1
1-bob.
GEOAXBOROT TIZIMINING ILMIY ASOSLARI
Geoaxborot tizimining ta’rifi
Tasavvur qiling, siz 1960-yillarda, hali
kompyuter texnologiyalari
rivojlanmagan davrda yashayapsiz. Siz ishlayotgan vazirlikka davlat tomonidan
mavjud tabiiy resurslar toʻgʻrisida umumiy ma’lumot toʻplash
va shu asosda
tabiiy resurslarning bugungi va kelajakdagi zaxiralarini aniqlash vazifasi
yuklatilgan boʻlsin. Albatta, bunday ulkan miqyosdagi
ishni bajarish uchun,
avvalambor, ishonchli ma’lumotlar, tajribali mutaxassislar, har xil texnologiyalar
va ularni tasvirlash uchun juda koʻp miqdorda qogʻoz mahsulotlari talab etiladi.
Bundan tashqari, bu ishni amalga oshirish uchun juda koʻp vaqt kerak boʻladi. Bu
ishlarni bir tizimga solish va tahlil qilish uchun esa avtomatlashgan tizim zarur.
Bunday tizimning kerakligini his qilgan davlatlardan birinchisi Kanada
boʻlib, Kanada atrof-muhitni rivojlantirish vazirligi tomonidan oʻsha
paytda
geoaxborot tizimi tushunchasi kiritildi, keyinchalik esa kompyuter texnologiyalari
takomillashuvi bilan chambarchas bogʻliq holda geoaxborot tizimini rivojlantirish
davom ettirib kelinmoqda. Yuqorida keltirilgan ishni soddalashtirish, mutaxassislar
ishtirokini
kamaytirish, vaqtdan yutish va albatta kamxarajat sarf qilish uchun
bizga
zamonaviy
kompyuter
dasturlari
va
texnologiyalari
yordamida
avtomatlashgan tizim –
Geografik Axborot Tizimi
zarur boʻladi.
Geoaxborot tizimining asosiy vazifalari – bu fazoviy ma’lumotlarni yigʻish
va qayta ishlash orqali avtomatlashgan raqamli ma’lumotlar bazasini yaratish, uni
kelgusida tahlil qilish va bosmaga chiqarish uchun saqlashdan iborat. Geoaxborot
tizimining vazifasini faqatgina kompyuter orqali raqamli karta ishlab chiqarish deb
tushunish toʻgʻri emas, chunki ushbu tizim orqali olingan ma’lumotlar tahlil etilib,
muhim qarorlar qabul qilishda ham qoʻllaniladi. Bu tizim bizga an’anaviy usulda
yaratiladigan jadval ma’lumotlardan farqli ravishda ma’lumotlar soʻrovi,
turli
qatlamlarni birlashtirish kabi operatsiyalarni bajarish imkonini beradi.
Geografik axborot tizimi yoki geoaxborot tizimiga olimlar turlicha ta’rif
berishgan. Masalan, J.Berri shunday ta’rif beradi: “Geografik axborot tizimi – bu
ma’lumotlarni boshqarish, kartografik tasvirlash va tahlil qilish uchun yaratilgan
ichki pozitsiyalashgan fazoviy axborot tizimidir”. Bu ta’rif unchalik toʻliq emas,
chunki unda inson axborot tizimining muhim bir elementi sifatida koʻrsatilmagan,
vaholanki, inson barcha axborot tizimida mutaxassis, kuzatuvchi
va tahlilchi
sifatida muhim rol oʻynaydi. Demak, insonning bevosita qatnashuvi GATda
muhim rol oʻynaydi va quyida K.Chang tomonidan berilgan ta’rifni toʻliq va
tushunish uchun osonroq
deyishimizga asosimiz bor, ya’ni: “Geografik axborot
tizimi – bu geofazoviy ma’lumotlarni toʻplash, saqlash, izlash,
tahlil qilish va
tasvirlashga moʻljallangan kompyuter tizimidir”.
Yuqoridagi ta’rifga yanada soddaroq koʻrinish beradigan boʻlsak, unda
geoaxborot tizimi bu dasturiy apparat va inson faoliyatining geografik
ma’lumotlarni saqlash, boshqarish va tasvirlashga moʻljallangan
kompleks
tizimdir, degan xulosa kelib chiqishi mumkin. Keltirilgan fikrlarni umumlashtirgan
holda quyida eng aniq ta’rifni bersak boʻladi:
“