31
2.2. Inson jamiyati taraqqiyoti muammosiga sintetik yondashuv
yo‘llari
Hozirgi zamon tarix fanida tarixiy jarayonni tushuntirishga nisbatan
ikki asosiy yondashuv: formatsion va sivilizatsion yondashuvlar mavjud.
Uzoq vaqt davomida tarixni o‘rganishga formatsion yondashuv
ustunlik qilib keldi. Formatsion yondashuv tarixni universal tushunishga
asoslanadi. U jahon tarixini ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar olinma-ketin
almashuvidan iborat yagona, chiziqli- hujumkor tabiiy-tarixiy jarayon
sifatida talqin qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar haqidagi ta’limotni
ilgari surgan tadqiqotchilar fikrlarini tahlil qilib, ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiya – bu jamiyatning muayan tarixiy tipi, ishlab chiqarishning
muayan usuliga asoslangan va ijtimoiy taraqqiyot bosqichi sifatida amal
qiladigan yaxlit ijtimoiy tizim, degan to‘xtamga kelish mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya kategoriyasini asoslash tarixiy jarayonni
davriylashtirish imkonini bergan. U jami formatsiyalarning besh tipini
farqlagan:
ibtidoiy
jamoa,
quldorlik,
feodalizm,
kapitalizm,
kommunizm. Jahon tarixiy jarayoni bir formatsiyadan boshqa
formatsiyaga yuksalishdan iborat bo‘lgan chiziqli jarayon sifatida
tavsiflagan. Ammo alohida xalqlar tarixini jahon ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyalari tarixining yagona doirasiga sig‘dirib bo‘lmaydi. Shu
sababdan XIX asrda ishlab chiqilgan formatsion yondashuv o‘zini
oqlamadi. Ijtimoiy amaliyot, tarix tajribasi insoniyat jamiyati
taraqqiyotiga formatsiyali yondashishning bir yoqlama, sun’iy ekanligini
ko‘rsatdi. Ayrim tadqiqotchilar formatsion yondashuvni tahlil qilar
ekanlar, uning quyidagi zaif jihatlarini qayd etadilar. Birinchidan,
tarixning har qanday bosqichida jamiyat hayotini ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlargina belgilaydi, deb aytish o‘rinli bo‘lmaydi. Ikkinchidan,
bir formatsiyadan boshqa formatsiyaga tabiiy yuksalish haqidagi
monistik tasavvur inson erkinligiga, insoniyat rivojlanishining muqobil
yo‘llarini tanlashga o‘rin qoldirmaydi. Uchinchidan, xalqlar, jamiyatlar,
davlatlarning haqiqiy tarixi yuksalib boruvchi chiziq bo‘ylab formatsion
rivojlanishning tor doirasiga sig‘maydi. Mazkur yondashuv amalga
tatbiq etilganda har bir xalq va sivilizatsiyaning o‘ziga xosligi va
betakrorligi yo‘qoladi, ular ayni holda kelajak barkamol jamiyatining
sharti sifatidagina amal qiladi. Shunday qilib, hozirgi davr sharoitida
tarixiy jarayonni besh ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadan iborat bo‘lgan
chiziqli sxema sifatida talqin qilishning bir yoqlamaligi ayniqsa bo‘rtib
32
namoyon bo‘ladi. Jahon tarixiy jarayoni mazkur nazariy modeldan
boyroq. Shu sababli ushbu talqinni tarixni tushunishga nisbatan
o‘zgacha, nochiziq yondashuv bilan to‘ldirish talab etiladi. Sivilizatsion
yondashuv tarixiy jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday
yondashuvdir. Ma’lumki, formatsion yondashuv obyektiv ravishda
mavjud bo‘lgan, inson irodasiga bog‘liq bo‘lmagan ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarni asos qilib oladi. Sivilizatsion yondashuv esa tarixiy
jarayonning turli-tuman ko‘rinishlari, qirralarini hisobga oladi, bundan
tashqari uning asosiy vazifasi inson va uning dunyoqarashi, ahloqiy va
estetik qarashlarini o‘rganishdir. Ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsiyali
yondashish har bir xalq, mamlakat, mintaqa taraqqiyotiga noyob va
takrorlanmas jarayon sifatida qarashga asoslanadi. Bunday yondashish
mohiyatan formatsiyali yondashishga ziddir. Sivilizatsion yondashuv
asosan ko‘p sonli madaniyatlar va sivilizatsiyalar mavjudligi, ularning
lokalligi va har xilligi haqidagi g‘oyani ilgari surishi bilan tavsiflanadi.
Bu yerda ijtimoiy taraqqiyotning qat’iy bir chiziqli sxemasi rad etiladi.
Sivilizatsion yondashuv tarixiy jarayonlarni, ularning o‘ziga xosligini
chuqurroq anglash, har bir mamlakat tarixi bilan jahon tarixi o‘rtasidagi
umumiylik, o‘ziga xoslik va betakrorlikni bir – biridan farqlashga, har
bir jamiyatning qiymati va uning jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rnini
aniqlash imkonini beradi. Bu yondashuvning eng muhim jihati tarixning
ko‘p qirrali va ko‘p tarmoqli jarayon sifatida baholanishidir. Bunda
tarixiy jarayonni tushunish uchun xalqlarning dini, madaniyati,
mentalitetiga, ya’ni ma’naviy-axloqiy va intellektual omillarga katta
ahamiyat beriladi. Formatsion va sivilizatsion yondashuvlarni taqqoslash
quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: 1) formatsion yondashuv
tahlil jarayonida butun jamiyatni qamrab olishga harakat qiladi va asosiy
e’tiborni uning dinamikasiga qaratadi; sivilizatsion yondashuv esa
jamiyatning bir qismini (ayrim sivilizatsiyani) o‘rganadi, jamiyatni esa
statik deb e’tirof etadi; 2) formatsion yondashuv jamiyat hayotining
iqtisodiy omillariga alohida e’tibor beradi; sivilizatsion yondashuv
asosiy e’tiborni ma’naviy omillarga qaratadi. Demak, bu ikki yondashuv
bir-birini butkul rad etmaydi, har holda formatsion yondashuvning
elementlarini sivilizatsion tahlilga kiritish mumkin, chunki ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar – sivilizatsion jarayonning muhim qismidir. Shu
sababdan inson jamiyati taraqqiyoti muammosiga sintetik yondashuv
yo‘llarini izlash lozim. Bugungi kunda tarixning shunday bir sintetik
33
talqini vujudga keladiki, unda mualliflar bu har ikki muqobil
yondashuvlarning ijobiy g‘oyalaridan foydalanishga va ularning
kamchiliklari o‘rnini to‘ldirishga harakat qiladilar. Bugungi kunda
sivilizatsiyaga doir keng tarqalgan nazariyalar orasida quyidagilarni
ko‘rsatish mumkin: sivilizatsiyaning chiziqli, bosqichli nazariyalari,
lokal sivilizatsiyalar va jahon tarixiy bosqichi nazariyalari. Ushbu
nazariyalar antik davrlar, o‘rta asrlarda va yangi davrda ishlab chiqilgan
tarixiy konsepsiyalar asosida shakllangan. Qadimgi davrlardayoq
insoniyat tarixining takrorlanib turuvchi bosqichli aylanma harakati
to‘g‘risidagi g‘oyalar shakllangan. Buni qadimgi dunyoning ko‘plab
xalqlarida kuzatish mumkin. Shu bilan birga yo‘naltirilgan, ortga
qaytmas, zamonaviy tilda aytganda, chiziqli evolyutsiya haqidagi
tushunchalar ham yuzaga keldi. Masalan, yunon shoiri Gesiodning (m.a
VII asr ) “Mehnatlar va kunlar” asarida insoniyat taraqqiyoti yaxshidan
yomonga qarab boruvchi tanazzul sifatida ko‘rsatilgan. Bu tushkun
modelga qarama-qarshi ravishda insoniyat taraqqiyotini tinimsiz
mukammalashib boruvchi jarayon sifatida qaragan g‘oyalar ham
vujudga kelgan. Rim shoiri Tit Lukretsiy Kar (m.a. I asr) “Ashyolarning
tabiati” asarida insoniyat taraqqiyoti xuddi shu nuqtayi nazardan
ko‘rsatilgan. O‘rta asr mutafakkirlari insoniyat taraqqiyotining chiziqli
g‘oyasini rivojlantirishgan. Insoniyatning chiziqli tarixiy taraqqiyot
jarayonida mukammallashib borishi haqidagi qarashlar sivilizatsiyaning
bosqichli konsepsiyasiga asos bo‘ldi. Sivilizatsiyaning bosqichli
nazariyalari sivilizatsiyani insoniyat progressiv taraqqiyotining yaxlit
jarayoni sifatida o‘rganadi va bu jarayonda ma’lum bosqichlar ajratiladi.
Bu jarayon o‘zining boshlang‘ich nuqtasiga ega: “buyuk daryolar”
vodiylarida sivilizatsiyaning dastlabki o‘choqlari yuzaga kela boshlagan
m.a. IV-III ming yilliklar. XX asr oxiriga kelib sivilizatsion areal deyarli
butun dunyoni qamrab oldi. Bugunga qadar mavjud bo‘lgan va bugungi
kunda mavjud sivilizatsiyalar miqdorini aniqlab bo‘lmaydi, zero
sivilizatsiyalarning aniq vaqt va hududiy chegarasi, sivilizatsiyalarni
ajratib ko‘rsatishning aniq universal mezonlari yo‘q. Shu sababli
sivilizatsiya nazariyalarini ishlab chiqqan turli olimlarning ro‘yxatlari
bir-biriga to‘liq mos tushmaydi. Masalan, Danilyevskiy til guruhlari
asosida 15 ta madaniy – tarixiy tipni ajratib ko‘rsatgan bo‘lsa, Shpengler
sakkizta “yuksak madaniyat” larni sanab o‘tgan. Biroq bu barcha
ro‘yxatlar mukammal emas.
34
Shu o‘rinda sivilizatsiyalarning quyidagi ayrim turlarini sanab o‘tish
mumkin: dastlabki (avtoxton) sivilizatsiyalar, an’anaviy sivilizatsiyalar,
yo‘ldosh
sivilizatsiyalar,
yangilangan
sivilizatsiyalar,
o‘rta
sivilizatsiyalar, monolit sivilizatsiyalar, sintetik sivilizatsiyalar, agrar
sivilizatsiyalar, industrial sivilizatsiyalar, kontinental sivilizatsiyalar,
dengiz, okean sivilizatsiyalari. Deyarli barcha sivilizatsiyalar bir
vaqtning o‘zida bir necha turga aloqador bo‘lishi mumkin. Masalan,
ibtidoiy davrdan o‘sib chiqqan qadimgi Yunon sivilizatsiyasi
yangilangan, monolit, agrar, dengiz sivilizatsiyasi edi. Olimlarning
fikricha sivilizatsiyaning mohiyatini, uning o‘ziga xosligini turli omillar
belgilaydi: tabiiy muhit, xo‘jalik yuritish tizimi, siyosiy tuzim,
jamiyatning ijtimoiy tashkiloti, din (yoki din darajasiga chiqarilgan
mafkura), ma’naviy qadriyatlar, mentalitet. Ularning nuqtayi nazaridan,
insoniyat
taraqqiyoti
sivilizatsiyalarning
bir-biri
bilan
o‘rin
almashashishi shaklida boradi, ularning har biri o‘z madaniy-tarixiy
an’analari, axloq normalari, diniy tizimlarini ishlab chiqadi.
Dostları ilə paylaş: |