48 -modda. Moddiy javobgarlikka tortish muddatlari Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy
yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni
o‘tayotgan shaxslar, rezervga (zaxiraga) bo‘shatilganligidan yoki iste’foga chiqarilganligidan qat’i
nazar, yetkazilgan zarar aniqlangan kundan e’tiboran uch yil ichida moddiy javobgarlikka tortiladi.
(VIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) IX. YAKUNLOVChI QOIDALAR 49-modda. Fuqarolarning harbiy tajovuz yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y berish hollariga mo‘ljallangan harbiy tayyorgarligi Oldingi tahrirga qarang. Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y
berish hollariga mo‘ljallangan harbiy tayyorgarligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga
binoan tashkil etiladi va ularning ish, o‘qish yoki turar joylarida ishlab chiqarishdan yoki o‘qishdan
ajralmagan holda amalga oshiriladi.
(49-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda) Fuqarolarning harbiy tayyorgarligini tashkil etish va unga rahbarlik qilish O‘zbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati
organlari zimmasiga yuklatiladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
hokimliklar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan
birgalikda harbiy tayyorgarlikning zarur o‘quv-moddiy bazasini yaratadilar, harbiy tayyorgarlik
rahbarlarini tanlash va tayyorlashni ta’minlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang. Fuqarolarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish tartibi va bunday tayyorgarlikdan ozod etiladigan
shaxslar doirasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
(49-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)