Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslarning moddiy javobgarligi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/38
tarix02.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151479
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
436-II-сон 12.12.2002. Umumiy harbiy majburiyat va harb

chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslarning moddiy javobgarligi
1


48 -modda. Harbiy xizmatchilarni, oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarini
(tinglovchilarini), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarni va safarbarlik
chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslarni moddiy javobgarlikka tortish shartlari
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy
yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni
o‘tayotgan shaxslar harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarish chog‘ida harbiy
mol-mulkka (Qurolli Kuchlar tasarrufidagi harbiy obyektlarga, binolar va inshootlarga, qurol-yarog‘
va o‘q-dorilar, jangovar va boshqa texnika, o‘zga moddiy-texnik vositalar va pul mablag‘lariga
(qimmatliklarga) yetkazilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri haqiqiy zarar uchun moddiy javobgarlikka tortiladi.
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy
yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni
o‘tayotgan shaxslar, agar zarar komandirning (boshliqning) buyrug‘ini bajarish yoxud asosli xizmat
yoki xo‘jalik tavakkalchiligi yoki boshqa qonuniy harakatlar natijasida yetkazilganda moddiy
javobgar bo‘lmaydi.
Harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarmayotgan paytda moddiy zarar
yetkazgan harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy
yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni
o‘tayotgan shaxslar fuqarolik qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladi.
48 -modda. To‘liq moddiy javobgarlik
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy
yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni
o‘tayotgan shaxslar o‘z aybi bilan harbiy mol-mulkni talon-toroj qilgan, kamomadga yo‘l qo‘ygan,
behuda sarflagan, yo‘qotgan, qasddan yo‘q qilgan, shikastlagan, ishdan chiqargan, qonunga xilof
ravishda sarflagan hollarda yetkazilgan zarar uchun yoki qasddan sodir etilgan boshqa xatti-
harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan zarar uchun, ularda jinoyat qonunchiligida nazarda
tutilgan jinoyat tarkibi alomatlari borligidan qat’i nazar, moddiy javobgar bo‘ladi.
Valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik
buyumlari hamda boshqa maishiy-ro‘zg‘or buyumlarining va bunday buyumlar parchalarining
talon-toroj qilinishida, kamomadida hamda normativlardagidan ortiq yo‘qotishlarida aybdor
bo‘lgan harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy
yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni
o‘tayotgan shaxslar qonunchilikka muvofiq moddiy javobgar bo‘ladi.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar o‘z aybi bilan vagonlarning, avtomobillarning va boshqa
transport vositalarining bekor turib qolishi tufayli yetkazilgan zarar uchun yetkazilgan zararga teng
miqdorda moddiy javobgar bo‘ladi.
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy
yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni
o‘tayotgan shaxslar o‘z aybi bilan jismoniy va yuridik shaxslarga zarar yetkazgan taqdirda, agar
zararning o‘rni qonunchilikka muvofiq Qurolli Kuchlar tomonidan qoplangan bo‘lsa, Qurolli Kuchlar
tomonidan qilingan xarajatlarning o‘rnini davlatga qoplashi shart.
Xizmatchilarni (ishchilarni) qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatishda yoki boshqa ishga
o‘tkazishda aybdor bo‘lgan komandirlar (boshliqlar) majburiy progul vaqti yoki kam haq
to‘lanadigan ishni bajarish vaqti uchun ortiqcha haq to‘lanishi munosabati bilan, shuningdek
qonunchilikni buzganlik yoxud bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi komandirning (boshliqning)
yoki sudning xizmatchini (ishchini) ishga tiklash to‘g‘risidagi qarorini bajarishni asossiz ravishda
kechiktirganlik uchun yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini davlatga qoplaydi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin