1.3.
« Neolit inqilobi » va unga doir ilmiy qarashlar
Kishilik tarixining ibtidoiy davrini o’rganish borasida jamoalarning
ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o’tish, bu xo’jalik turining o’ziga xos
xususiyatlari, kelib chiqish shart-sharoitlari va jamiyat rivojlanishiga
ta’siri masalalari eng dolzarb sanaladi. Masalan, dolzarbligining yana bir
qirrasi ibtidoiy odamzod va tabiat o’zaro aloqadorliklari muammolari
bilan belgilanadi. Odamzod kishilik tarixi taraqqiyoti qaysi bosqichida
yashamasin, ma’lum bir jamiyat quchog`ida bo’lib, o’sha davr o’ziga
xos atrof-muhit, ekologik sharoiti bilan hamahonglikda yashagan.
Aniqrog`i, odamzod paydo bo’ldimi, uning moddiy madaniyati ham
17
shakllangan, u moddiy madaniyat mazmunida esa, odamzod va tabiat
o’zaro aloqadorliklari muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki kishilik
tarixi taraqqiyotining ilk bosqichlarini o’z ichiga olgan ibtidoiy davrda
odamzod hali tabiatga to’la qaram edi. Odamzod o’zini o’rab turgan
atrof-muhit, tabiat stixiyali kuchlari sirlarini tushunmagan. Shubhasiz,
bunga odamzod o’zining biologik jihatdan to’laqonli ravishda hali
shakllanmaganligi ham ta’sir etgan. Bu faktni ham hitsobga olish zarur.
Lekin, asta-sekinlik bilan bo’lsada odamzodning o’zi biologik jihatdan
rivojlana borgan. O’zi yashab turgan atrof muhitni tushunishga harakat
qilib, kunlik mashg`ulotlari jarayonida tajribalar orttirib borgan, mehnat
qurollarini takomillashtirib, bu borada ixtiro va kashfiyotlar qilishganlar.
Masalan, o’q yoy, kamon uchlari ham be’jizga yaratilmagan, sababi
ekologik sharoit o’zgarishi, yangi o’simlik va hayvonat dunyosining
vujudga kelishining o’zi ham shularga xos bo’lgan xo’jalik asoslari,
hamda mehnat qurollarini taqoza etgan. Shuning o’zi ham inson va
tabiatning o’zaro madaniy aloqadorliklarini bildiradi. Ibtidoiy jamoalar
turli ekologik sharoitlarga tushib qolishi ular yaratgan moddiy
madaniyatning o’ziga xos xususiyatlarida namoyon bo’lgan. Shu tariqa
ma’lum mintaqalarda jamoalarning o’ziga xos xususiyatlari bo’lgan
madaniyatlari shakllanib, hatto bir madaniyat tarkibida bir necha
mahalliy xarakterga ega bo’lgan madaniyatlar majmuasi ham yuzaga
kelgan. Masalan, O’rta Osiyo pasttekisligi mintaqasiga tarqalgan
kaltaminar tarixiy madaniy jamoalar madaniyati va uning mahalliy
madaniy variantlari(Oqchadaryo, Lavlakan, Quyi Zarafshon vohasi)
shular jumlasidandir. Kishilik tarixi ibtidoiy davri jamoalar moddiy
madaniyatini o’rganishda antropogenez jarayoni asosiy o’rinni
egallaydi. Odamzod paydo bo’lishi, uning jamiyati rivojlanishi
masalalari hozirgi kun jahon fanida hamon tadqiqotchilar diqqat
markazida turmoqda. Bu borada muhim tadqiqot ishlari amalga
oshirilmoqda, kashfiyot va yutuqlarga erishilmoqda. Haqiqatdan ham,
odamzod o’z taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida juda sodda, oddiy
turmush tarzini boshdan kechirgan. Qadimgi tosh davri jamoalari hali
tabiat kuchlariga qaram bo’lishganlar. Garchi mehnat qurollarini o’zlari
yasagan bo’lsalarda, lekin tabiatda mavjud bo’lgan narsa-predmetlar,
mahsulotlardan foydalanishganlar. Mehnat qurollari ham juda oddiy,
sodda bo’lishgan. Ochlikdan qirilib ketmaslik, yovvoyi hayvonlarga
yem bo’lib ketmaslik uchun stixiyali ravishda kichik-kichik to’dalarga
18
birlashishib kun kechirishgan. Ular tabiatda tayyor mahsulotlarni
terishib hayot kechirishganlar. Bu xo’jalik mashg`ulotlari o’zlashtirma
xo’jalik deyilgan. Mehnat qurollari ham shu mashg`ulotlar xarakteriga
mos bo’lganlar: qo’l cho’qmorlari, yog`och so’yillari, tosh boltalar va
h.k. Lekin, yuqorida zikr etganimizdek, ibtidoiy odamzod o’zi biologik
jihatdan rivojlanib borishi bilan o’z turmushida ixtiro va kashfiyotlarga
ham erishgan. Kunlik mashg`ulotlari jarayonida tajribalari orttirib
borishgan. Mehnat qurollari takomillashib borgan. O’rta paleolit
davridada neondertal tipidagi odamzod shakllanib, ular o’z
turmushlarida muhim yutuqlarga erishganlar. Ular qirg`ichlar,
teshgichlar, keskich qurollari, turli paykonlar yasay boshlaganlar, sun’iy
olovdan foydalanishganlar. Lekin ularning xo’jaliklari o’zlashtirma
xo’jalik bo’lgan. Urug`chilik tuzumi boshlangan. Juda sodda ko’rinishda
bo’lsada, dastlabki mehnat taqsimoti ro’y bergan. Ayollar uy-ro’zg`or
ishlari, farzand tarbiyasi va termachilik bilan erkaklar esa ov bilan
shug`ullana boshlaganlar. Mezolit davriga kelib iqlimiy sharoit ham
o’zgarib, nisbatan hozirgi iqlimiy sharoitga yaqinroq bo’lgan ekologik
muhit yuzaga kelgan. Bu esa ibtidoiy jamoalar mehnat qurollari
mohiyotiga, kunlik xo’jalik mashg`ulotlariga ham ta’sir ko’rsatgan.
Odamlar asta-sekin o’z turmushlari mashg`ulotlari jarayonida tabiat
sirlarini ziyraklik bilan payqab olishganlar. Natijada asta- sekin
termachilikdan dehqonchilik kurtaklari, ovchilik jarayonidan esa
chorvachilikning ilk ko’rinishlari shakllana boshlagan. Hayvonlarni
xonakilashtirish, o’simliklarni madaniylashtirish shart- sharoitlari shu
tariqa vujudga kela boshlagan. Bu jarayon dastlab Yaqin Sharq
xududida mezolit jamoalari turmushida ro’y berganliklari tadqiqotlarda
aniqlangan. Neolit davrida qurollarining takomillashuvi, ular turlarining
ko’payishi sababli bu davr jamoalari uchun endi so’ngi paleolit, mezolit
davrlaridek doimiy ravishda daydib yurishga zarurat qolmaydi. Chunki,
ishlab chiqarish iqtisodiyoti bilan shug’ullanishib o’troq turmush tarziga
o’tishganlar. Guvalalardan uy- joylar qurishib, shu tariqa aholi muqim
yashaydigan bo’lgan. Ilk siviliztasiyaning tomir otishi boshlangan.
Endilikda, bu davr jamoalari dehqonchilik, chorvachilik, hamda
termachilik uchun ma’qul bo’lgan ekologik burchaklarni tanlab yashay
boshalaganlar. Bu davrga kelib ishlab- chiqarish vositalarining yanada
takomillashib borishi asosida kishilarning turmush tarzida chuqur sosial
o’zgarishlar sodir bo’ladi. Masalan, ibtidoiy jamoalarning aholi muqum
19
yashaydigan qishloqlarining paydo bo’lishi. O’troq xo’jalik asosida
janubiy, subtropik mintaqalarda dehqonchilik kelib chiqqan bo’lsa,
cho’lli mintaqalarda, azim daryo va ko’l bo’ylarida o’troq ovchilik
xo’jaligi qaror topadi. Xullas, o’troq tarzda xo’jalik yuritish jarayoni o’z
navbatida chorvachilikning ham paydo bo’lishiga olib keladi. O’z
davrida bu « ixtisoslashgan» jamoalar o’rtasida o’zaro madaniy aloqalar
yo’lga qo’yildi. Tosh asrining yakunlovchi bosqichi hisoblangan neolit
davrining qaror topishi yer kurasining barcha mintaqalarida bir zayilda
sodir bo’lmagan. Bunda, ma’lum tabiiy, jo’g`rofik va ekologik shart-
sharoitlar ham muhim omil hisoblangan. Masalan, bir qit’ada quldorlik
jamiyati hukm surayotgan bir vaqtda, ikkinchisida dehqonchilik va
chorvachilik xo’jaliklari kashf etilgan, boshqasida esa hali ibtidoiy
jamoalar tabiatning tayyor mahsulotlari xisobiga kun kechirishganlar.
O’rta Osiyo sharoitida ham neolit jamoalari turmushida keyingi ikki
ko’rinishi mavjud edi. Masalan, O’rta Osiyo Janubiy- G’arbiy
tumanlarida, xususan hozirgi Turkmanistonning Kopetdog` yon
bag`rlarida neolit davri jamoalari miloddan avvalgi 6- ming yillikning
oxirlari va 5 ming yillikning boshlaridayoq ilk dehqonchilik xo’jaligi
bilan mashg`ul bo’lgan bo’lsalar, O’rta Osiyoning pasttekislik
mintaqalarida bu vaqtda jamoalar, hamon ovchilik va baliqchilik bilan
mashg’ul edilar. Neolit davrida jamoalarning mintaqalararo bunday
notekis rivojlanishing muhim omillaridan biri shu viloyatlardagi mavjud
tabiiy iqlimiy shart- sharoiti, ekologik muhiti hisoblanadi.
Ziroatchilikning vujudga kelishi ham neolit davriga to’g`ri keladi.
Dehqonchilik xo’jaligi uchun, avvalo juda qulay, yovvoyi o’simliklarga
boy ekologik burchaklar zarur edi. Shunday o’lkalardan biri O’rta
Osiyoning janubiy – g`arbiy tumanlari bo’lib chiqdi. Dunyo miqyosida
dehqonchilikning vujudga kelishi birlamchi va ikkilamchi o’choqlari
paydo bo’ldi. Shu o’choqlar zamirida dastlabki jaxon sivilizasiyalari
yetishib chiqdi. Ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o’tish nafaqat xo’jalik
rivojida balkim, insoniyat jamiyati rivojida ham tub sosial o’zgarishlarga
olib keldi: yerga bo’lgan munosabatlar o’zgardi; aholining ba’zi
madaniy vohalarga zichlashishi jarayoni yuzaga keldi; mulkchilikga
bo’lgan munosabatlar o’zgardi, mehnat taqsimoti chuqurlashdi; jamoa
a’zolarning kasbiy iqtisoslashuvi ro’y berdi.
20
Xullas, kishilik tarixi rivojida ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o’tish
davri alohida,o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan, hamda jamiyatda
tub sosial o’zgarishlarga olib kelgan davr sifatida ahamiyatlidir.
Kishilik tarixi taraqqiyoti bosqichlari barchasida ma’lum ijtimoiy-
iqtsodiy va madaniy rivojlanishning yutuq va kashfiyotlari bo’ladi.
Xususan, tosh davri jamoalari ham o’z kunlik turmush tarzida doimiy
ravishda sharoitlarini yaxshilashga urinishganlar va bu borada ixtiro va
kashfiyotlar qilishganlar. Mehnat qurollari takomillashtirilib borilgan.
Odamzod o’zini o’rab turgan atrof-muhit, hamda tabiat hodisalarini
tushunishga xarakat qilishganlar. Ishlab chiqarish vositalarining yanada
takomillashib borishi asosida kishilarning turmush tarzida muxim sosial
o’zgarishlar sodir bo’lgan. Odamzod kunlik yumushlari jarayonida
mehnat malakalarini oshirib borishganlar. O’z ishlarining yetuk
mutaxassislariga aylanishganlar. Tabiat hodisalarini ziyraklik bilan
kuzatishi oqibatida tabiat sirlarini bilib olishganlar. Masalan, erta
bahorda maysalar unib chiqishini payqab qolishganliklaridan asta- sekin
soy,
daryo,
kichik
suv
havzalari
qirg`oqlarida
dehqonchilik
xo’jaligining dastlabki kurtaklari paydo bo’lgan. Endi,
biz
ishlab-
chiqarish xo’jaligining dastlabki o’choqlari masalasiga to’xtalamiz.
Ma’lumki, O’rta Osiyo va Yaqin Sharq xududlarining ibtidoiy jamoalari
ibtidoiy davrdan, ya’ni paleolit ( mustye) dan e’tiboran moddiy
madaniyatlari ba’zi jixatlari bilan o’zora o’xshashliklari borligi
olimlarimiz
tomonidan
aniqlangan.
Jumladan,
A.P.Okladnikov,
D.N.Lev, A.V.Vinogradov, G. F.Korobkova, va boshqa bir qator
olimlar ilmiy ishlarida bu masala keng yoritilgan. Madaniy
aloqadorliklar jamoalar moddiy madaniyati xususiyatlarida namoyon
bo’lgan. Dehqonchilik va charvochilikka o’tish jarayoni nafaqat
xo’jalik rivojida balkim, insoniyat jamiyati rivojida ham tubdan muxim
sosial
burilishlarga
olib
kelgan.
Ko’pgina
tadqiqotchilar
ta’kidlashlaricha, bu jarayondan so’ng xo’jalik yurgizish barcha
sohalarida tubdan burilishlar ro’y bergan: yerga bo’lgan munosabatlar
o’zgargan, o’troqlashish va aholining zichligi jarayoni yuzaga kelgan,
mulkchilikka bo’lgan munosabatlar o’zgardi, mehnat taqsimoti o’zgardi
va alohida mutaxassislarga bo’linish turli sosial va diniy e’tiqod,
topinishlar vujudga keldi. Xo’jalik boshqarish sistemalari takomillashdi,
hamda insonlar dunyoqarashi sistemasida ham o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Ana shu jarayonlarning muximligini e’tiborga olgan holda mashhur
21
ingliz arxeologi V.G.Chayld ishlab chiqarish xo’jaligini be’jizga «neolit
inqilobi» terminiga birlashtirmagan. Biroq vaqt o’tishi bilan
V.G.Chayldning ilmiy nazariyasi mutaxassislar tomonidan turlicha
talqin qilina boshlandi. Xususan, tadqiqotchi R,Breydvud ibtidoiy
jamoalarning ishlab chiqarish xo’jalik asoslariga o’tganliklari , ya’ni
dehqonchilik va charvochilikka o’tganliklari faqatgina xo’jalik
yo’nalishidagi o’zgarishlarga olib keldi, xolos degan fikrni bildirdi:
Boshqa bir tadqiqotchi B.Brentvest bu jarayon ahamiyatiga nihoyatda
katta e’tibor berib, hattoki ibtidoiy jamoalar moddiy madaniyati
shakllanishiga o’ziga xos ravishda o’rni borligini alohida ta’kidladi.
(B.Brentvest). Bir gurux olimlar, xususan V.A.Bashilov, L.V.Kol’sov
kabi tadqiqotchilar «neolit inqilobi» mazmunini muntazam ravishda
jamoalar turmushida ortiqcha, zapas mahsulotlar yuzaga kelishi
jarayoni bilan izohlaydilar. ( V.A.Bashilov, L.V.Kol’sov). G’arb
mamlakatlarida ba’zi tadqiqotchilar xususan D.Xenri kabi tadqiqotchilar
«neolit inqilobi» ning mazmunini dehqonchilik va chorvachilik
jarayonlaridan emas balki, yuksak darajada rivojlangan izg`ib yuruvchi
ovchilik va terimchilik xo’jaligiga asoslangan jamoalarning
o’troqlashgan turmush tarziga o’tishi kabi jarayondan izlash lozim
degan ilmiy talqinni ham ilgari surmoqdalar. (D.Xenri va boshqalar).
Shu bilan birgalikda tadqiqotchilar bir qismi «Neolit inqilobi»
jarayonlari ba’zi hududlarda boshqa xil xo’jalik sharoitlari, ya’ni yuksak
rivojlangan ovchilik, baliqchilik va termachilik asosida ham ro’y bergan
va muhim sosial o’zgarishlarga olib kelgan degan, ilmiy g`oyalarni
ilgari suradilar. «Neolit inqilobi» va undan keyin ro’y bergan sosial
o’zgarishlarga
berilgan
baholarning
kamchiligini
arxeolog
V.A.Shnirel’man quyidagicha izohlaydi. V.A.Shnirel’man fikricha, bu
jarayonni o’rganishda u, jahon miqyosida turli regionlarda turlicha
xususiyatlarga ega bo’lgan sharoitda kechganligini xisobga olish kerak.
Aniqrog`i ishlab – chiqarish xo’jalik asosiga o’tish jahon miqyosida bir
xil emas, turli tarixiy- madaniy va ekologik sharoitda ro’y bergan,
hamda ular bu jarayondan keyingi ro’y bergan sosial o’zgarishlari
bo’yicha farq qiladi. Bu jarayonlar rivojlanishi turli mintaqalarda
turlicha darajada bo’lgan. Ana shu masalalarni oydinlashtirishda
tadqiqotchi olim N.I.Vavilov ilmiy ishlari qimmatli hisoblanadi. N.I.
Vavilov o’zining qator ilmiy ishlarida 1-chi bo’lib dehqonchilikning
vujudga kelishi mintaqalarining birinchi va ikkinchi o’choqlari
22
masalasini ilmiy munozaraga tashladi. Bu masalani chuqur ilmiy tahlil
qildi. U o’zining ilmiy izlanishlariga biografik faktlarni asos qilib oldi.
So’nggi o’n yilliklar maboynida arxeologik, paleobotanik va
paleozoologik tadqiqotlar natijasida qimmatli materiallarning qo’lga
kiritilinishi bu masalaning yechimida keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Shu nuqtayi nazardan N.V.Vavilov tadqiqotning bevosita davomchisi,
izdoshi hisoblangan V. A. Shnirel’manning ilmiy ishlari diqqatga
sazovordir. Uning 1989 yilda nashr etilgan «Ishlab chiqarish xo’jalik
asoslarining vujudga kelishi» nomli monografiyasida, hamda 1973 yilda
nashr etilgan « Chorvachilikning kelib chiqishi» nomli monografiyasida
xuddi shu ibtidoiy jamoalarning yangi ishlab chiqarish xo’jaliklariga
o’tishi, chorvachilik va dehqonchilik xo’jaliklarining o’ziga xos
xususiyatlari va ularning ilk bor yuzaga kelgan madaniy o’choqlari
borasida qimmatli ma’lumotlar keltirgan.
Xullas, hozirgi kun jahon fanida « Neolit inqilobi» masalasida turli
ilmiy qarashlar mavjud. Bu ilmiy qarashlarda mazkur jarayonning
yuzaga kelishi shart-sharoitlari, ahamiyati va oqibatlari masalasi o’z
yechimini topgan.
Dostları ilə paylaş: |