L-prolin
glutamin kislotalar oilasiga mansub bo`lib, glutamin kislotaning ATF
ishtirokida qaytarilib, uning yarimaldegidiga aylanishi va keyinchalik sikllanib yana
qaytarilib, prolinga aylanishini quyidagi reaksiya sxemasi asosida izohlash mumkin:
Prolinni mikrobiologik sintezini quyidagicha amalga oshirish mumkin:
1. Tabiatda uchraydigan mutantlardan foydalanish. Masalan, yapon olimlari
Corin. glutamicum ATS 21144
mutantini ajratib olishga muyassar bo`ldilar. Bu
mutant glyukozali muhitda 18 g/l gacha prolin ajratib olish imkonini berar ekan.
2. Glutamat hosil qiluvchi korinebakteriyalarning prototrof shtammlaridan
foydalanish. Bunda shunday ferment muhitidan foydalaniladiki, mikrob hujayrasining
ichkarisidan ajraladigan glutamat va prolin ajralishi yo`nalishini prolin ajralishi
yo`nalishi tomon boshqarilishiga erishish lozim bo`ladi. Bunga erishish uchun
muhitda biotinning miqdorini oshirish kerak, bunday qilish o`z navbatida glutamin
kislotaning hujayradan chiqarilishini to`sib qo`yadi, natijada glutamin kislota
hujayradan tashqariga chiqmaydi va prolinga aylanadi. Misol tariqasida
Corin.
glutamicum
ATS 21157
ga oid ma`lumotlarni keltirib o`tish mumkin (3-Jadval):
- 25 -
3-Jadval
Biotinning muhitdagi
miqdori
Mahsulot g/l hisobida
Mkg/l
Glutamin
kislota
Prolin
5,0
23,4
2,6
1000
1,9
27,3
3. Auksotrof mikroblarni ajratib olish. Ma`lumki gistidin, metionin, leysin,
izoleysin auksotroflari:
Brevibacter sp
. lar glyukozali muhitda 20-25 g/l gacha
prolin hosil qilar ekan. Shu narsani qayd etish lozimki, bu xildagi auksotroflar
tomonidan prolin hosil qilinishini ko`paytirish uchun sulfaguanidin va 3,4-
digidroprolinga nisbatan rezistent bo`lgan mutantlarni tanlab olish kerak bo`ladi.
Shuningdek auksotrof mutantlarning muhitda biotin va ammoniy ionlarini mo`l
bo`lishini talab qilishini e`tiborga olish lozim.
4. Prolin produsentlarini gen muhandisligi uslubida ajratib olish. Bu uslub faqat
bitta obyekt
E.coli
da sinab ko`rilgan. Birinchi bosqichda prolin analoglariga
nisbatan chidamli mutant shtammlar ajratib olinadi, ulardan DNK donorlari sifatida
foydalaniladi. Keyin uchta gendan iborat bo`lgan prolin operonini plazmidaga
klonlanadi va gibrid plazmidani retsipiyent shtammga kiritiladi. Shu yo`sinda
olingan plazmidali shtammlar prolinni plazmidasiz mutantlarga nisbatan 2-3 marta
ko`proq hosil qiladi. Plazmidali produsentlar 48 soatda 27g/l gacha prolin hosil
qilishi mumkin.
L-Lizin
mikroorganizmlar
tomonidan
farqlanuvchi
yo`llar
yordamida
sintezlanadi. Mikrosuvo`tlari, zamburug`lar, achitqilar lizinni alfa-ketoglutar
kislotadan alfa-adipin kislotasiga aylantirish yo`li bilan sintezlaydi. Bu 2-Rasmda
keltirilgan .
Bu uslubda ish yuritishda fermentlar faolligini boshqarish hanuzgacha yyetarli
darajada o`rganilgan emas. Shu sababli mutantlar orasida aminoadenilat yo`li bilan
sintezlovchi xillari ajratib olinmagan va bu ishlar sanoat miqyosida yo`lga
qo`yilmagan.
Yuksak o`simliklar, bakteriyalar, ba`zi suv o`tlari lizinni boshqa yo`l bilan
biosintezlanishi ma`lum. Bu yo`l asparagin kislota orqali boshlanib alfa-
diaminopimelin (DAP) kislotani hosil bo`lishi va uning lizinga aylanishi bilan
nihoyasiga etadi. Aspartat oilasiga tegishli aminokislotalarning biosintezini
boshqarilishi dastlabki ferment-beta-aspartokinaza (AK) darajasida yuz beradi.
Lizinning produsentlari-glutamat hosil qiluvchi korinebakteriya:
Corynoebacterium
glutamicum, Brevibacterium flavum
lar yagona beta-aspartokinazaga ega, uning
faolligi treonin va lizin o`rtasidagi o`zaro mutanosib holda sodir bo`ladigan
ingibirlanish tamoyili asosida boshqariladi. Buni 3-Rasmda ko`rish mumkin:
- 26 -
Dostları ilə paylaş: |