‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


xalqaro hamkorlikning asosiy



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

xalqaro hamkorlikning asosiy
shakllari tovar ishlab chiqarish va sotishdagi kooperatsiya,
korxonalarga birgalikda egalik qilish (qo‘shma korxona), qurilish
sohasidagi konsorsiumlar tashkil etish kabilar hisoblanadi.
Ishlab chiqarish sohasidagi xalqaro hamkorlik integratsion 
aloqalarda o‘zining barqarorligi va doimiyligi bilan, loyihalami 
keng qamrab olishi bilan ajralib turadi. Uzoq muddatli shartno- 
malar asosida bunday hamkorlikni nafaqat rivojiangan daviatlar 
o'rtasida, balki taraqqiyot darajasida tafovut katta bo‘lgan 
sanoatlashgan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida ham 
rivojlantirib borish imkoniyati keng hisoblanadi.
Xalqaro integratsiyada 
ilmiy-texnika hamkorligining 
aha­
miyati so'nggi o‘n yilliklarda ortib bormoqda. Chunki, ilmiy- 
texnika taraqqiyoti milliy xo‘jaliklarning jadal rivojlanishiga
ijtim oiy-m aishiy m uam m olarni nisbatan tez hal qilishga 
imkoniyat yaratmoqda.
Ilmiy-texnika hamkorligi 
ilmiy-tadqiqot va loyiha-konst-
ruktorlik ishlarini amalga oshirish, texnik va muhandis xodimlar
guruhini shakllantirish hamda qo‘shma loyihalarda qatnashish,
ilmiy-tadqiqot markazlari, laboratoriyalari, byurolari tashkil
etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash kabilar namoyon
bo‘lmoqda.
Ayni vaqtda, dunyo mamlakatlarining ilmiy, ilmiy-texnik 
va innovatsion salohiyati jahonning muayyan markazlarida 
to ‘planib qolishi tendensiyasi kuchaymoqda.
Bu markazlar, asosan, AQSH, Yevropa va Janubiy-sharqiy 
Osiyo (Yaponiya, Janubiy Koreya kabilar) hisoblanadi. Rivojla-
276


nishning hozirgi bosqichida ilmiy-texnika taraqqiyotini jadal­
lashtirish ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va 
takomillashtirish oldiga yuqori innovatsion salohiyatni, yuqori 
ilmiy malakali xodim larni, chuqur fundam ental va ilmiy 
tadqiqotlar majmuasini shakllantirish talabini qo‘ymoqda. Bu, 
o‘z navbatida, mamlakatlarning axborot ta ’minoti va alma- 
shinuvida, ilmiy-innovatsion infratuzilmani rivojlantirishda 
hamkorlikda ishlashini taqozo etmoqda.
Mamlakatlar o‘rtasidagi tovar va xizmatlar savdosini kengay­
tirish, ishlab chiqarish kooperatsiyasini ta’minlash, ilmiy-texnika 
hamkorligini chuqurlashtirish ularning hududiy jihatdan yaqin 
bo‘lishini obyektiv zaruratga aylantirgan. Shu sababli, rivojlanish 
darajasidan qat’i nazar, ba’zi mamlakatlar 

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin