- 32 -
keyinchalik ularni inokulyatorlar tizimidagi o`stirish apparatlariga ko`chiriladi.
Bundan keyin esa, mutantlarni sanoat ishlab chiqarishi miqyosida ishlaydigan
fermentyorlarda o`stiriladi. Fermentatsiyani nihoyasiga yyetkazgandan keyin
mahsulotli
aralashmani
filtrlanishini
osonlashtirish
maqsadida
produsent
hujayralaridan xolis bo`lishga kirishiladi. Shu yo`sinda ajratib olingan suyuqlik
sorbsion
uslub
yordamida
bo`yoqli
chiqindilardan
tozalanadi.
Maqsadli
aminokislotani ion-almashinuvi xromotografiyasi yoki cho`ktirish uslublaridan
foydalangan holda ajratiladi. Elyuatlar yoki dastlabki mahsulotli manbani
konsentrlash ishlari vakuum-bug`latish (liofilizatsiya) yo`li bilan amalga oshiriladi.
Bunda hosil bo`lgan texnik mahsulotni tozalik darajasini yanada oshirish uchun uni
oldin to`yingan eritmada eritiladi va keyin qaytadan kristallizatsiyalanadi. Toza
kristallangan mahsulotni ajratib olish jarayoni odatda tozalangan kristall
mahsulotlarni liofilizatsiyalash va eng so`nggida qadoqlash orqali nihoyasiga
yyetkaziladi. Bu xildagi sanoat ishlab chiqarishi uchun aminokislotalar ajratib olishda
muhitdagi utilizatsiyalanmagan dastlabki suyuq qoldiq va produsentning biomassa
qoldig`i, ishlab chiqarish jarayonida ion-almashinuvi kolonkalarini oqar suv bilan
yuvilgan yuvindilarini hammasini qo`shib, birlashtirib vakuum-bug`latkichda 10 %
gacha namlik darajasigacha quritiladi.
Tarkibida asosiy moddasi uncha ko`p (10 % dan oshiq) bo`lmagan
aminokislotalarning yem-oziqa preparatlarini ajratib olish texnologiyasi mikrob
o`stirilgan suyuqlikni vakuum-bug`latishdan oldin stabillashtirish, undagi quruq
moddalarni vakuum-bug`latkich qurilmada konsentrlash, bug`latilgan eritmaga
tegishli miqdorda qo`shimchalar qo`shish asosida standartlash, hosil bo`lgan tayyor
mahsulotni quritish va qadoqlash ishlarini o`z ichiga oladi.
Texnik yoki yem-oziqa preparatlarini asosiy mahsulotga boy bo`lgan xillarini
ajratib olishda aralashmani produsent hujayralaridan xolis qilinadi va undagi
aminokislotalarni qisman konsentrlash maqsadida ion-almashinuvi xromatografiyasi
yoki tuzlash yo`li bilan cho`ktirish ishi amalga oshiriladi.
Aminokislotalarni bir bosqichli uslub asosida ajratib olishda produsent sifatida
auksotrof mutantlardan foydalanilgani, ular esa o`zlarini o`sishi va biosintezi uchun
muhitda engil o`zlashtiriladigan karbon, azot, shuningdek vitaminlar kabi biofaol
ikkilamchi metabolitlarning bo`lishini talab qilganligi sababli bu ishlarni tashkil
qilishda antiseptika qoidalariga rioya qilishga to`g`ri keladi.
Dostları ilə paylaş: