borish zarurligini kun tartibiga yanada o‘tkir qilib qo‘ymoqda
va buning uchun bor kuch-imkoniyatimiz va resurslarimizni
safarbar etishni talab etmoqda».
Shu maqsadda umumiy qiymati 24 milliard AQSH dollaridan
ziyod 300 ta investitsiya loyihasi ustida ish boradi. Bunda yangi
qurilgan 18,5 dollarni, modernizatsiyalash va rekonstruksiya
qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash — 6 mlrd dollarni
tashkil etadi. Mablag‘lar, birinchi navbatda, yoqilg‘i-energetika,
kimyo, neft va gazni qayta ishlash, metallurgiya, yengil sanoat
va to'qimachilik, qurilish materiallari, mashinasozlik sanoatlari
sohalariga yo'naltiriladi. «Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan
va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar
tajribasi shuni so'zsiz isbotlab bermoqdaki, — deb ta’kidlaydi
Yurtboshimiz, — raqobatbardoshlika erishish va dunyo bozor-
lariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh qilish,
tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversiflkatsiya qilishni chuqur-
lashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona
va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash,
faoliyat ko‘rsatayotgan quwatlarni modemizatsiya qilish va
texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga
oshirilishi mumkin»1.
Modernizatsiyalash — ishlab chiqarishni takomillashtirish,
yangilash, uni zamonaviy talablar va me’yorlar, texnik shart-
sharoitlar, sifat ko‘rsatkichlariga muvofiqlashtirishdan iborat
bo‘lib, u mikrodarajada amalga oshiriladi. Chunki, asosan,
mashinalar, asbob-uskunalar, texnologik jarayonlash moder-
nizatsiyalashtiriladi. Ammo modemizatsiya mezo va makrodaraja
obyekti bo‘lib ham hisoblanadi (4-chizmaga qarang). Bu jarayon
hukumatning iqtisodiy siyosati, investitsiyalar va kapital qo'yilma
hamda kreditlami bir tekis va maqsadga muvofiq joylashtirilishi
orqali tarmoqlar, shuningdek, iqtisodiyot miqyosida bosh-
qariladi.
Dostları ilə paylaş: