bu raqam 15,2 kvadrat metrga yetdi yoki 1,26 barobar ortdi.
Bugungi kunda qariyb 77,4 foiz oila alohida uy va kottejlarda
istiqomat qilmoqda.
Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta ’minlash
davlat dasturining amalga oshirilishi natijasida,
bu sohadagi
vaziyat tubdan yaxshilandi.
Umuman, mustaqillik yillarida kommunal soha rivoji uchun
676,4 million dollar miqdoridagi uzoq muddatli imtiyozli xorijiy
investitsiya va kreditlar jalb etildi.
Aholining toza ichimlik suvi va tabiiy gazdan foydalanish
imkoniyatlarini kengaytirishda yuqorida zikr etilgan dastur bilan
birga, magistral ichimlik suvi va tabiiy
gaz tarmoqlarini qurish
bo‘yicha aniq maqsadli davlat dasturlarining amalga oshirilishi
ham muhim ahamiyatga ega boMdi.
1991—2009-yillarda 54 m ing kilom etrdan ziyod, shu
jumladan, qishloq joylarda 47,9 ming kilometrlik suv tarmoqlari
va
ichimlik suvi quvurlari, 74 ming kilometrdan ortiq, shu
jumladan, qishloq joylarda 67,6 ming kilometrlik gaz tarmoqlari
qurilib, ishga tushirildi.
Qishloqlarda takomillashtirilgan zamonaviy loyihalar asosida
yangi uy-joy qurish va qishloq aholi punktlarini kompleks tarzda
rivojlantirish davlat dasturining asosiy m a’no-mazmunini tashkil
etdi.
Zamonaviy muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmaga
ega bo‘lgan yangi va ko‘rkam uy-joy massivlarini barpo etish —
istiqbolga mo‘ljallangan muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi.
2013-yilda qishloq joylarda yakka tartibdagi yangi uy-joylar
qurish 8,5 mingtadan 10 mingtaga yetkazildi.
Bu maqsadlar
uchun 1 trillion 400 milliard so‘m, ya’ni o ‘tgan yilga nisbatan
54 foiz ko‘p mablag1 yo‘naltirish mo‘ljallangan.
Bu borada shuni e’tiborga olish kerakki,
mazkur maqsadlar
uchun tuzilayotgan pudratchi qurilish-montaj tashkilotlari,
barcha hududlarda shakllantirilayotgan ularning kuchli moddiy
ishlab chiqarish bazasi nafaqat uy-joylar,
balki sanoat va xizmat
ko'rsatish obyektlarini qurishga ham jalb etiladi.
201