M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Oziqa muhitiga qo`shilgan qo`shimcha Ferment faolligi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84
Oziqa muhitiga qo`shilgan qo`shimcha Ferment faolligi
E/100ml hisobida 
3 % Saxaroza va 0,05 % Natriy nitrat…………………………………20 
6 % Kraxmal va 0,15 % Natriy nitrat…………………………………60 
10ml bug`doy maysasi ekstrakti ………………………………… 250-300 
40ml bug`doy maysasi ekstrakti ……………………………………500-560 
Muhitning asosiy komponentlarini 1,5 martaga 
oshirganda………………………………………………………….1000-1100 
Mikrobni o`sishi va fermentni sintezlanishini jadallashtirish uchun oziqa 
muhitiga qo`shimcha ravishda tarkibida o`sish omili bo`lgan damlama yoki ekstrakt 
qo`shiladi. Eng avvalo ular jumlasiga aminokislotalar kiradi. Ular hujayra ichiga 
osongina kiradi va fermentni sintezlanishiga ta`sir ko`rsatadi. Shuningdek o`sish 
omillari jumlasiga purin asoslari va ularning hosilalari, RNK va uning parchalanish 
mahsulotlari ham kiradi. Produsentni chuqur uslubda o`stirganda, yumshoq va 
namlangan oziqa muhitini yuza qismida o`stirgandagiga qaraganda ajratib olinadigan 
fermentning konsentratsiyasi ancha past bo`ladi .
 
Fermentlar produsentlarini chuqur uslubda o`stirish. 
Produsentni chuqur 
uslubda o`stirish mikroorganizmlarni suyuq oziqa muhitida o`stirishni hisobga oladi. 
Bu uslub oziqa muhitini yuza qismida o`stirishga nisbatan ancha mukammal ishlab 
chiqilgan, hamda ko`proq mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan. Bunda 
butun jarayon aseptik sharoitda o`tkazilishi lozim. Chuqur uslubda o`stirish sharoitida 
suv muhiti ekstraktining yuza qismida o`stirishdagiga nisbatan fermentning 
konsentratsiyasi ancha past bo`ladi. O`stirish suyuqligining filtratini 3 % dan kam 
qismi quruq modda hisoblanadi. Bu narsa fermentni ajratib olishdan oldin filtratni 
konsentrlashni talab qiladi. 
Ekish materialini olish
. Ekish materiali ham chuqur o`stirish uslubida 
tayyorlanadi. Ekish materialining ko`rinishi produsentning xiliga bog`liq: 
zamburug`lar aktinomitsetlar uchun mitselial vegetativ massa bo`lsa, bakteriyalar 
uchun spora hosil qilish bosqichidagi yosh hujayra hisoblanadi. Ekish materialini 
olishda produsent massasini asta-sekin bosqichma-bosqich oshirib borish hisobga 
olinadi. Masalan, bu jarayon sanoat miqyosida katta hajmda tayyorlash uchun 
mo`ljallanganda to`rt bosqichni, ya`ni:
produsentni dastlabki materiali 

kolbada o`stiriladigan ilk material

inokulyatorda o`stirilgan ekish materiali

ekish apparatida o`stirilgan materiallarni 


- 80 - 
ajratib olishni hisobga oladi. Ekish materialining hajmi produsentning fiziologik 
xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. Bu narsa produsent faqat vegetativ ko`payadigan 
bo`lsa, 5-20 % gacha oshishi, uning kuchli ravishda spora hosil qilishi yuz beradigan 
bo`lsa, unda 1 % gacha pasayishi mumkin. Ekish materialining hajmi sanoat ishlab 
chiqarishi fermentyorini 10 % gacha hajmini tashkil qilishi mumkin. 
Oziqa muhitini tayyorlash. 
Oziqa muhiti tayyorlanadigan maydon boshqa ishlab 
chiqarish binolaridan izolyatsiyalanadi, chunki asosiy ishlab chiqarish tizimiga
mikroorganizmlar bilan ifloslangan xom-ashyoni kirib qolishini oldi olinishi lozim. 
Ishlab chiqarish keng ko`lamli bo`lgan xollarda oziqa muhiti alohida binolarda 
tayyorlanadi. Oziqa muhitini tayyorlash har xil bo`lib, u komponentlarning tarkibiga 
bog`liqdir. Ba`zilari dastlabki ishlov berishni: maydalash, pishirish, ekstraksiyalash
gidrolitik parchalashlarni talab qiladi. Keyin eritish uchun tayyorlangan 
komponentlar dozalab o`tkazadigan moslama yordamida doimo aralashtirilgan holda 
oziqa muhitili hajmga ko`chiriladi, bunda komponentlar alohida-alohida kiritiladi. 
Suyuq oqimlarni uzatilishi nasoslar yordamida, o`z oqimi bilan yoki issiq havo oqimi 
bilan amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin