1924-yil 12-iyun-da I.V.Stalinning taklifi bilan RKP(b) MK Siyosiy byurosining "O'rta Osiyo
respublikalarini milliy-hududiy chegaralash to'g'risida" maxsus qarori qabul qilingan. Bu qaror bilan
mazkur jarayon o'zining so'nggi bosqichiga kirdi. 15-iyulda RKP(b) MK O'rta Osiyo byurosi yangi
tashkil etiladigan milliy respublikalar va oblastlarning muvaqqat byurosini tashkil etdi. O'zbeklar
byurosi tarkibiga Fayzulla Xo'jayev, Rustam Islomov, Akmal Ikromov, Qori Yo'ldosh Po'latov,
Muxtorjon Saidjonov, Kalugin a'zo sifatida, Inoyatov nomzod sifatida kiritildi. Shuningdek, RKP(b)
MK O
c
rta Osiyo byurosi tashkil etgan Hududiy komissiyada, uning milliy kichik komissiyalarida
janjalli masalalarni hal qilish uchun tuzilgan maxsus komissiyalar ham faoliyat ko'rsatgan. Hududiy
komissiya tarkibiga F. Xo’jayev, A. Rahimboyev, S. Xo'janov, Q. Otaboyev, R. Islomov, N. Aytoqov,
Y. Abdurahmonov, I. Aydarbekov, I. Vareykis, D. Man-jara, I. Mejlauk, X. Saxat-Muratov va boshqa
siyosiy arboblar kirgan edi.
Milliy respublikalar tuzish zarurligi g'oyasining tashabbuskorlari o'z fikrlarini Turkistondagi tub
xalqlar hayotida tengsizlik mavjudligi va milliy mojaro-lar kuchayib borayotgani bilan asosladilar.
Ular bu mojarolardan qutulish yo'li sifatida turkmanlar, qirg'izlar va boshqalarning milliy davlatini
(aslida, milliy respublikasini) tuzish deb e'lon qildilar, amalda esa bu chora-tadbirlar mintaqada
yashovchi xalqlarni bir-biridan ajratib qo'yishdan boshqa narsa emas edi.
Xullas, siyosiy jihatlarga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, Turkiston ASSR siyosiy
rahbariyati orasidagi yevropaliklar bilan tub xalqlar vakillari o'rtasidagi ixtiloflar, ayrim qozoq va tojik
kommunistlari hamda boshqalarning guruhbozlik ko'rinishlari mexanik tarzda Turkiston xalqlari
o'rtasidagi munosabatlarga ko'chinldi. RKP(b) MK Bosh kotibi I.V.
Stalin, RKP(b) MK O'rta Osiyo
byurosi raisi
Y.Rudzutak va boshqalar O'rta Osiyoda milliy mojarolar mavjudligini ta'kidlashdan
charchashmadi. Xullas, milliy masala Markaz tomonidan sun'iy ravishda bo'rttirib yuborildi va bu