib olish va bankdan kredit olish uchun garov
sifatida yerdan foydalanilganda erning nomativ bahosi belgilanadi
(o’rnatiladi).
Yer solig’i
–
er egalari, erga egalik qiluvchilar va yerdan
foydalanuvchilar to’laydigan soliq.
Uning miqdori er egalari, erga
egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar xo’jalik faoliyatining
natijalariga bog’liq bo’lmasdan, balki
bir yil uchun er birligiga
nisbatan barqaror to’lovlar ko’rinishida o’rnatiladi. O‘z mulkida,
egaligida yoki foydalanishida er uchastkalariga ega bo
’lgan
yuridik va jismoniy shaxslar bu soliqning to’lovchilaridir. Soliqning
stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi. Yer solig’i yuridik shaxslar tomonidan har yili birinchi
yanvargacha bo’lgan holatga qarab mustaqil
hisoblab chiqariladi
va soliq bo’yicha hisob-kitoblar er uchastkasi joylashgan
hududdagi soliq organiga joriy yilning birinchi fevraligacha taqdim
etiladi.
Yuridik
shaxslar
tomonidan
(qishloq
xo’jaligi
korxonalaridan tashqari) soliq yilning
har choragida ikkinchi
oyning 15-
kunigacha to’lansa, qishloq xo’jaligi korxonalari bu
soliqni
bir yilda bir marta
– hisobot yilining 15-dekabrigacha
to’laydilar. Bu muddat jismoniy shaxslar uchun joriy yilning birinchi
noyabrigacha belgilangan.
Dostları ilə paylaş: