YaIM va MDni qayta (ikkilamchi) taqsimlash davlat va XYuSlar
o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar doirasida sodir bo’ladi. Ana shu
darajada XYuSlar va aholining birlamchi daromadlari bir qismini
to’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlar undirish yo’li bilan va
shuningdek, davlat kreditlashtirishi hisobidan mamlakatning davlat
moliyasi tashkil topadi (shakllanadi).
XYuSlar pul resurslarini, uy xo’jaliklari daromad-larini ikkilamchi
qayta taqsimlash kredit-
bank sohasi va sug’urta tizimi orqali ham
amalga oshiriladi.
Bular depozitli, vekselli, pulli va banklarning
boshqa jamg’arma operatsiyalari, ular tomonidan yuridik shaxslar va
aholiga uzoq, o’rta va qisqa muddatli kreditlar va ssudalar berish,
turli risklarni sug’urta qilish shakllarida sodir bo’ladi.
Ko’p darajali byudjet tizimi va byudjetdan tashqari maxsus
fondlar faoliyatidagi qayta taqsimlash jarayon-larini takomillashtirish
moliyaviy salohiyatni yanada kuchaytirish va davlat moliyaviy
resurslari o’sishining quyidagi yo’nalishlari bilan uzviy bog’langan:
byudjet-soliq sohasidagi daromadlarni
qayta taqsim-lashning
samaradorligini oshirish. Bu narsa davlat tomonidan ta’sirchan fiskal
siyosatni hayotga tatbiq etish bilan bog’liqki, bu siyosat o’z
navbatida,
ishlab
chiqarishning
o’sishi
va
XYuSlarning
investitsiyalarga yo’naltiriladigan moliyaviy resurslarining o’sishini
rag’batlantirishni ko’zda tutmog’i kerak;
bank-kredit
sektori
orqali
pul
resurslarining
qayta
taqsimlanishini optimallashtirish. Buning eng asosiy iqtisodiy
instrumentlari va mexanizmlari bo’lib quyi-dagilar hisoblanishi
mumkin: kredit siyosati; uzoq, o’rta va qisqa muddatli kreditlar
hajmlarining nisbati; Markaziy bankning hisob stavkasi; ssuda va
depozit foizlarining stavkasi; qimmatli qog’ozlar bozori. Iqtisodiyotda
bu instrument va mexanizmlardan
foydalangan holda davlat
tomonidan ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan tarzda tartibga solish
davlat,
XYuSlarning
investitsion
imko-niyatlari
chegaralarini
kengaytiradi, aholining pulli jamg’armalarini investitsiyalarga jalb
qiladi;
yangi samarali iqtisodiyotni
– innovatsion va intel-lektual
infrastrukturaning yuqori sur’atlarda rivojla-nishi o’ziga xos
farqlanuvchi belgisi bo’lgan bilimlar iqtisodiyotini shakllantiradigan
XYuSlarning
ildam
rivojlanishi.
Mamlakat
raqobatbardosh
iqtisodiyotining yadrosini yuqori qo’shilgan qiymat va yuqori
darajada qayta ishlanadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan
innovatsion asosdagi yangi tarmoqlar tashkil etmog’i lozim.
O‘zbekiston iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishida xomashyo-energiya sekto-
rining
hukmronlik qilishi, y
oqilg’i-energetika kompleksining sanoat
ishlab chiqarishida, konsolidatsiyalashtirilgan va respublika byudjeti
daromadlarida, eksportda va valyuta tushumlarida nisbatan katta
salmoqning
egallashi
iqti-sodiyotning
shu
tomonga
deformatsiyalashganligidan dalo
lat beradi. Milliy xo’jalikning bunday
tarkibiy nomuvo-fiqligi iqtisodiyotni qoloqlik sari etaklaydi, uni
modernizatsiya
qilish
vazifalarini
murakkablashtiradi.
Shu
munosabat bilan xomashyo tarmoqlaridan yuqori texno-logiyali
ishlab
chiqarishga kapitalning
oqib o’tishini ta’minlovchi samarali
mexanizmlarni ishlab chiqish muammosi dolzarblik kasb etib, bu
narsa oxir oqibatda, davlatning moliyaviy salohiyatini yuqori
darajaga
ko’taradi;
XYuSlar moliyaviy salohiyatining darajasi ularning samarali
investitsion-
tadbirkorlik faolligiga bog’liq. Zamonaviy o’zgaruvchan
(dinamik) iqtisodiy muhit xorijiy kapitalni qo’shgan holda o’z va jalb
qilingan investitsion manbalar asosida
ishlab chiqarishni doimiy
ravishda ilmiy-texnikaviy jihatdan yangilashni va rivojlantirishni talab
qiladi.
Hozirgi paytda ishlab chiqarish kompaniyalarining moliyaviy
barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’min-lashning o’ziga xos omili
bo’lib ularning yirik tadbirkorlik tizimlariga (moliya-sanoat guruhlari,
kontsernlar, klas-terlar, konglomeratlar, xoldinglar, kontsortsiumlar
va boshqalar) birlashishi hisoblanadi.
Bank va sanoat kapitalining
real qo’shilishi va ta’sirchan moliyaviy kapitalning shakllanishi sodir
bo’lmoqda. Bularning natijasida ishlab chiqarish masshtablarining
o’sishidan vujudga kelgan samara, iqtisodiyot tarkibiy tuzilma-
larining o’zaro ta’sirchanligi va investitsiyalarning o’sishidan olingan
sinergetik samara kompaniyalarga yirik masshtabli moliyaviy
vazifalarni yechishga imkon bermoqda.
Dostları ilə paylaş: