- 30 -
tarmoqqa ajraladi, ulardan biri triptofanning
sinteziga qarab ketsa, ikkinchisi prefen
kislota orqali tirozin va fenilalanin tomon yo`nalgan bo`ladi (5-Rasm):
5-Rasm
. Aromatik aminokislotalar sintezi sxemasi
- 31 -
Aromatik aminokislotalarning mutant-produsentlarini ajratish bo`yicha olib
boriladigan seleksion ish uchta oila vakillari: korinebakteriyalar (
Brev. flavum,
Coryn.glutamicum
), basillalar (
Bac. subtilis
) va enterobakteriyalar (
E.coli
)
orasida
o`tkaziladi. Bu mikroorganizmlar uchun umumiy boshqarilish yo`li birinchi ferment
bo`g`ini-3-dezoksiarabinogeptulozo-7-fosfatsintetaza (DAGF) da joylashgan,
lekin
bu fermentning boshqarilish mexanizmi o`zaro farqlanadi. Korinebakteriyalarda
DAGF ning faolligi fenilalanin va tirozinlar tomonidan o`zaro mutanosib
ingibirlanishga duch keladi. Bu xildagi aromatik aminokislotalarning produsentlarini
seleksiyalashda birinchi bosqichda umumiy dastlabki
xom-ashyo mahsulot-xorizm
kislotasi hosil qiladigan auksotrof-shtammlarning ajratilishi lozim bo`ladi. Triptofan
produsentlarini seleksiyalash ishlarini olib borishda fenilalanin va tirozin bo`yicha
auksotrof mutantlardan foydalaniladi; fenilalanin produsentlarini ajratishda esa
tirozin bo`yicha auksotroflardan foydalaniladi. Bu mutantlarning
mahsuldorligini
oshirish uchun ular asosida boshqaruvchi mutantlarni ajratib olish va bu
boshqaruvchi mutantlarda biosintezning birinchi fermenlari desensebillangan
bo`lishi lozim bo`ladi. Triptofan produsentlari uchun bu
narsani amalga oshirishda
adenilatsiklaza (AS) ni desensebillaydigan uning analoglari (5-metiltriptofan, 6-
ftortriptofan va boshqalar) ga nisbatan rezistent bo`lgan mutantlarni ajratish asosida
ish yuritiladi. Bu xil mutantlar glyukozani to`g`ridan to`g`ri triptofanga aylantirishi
mumkin va bunda mahsulot hosil bo`lish unumdorligi 10-12 g/l ga yetadi. Bosqichli
tanlov asosida ajratib olingan fenilalanin produsentlari analoglar (p-ftorfenilalanin,
p-aminofenilalanin va boshqalar) ga nisbatan chidamli bo`lgan
shtammlar shakarli
muhitda 20g/l dan ziyodroq miqdorda maqsadli mahsulot yig`ishi mumkin. Seleksion
ishda muvaffaqiyatli ravishda foydalanilayotgan
Bac.subtilis
ham bitta DAGF ga ega
uning sintezi tirozin va fenilalanin tomonidan repressivlanadi, faolligi esa, xorizm va
prefen kislotalar tomonidan ingibirlanadi.
Dostları ilə paylaş: