4
vizual koʻrinishda biror-bir muammoni tasvirlashda juda koʻplab usullardan
foydalanilmoqda. Bu usullar
jumlasiga turli ranglar, uch oʻlchamli koʻrinishlar,
vektorli tasvirlash kiradi va bu, oʻz navbatida, matnlar yoki
sonlar orqali tushunish
qiyin boʻlgan jihatlarni ochib beradi. Shuning uchun ushbu tizim texnologik
tizimlar turkumidan boʻlsa-da, ijtimoiy, iqtisodiy va sogʻliqni
saqlash sohalarida
ham keng qoʻllanila boshladi. Hozirgi kunda geoaxborot tizimining ilmiy
asoslari keng koʻlamda oʻrganilmoqda va endilikda kartalar orqali tasvirlash
geografik bilimlar sohasida isbotlangan usullardan biriga aylandi.
Agar biron-bir
sohaga oid muammolarni tushunishga va ularning yechimini izlashga kirishadigan
boʻlsak, endilikda darhol oʻsha muammoning raqamli kartasini ishlab
chiqishimiz , muammoning koʻlamini baholash orqali yechimlar izlashimiz va
shunga yarasha qarorlar qabul qilishimiz mumkin boʻladi.
5
Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan atamalar
Ushbu oʻquv qoʻllanmada GATda qoʻllaniladigan ba’zi atamalar keltirib
oʻtiladi va foydalanuvchiga tushunarli boʻlishi uchun quyida ularning ma’nolari
va qisqartmalari toʻgʻrisida bir qator ma’lumotlar beramiz.
Karta
(ingl.
map, chart
; grek.
chartes
– varaq ma’nosini bildiradi) yer yuzi
va uning ayrim katta qismining sferik yuzasiga tushirilgan proyeksiyasining
qogʻozdagi kichraytirilgan tasviridir. Karta ma’lum
kartografik proyeksiya yoki
zonal tizimdagi toʻgʻri burchakli koordinatada tuziladi.
Dostları ilə paylaş: