Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


 -modda. Cheklangan moddiy javobgarlik



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/38
tarix02.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151479
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
436-II-сон 12.12.2002. Umumiy harbiy majburiyat va harb

48 -modda. Cheklangan moddiy javobgarlik
Quyidagi hollarda komandirlar (boshliqlar) yetkazilgan zarar miqdorida, biroq bir oylik pul
ta’minoti maoshidan ortiq bo‘lmagan miqdorda moddiy javobgarlikka tortiladi:
harbiy mol-mulkni hisobga olishning, saqlashning, undan foydalanishning, uni sarflash va
tashishning belgilangan tartibini buzadigan farmoyish berganda;
harbiy mol-mulkning talon-toroj qilinishi, kamomadi, yo‘q qilinishi, shikastlanishining va
buzilishining oldini olishga doir zarur choralar ko‘rmaganlik zarar yetkazilishiga sabab bo‘lganda;
1
2
3


aybdor shaxslar tomonidan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash choralarini ko‘rmaganda.
48 -modda. Zararning miqdorini aniqlash va zararni undirish tartibi
Moddiy zarar (moddiy va pul mablag‘larining (qimmatliklarning) talon-toroj qilinganligi,
kamomadi, behuda sarflanganligi, yo‘qotilganligi, yo‘q qilinganligi, shikastlanganligi, ishdan
chiqarilganligi, ulardan qonunga xilof ravishda foydalanilganligi hamda ular qonunga xilof ravishda
hisobdan chiqarilganligi faktlari) aniqlaganida komandirlar (boshliqlar) zararning kelib chiqishi
sabablarini, miqdorini va aybdor shaxslarni aniqlash uchun belgilangan tartibda tergovga qadar
tekshiruvni yoki xizmat tekshiruvini o‘tkazadi.
Agar moddiy zararning sabablari, miqdori va aybdor shaxslar tergovga qadar tekshiruv,
surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan aniqlangan bo‘lsa, komandir (boshliq)
tomonidan tergovga qadar tekshiruv yoki xizmat tekshiruvi o‘tkazilmasligi mumkin.
O‘z aybi bilan moddiy zarar yetkazgan harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining
kursantlari (tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik
chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar moddiy zararning o‘rnini harbiy xizmatni
(yig‘inlarni) o‘tash davrida yoki rezervga (zaxiraga) bo‘shatilgan yoxud iste’foga chiqarilgandan keyin
ixtiyoriy ravishda to‘liq yoki qisman qoplashi mumkin.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin