7
Aerofototasvir
(
aerial photograph, aerial photo
) – uchish apparatlari
yordamida koʻrinadigan va yashirin obyektlar,
hodisalar, jarayonlarni deshifrlash
va oʻlchash orqali olingan yer yuzasining ikki oʻlchamli fototasviridir. Rasmga
tushirish balandligiga
qarab yirik masshtabli, oʻrta masshtabli va kichik
masshtabli tasvirlar olinadi.
Agar rasmga tushirish vertikal oʻqiga nisbatan qiyalanish yoʻl qoʻyiladigan
darajada boʻlsa, planli aerofototasvir (
vertical aerial photograph
), agar oʻqning
yoʻl qoʻyilgan
qiyaligidan chiqib ketsa, perspektiv aerofototasvir (
perspective
aerial photograph
) olinadi. Fotoplyonka turiga qarab esa oq-qora yoki monoxrom
tasvirlar, rangli tasvirlar (
colour aerial photograph
), spektrozonal tasvirlar (
false
colour composite
) olinadi. Fotoplyonkadan bosmaga
chiqarish turiga qarab
kontaktli (
contact print
), kattalashtirilgan (
enlargement print
) aerofototasvirlar
olinadi. Umumiy holatda aerofototasvirlar 2 xil koʻrinishda: yakka turdagi
(
single photograph, single lens photograph
) va stereoskopik (
stereoscopic
photograph
) boʻladi. Stereoskopik tasvir maxsus stereoskopik asboblar
yordamida va kompyuter ekranida uch oʻlchamli tasvirlash
jarayonida joyning
haqiqiy uch oʻlchamli tasvir koʻrinishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: