84
tartibsizlikka faqat IX asrda chek qo’yilgan. “Hadis ilmining rivojida oltin davr
hisoblangan hijriy uchinchi (milodiy to’qqizinchi) asrda hadisshunoslikda katta
muvaffaqiyatlar qo’lga kiritilgan. Chunonchi, butun islom dunyosidagi eng nufuzli
manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar to’plamining (as-sihoh as-sitta)
mualliflari yashab ijod qilganlar. YAna shunisi diqqatga sazovorki, mazkur olti
muhaddisning deyarli hammasi Markaziy Osiyolik bo’lgan”.
37
Shu davrga kelib, ular
tartibga solingan va din, axloq, fiqhning muqaddas manbaiga aylangan.
Hadislarni yig’uvchi, sharhlovchi, targ’ib etuvchi shaxslar «
muhaddis
» deb atalgan.
Muhaddislar hadislarni to’plashda, birinchidan,
isnod
(arabchada - tayanch degan
ma’noni anglatadi), ya’ni hadisni ma’lum qilgan kishilarni sanab o’tishlari,
ikkinchidan,
matn
, ya’ni hadisning mazmunini bayon qilishlari kerak. Nufuzli
hadislar to’plamida ko’shimcha raviщda hadislarga sharhlar beriladi. Hadislar
to’plamlari juda ko’p, lekin doimo ularning oltitasi alohida ezozlanadi. Quyidagi
muhaddislar qalamiga mansub hadislar to’plami ishonchli deb tan olingan:
Dostları ilə paylaş: