2.1. XVIII – XIX asrda Yevropa fan olamida sivilizatsiya
tushunchasining yuzaga kelishi
Sivilizatsiya so‘zi insoniyat tarixidagi sifat chegarasini belgilash
bilan bog‘liq. Ushbu tushunchaning yuzaga kelishi Ma’rifatparvarlik
davridagi Yevropa fani va adabiyotining yutug‘idir. Ammo sivilizatsiya
haqidagi ilk tushunchalar ancha ilgari yuzaga kelgan. Qadimgi
davrlardayoq insonlar o‘zlarining dunyolarini o‘zgalar dunyosi bilan
solishtira boshlashgan. Antik davrda sivilizatsiya so‘zi bilan
belgilanmasa-da, o‘z taraqqiyot darajalariga varvarlikni qarama-qarshi
qo‘yganlar. Sivilizatsiya so‘zi lotincha sivilis - fuqarolikka, davlatga,
shaharga taalluqli ma’nolarini anglatuvchi o‘zakdan kelib chiqqan. U
"silvaticus", ya’ni lotinchadan tarjima qilganda qo‘pol, yovvoyi so‘ziga
qarshi ma’noda qo‘llanilgan. Sivilizatsiya tushunchasi “madaniyat”
tushunchasi bilan uzviy bog‘liq ravishda paydo bo‘lgan. Dastlab
madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari sinonim sifatida qo‘llanilgan,
ammo bora-bora bu ikki atama o‘rtasida farq paydo bo‘ldi. Masalan,
nemis faylasufi I.Kant bu tushunchalar o‘rtasidagi yaqinlik va tafovut
mavjudligini ko‘rsatib o‘tgan edi. Ko‘pchilik faylasuflar “sivilizatsiya”
deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, “madaniyat” deganda
esa faqat uning ma’naviy qadriyatlarini tushunishgan. XX asr boshlariga
kelib, nemis faylasufi O.Shpengler “Yevropa quyoshining so‘nishi”
asarida madaniyat va sivilizatsiya tushunchalarini bir-biriga qarama-
26
qarshi qo‘ydi. Uning fikricha, sivilizatsiya madaniyatning eng yuqori
bosqichi bo‘lib, undan keyin esa madaniyat asta-sekin inqirozga yuz
o‘giradi. Nemis faylasufi sivilizatsiya deganda texnik- mexanik
jarayonlar majmuini nazarda tutgan. Madaniyatning paydo bo‘lishi
insoniyatning yovvoyilikdan keyingi davri bilan bog‘liq bo‘lsa,
sivilizatsiya - tarixiy jarayon, ijtimoiy hodisadir. Sivilizatsiyaning
rivojlanishi jamiyatni yuksaltirishga olib keladi, natijada bu jamiyat
fuqarolar erkinligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Sivilizatsiyali
hayot insonni madaniyatli qiladi va uning har tomonlama kamol topishi
uchun shart-sharoit yaratadi. Sivilizatsiya kategoriyasining serqirraligi
va ko‘p serma’noligi tufayli unga aniq ta’rif berish mushkul.
“Sivilizatsiya” ning yuzdan ortiq ta’riflari mavjud bo‘lib, har bir o‘ziga
xos ta’rifida ijtimoiy hayotning ma’lum tomonlari, jihatlariga alohida
urg‘u beriladiki, bu umuman sivilizatsiyaning ijtimoiy hodisa sifatidagi
mohiyatini to‘laroq anglab etishga xizmat qiladi. Sivilizatsiya
tushunchasining tarixiy-falsafiy mohiyati – tarixiy jarayonning birligi va
ushbu jarayon davomida insoniyatning moddiy- texnik hamda ma’naviy
yutuqlarning majmui. Sivilizatsiya umumjahon tarixiy jarayonining
ijtimoiylikning ma’lum darajasiga erishish bilan bog‘liq bosqichini ham
anglatadi. Sivilizatsiyaning yana bir ma’nosi - madaniyatning zamon va
makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr sivilizatsiyasi, Mesopotamiya
sivilizatsiyasi va b.). Sivilizatsiya madaniyat so‘zining sinonimi sifatida,
ko‘pincha
moddiy
madaniyat
ma’nosida
ham
qo‘llaniladi.
Shveytsariyalik tarixchi J.Starobinskiyning fikricha, sivilizatsiya
tushunchasini ilk bor fransuz iqtisodchisi Viktor Riketi Mirabo (1715-
1789 y) o‘zining “Qonunlar do‘sti” asarida qo‘llagan. 1767 yilda u
shotlandiyalik ma’rifatparvar Adam Fergyusson (1723-1816) asarida
paydo bo‘ldi. O‘shanda ushbu atama madaniy taraqqiyotning umumiy
darajasini anglatgan. Sivilizatsiya ma’rifatsiz xalqlarga, qorong‘u
feodalizm davri va o‘rta asrlarga qarama-qarshi qo‘yilgan. A.Fergyusson
ibtidoiy jamiyat tarixini davrlashtirish mezoni sifatida “madaniyatning
o‘zlashtirish darajasini” ilgari surdi: yovvoyilik, varvarlik, sivilizatsiya.
Keyinchalik shved olimi S.Nilson bu davrlashtirishni bir oz to‘g‘irladi
va to‘ldirdi: yovvoyilik, nomadizm (yunon. nomados – ko‘chib
yuruvchi,
ko‘chmanchilik),
dehqonchilik
va
sivilizatsiya.
Ma’rifatparvarlik davridagi ensiklopediyalarda sivilizatsiya tushunchasi
taraqqiyot konsepsiyasi bilan uyg‘unlashib ketdi. Fransuz faylasuf
27
ma’rifatparvarlari
aql
va
adolatga
asoslangan
jamiyatni
sivilizatsiyalashgan jamiyat deb bilganlar. Sivilizatsiya tushunchasiga
turlicha mazmun berish davom etdi va XVIII asrdan “sivilizatsiya”
tushunchasi tarixchilar lug‘atidan mustahkam o‘rin oldi. Shu davrdan
sivilizatsiyaning turli nazariyalari shakllana boshladi. XIX asr
boshlaridayoq sivilizatsiyalar to‘g‘risida ko‘plikda fikr yuritila
boshlandi, bu esa xalqlar sivilizatsion taraqqiyotining rang-barangligini
tan olishni anglatardi. O‘z asarlarida tarixning yo‘nalishi, shuningdek
tarixiy jarayonda yagonalik va rang-baranglikning o‘zaro nisbati
muammolarini ayniqsa to‘la qamrab olgan dastlabki tadqiqotchilardan
biri italyan faylasufi Jambatissta Viko (1668-1744) o‘zining “Millatlar
umumiy tabiati haqidagi yangi fan asoslari” deb nomlangan risolasida
jahon tarixining barcha xalqlar uchun yagona bo‘lgan tarixiy aylanma
harakat sifatidagi dunyoviy konsepsiyasini ilgari surgan. Viko fikriga
ko‘ra, barcha xalqlar o‘z rivojlanishida bir xil bosqichlardan o‘tadi:
ibtidoiy varvarlik (“xudolar asri”)dan feodalizm (“qahramonlar asri”)
orqali demokratik respublika
yoki konstitutsiyaviy
monarxiya
(“sivilizatsiya asri”) sari harakatlanadi. Har bir sikl mazkur jamiyatning
umumiy inqirozi va parchalanishi bilan tugaydi. Tsikl yakunlangach,
rivojlanish jarayoni yangilanadi va ayni shu bosqichlardan, lekin
yuqoriroq darajada o‘tadi. Vikoning g‘oyalari madaniyatlar va
sivilizatsiyalarning rivojlanishida tsikllilik nazariyalari (Danilyevskiy,
Shpengler, Toynbi)ga asos bo‘lgan. 1877 yilda amerikalik tarixchi va
etnograf L.Morgan (1818-1881 y) o‘zining “Qadimgi jamiyat” kitobida
sivilizatsiya atamasini yagona madaniy-tarixiy jarayonning ma’lum
darajasini belgilash uchun qo‘llashni taklif etdi. Morgan sistemasida
ham ibtidoiy jamiyat taraqqiyoti yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya
bosqichlaridan iborat, ammo u yovvoyilik va varvarlik davrlarining har
birini, xo‘jalik va moddiy madaniyat taraqqiyotining belgilariga ko‘ra
quyi, o‘rta va yuqori bosqichlarga bo‘ladi. Ushbu davrlashtirishda ishlab
chiqarish kuchlari rivojining darajasi mezon bo‘lib xizmat qiladi.
Tarixni o‘rganishga sivilizatsion yondashuv asoschilaridan biri rus
tabiatshunos olimi N.Ya.Danilyevskiy (1822-1885) bo‘lgan. U har biri
alohida-alohida mavjud bo‘lgan, faoliyatning to‘rt muhim shakli yoki
sivilizatsiyalar “asosi” - diniy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
asoslar orqali namoyon bo‘luvchi madaniy-tarixiy tiplar (sivilizatsiyalar)
haqidagi konsepsiyani ilgari surgan. Madaniy-tarixiy tiplar, biologik
28
organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash
jarayonida bo‘ladi va vujudga kelish, voyaga etish, qarish va halok
bo‘lish bosqichlaridan o‘tadi. Nemis faylasufi va tarixchisi Osvald
Shpengler (1880-1936 y) ning fikricha, “sivilizatsiya” har qanday
madaniyat
taraqqiyotining
muayan
tugal
bosqichini
bildiradi.
Sivilizatsiyani bunday davr tanazzuli sifatida tushunish madaniyatning
bir butunligi va tabiiyligiga ziddir. O.Shpengler “YYevropa quyoshning
so‘nishi” asarida G‘arbiy Yevropa tarixiga xos evropotsentrizm,
panlogizm, istorizm, to‘g‘ri chiziqli progressizm printsiplarini tanqid
qildi va madaniy - tarixiy jarayonning aylanma harakati nazariyasini
yaratdi. Bu nazariya sivilizatsiyaning siklli rivojlanishi, ya’ni takrorlanib
turishi haqidagi konsepsiyaga olib keldi. Shpengler ijtimoiy
taraqqiyotning bir chiziqli yevroposentristik sxemasiga tanqidiy
yondashgan. U insoniyat tarixida sakkiz madaniyat: Misr, Hind, Bobil,
Xitoy, Yunon-rim, Sharq, G‘arbiy Yevropa va Maya madaniyatlarini
farqlagan. Shpengler fikriga ko‘ra, har bir madaniy organizm ma’lum
hayot muddati (taxminan ming yil) mobaynida mavjud bo‘ladi, shundan
so‘ng u sivilizatsiyaga aylanadi va halok bo‘ladi. Har bir madaniyat o‘z
teran mazmuniga ega bo‘ladi va tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat kasb
etadi. Ingliz tarixchisi va sotsiologi Arnold Toynbi (1889-1975)
sivilizatsiyani yaxlit ijtimoiy tizim sifatida ifodalagan. U o‘zining o‘n
ikki tomlik “Tarixni anglash” asarida keltirgan o‘zaro o‘rin almashuvchi
lokal sivilizatsiyalar konsepsiyasida sivilizatsion taraqqiyotning asosiy
harakatlantiruvchi kuchi sifatida chaqiriq va javob nazariyasini ilgari
surdi. Toynbining fikricha din har qanday sivilizatsiyaning o‘zagi va
tayanchidir. Sivilizatsiyalarni bir – biridan farqlash va tasnif qilishda u
yoki bu jahon dinlarini asos qilib olinishi bejiz emasdir: musulmon
sivilizatsiyasi, xristian sivilizatsiyasi va hokazo. U dastlab 21,
keyinchalik 37 ta sivilizatsini sanab o‘tib, tarixiy jarayonning to‘g‘ri
chiziq bo‘ylab rivojlanishi haqidagi qarashlarga qarshi chiqdi va
sivilizatsiyaning bosqichli-siklik rivojlanishini ta’kidladi. Toynbi Arab,
Xitoy, Shumer, Maya, Hind, Ellin, G‘arb, Xristian (Rossiya), Uzoq
Sharq (Koreya va Yaponiya), Eron, Misr, Arab, Meksika, Vavilon va
boshqa sivilizatsiyalarni tadqiq etish natijasida “...tabiiy muhitdagi va
odamlar tegrasidagi yashash sharoitlarining og‘irligi sivilizatsiyaning
vujudga kelishiga sabab bo‘ladi”, - degan xulosaga keladi. Toynbi
sivilizatsiyalarga “evolyutsion tipdagi faol tuzilmalar” sifatida
29
yondashib, har bir sivilizatsiyada tarixiy mavjudlikning asosiy
bosqichlari: vujudga kelish, rivojlanish, tanazzulga uchrash va zavol
topishni farqlagan. Bu asosiy bosqichlardan o‘tgach, sivilizatsiya,
odatda, halok bo‘ladi va uning o‘rnini boshqa sivilizatsiya egallaydi.
Nemis faylasufi K.Yaspers (1883-1969 y.) o‘zining “Tarix manbalari va
uning maqsadi” asarida sivilizatsion taraqqiyotning bosqichma-bosqich
rivojlanishi konsepsiyasini ilgari surdi: tarixgacha bo‘lgan davr, qadimgi
davr madaniyati, vaqt o‘qi (jahon tarixining boshlanishi), texnik davr
(yagona jahon tarixiga o‘tish). Uning fikricha tarixning mazmuni va
negizi butun insoniyat uchun umumiy bo‘lgan e’tiqod bilan belgilanadi.
Mazkur e’tiqod insoniyat vakillarini bir- biridan ajratmaydi, balki
jipslashtiradi. Insoniyatga bunday e’tiqodni biron-bir jahon dini yoki
milliy din taklif qilolmaydi Sotsiolog P.Sorokin (1889-1968) insoniyat
madaniyatining butunjahon-tarixiy taraqqiyoti nazariyasini yaratdi. U bu
taraqqiyotni markaziy mazmunga yoki mentallikka ega ulkan madaniy
supertizimlar doirasida ko‘rib chiqdi. Bu madaniy supertizimlar yoki
sivilizatsiyalar insonlarning hayoti va hulqini, ko‘pgina tarixiy
jarayonlar va an’analarni belgilaydi. Tarixning har qanday davrida,
Sorokinning fikricha, beshta asosiy madaniy tizimlar mavjud: til, ahloq,
din, fan, san’at. U sivilizatsiyalarni moddiy madaniyat hech bir tizimsiz
ravishda namoyishga qo‘yilgan ulkan muzeylar sifatida talqin qiladi.
Sorokin sivilizatsiyalar tabiatining yaxlitligi g‘oyasiga tanqidiy
yondashib, uning tarkibiy qismlari o‘zaro bog‘lanmagan, deb
hisoblagan. “Iqtisodiy va ijtimoiy tarix annallari” (1929 g.) fransuz
jurnali redaksiyasi atrofida vujudga kelgan tarixiy maktab asoschilari va
vakillari bo‘lmish fransuz tarixchilari Mark Blok (1886-1944) va
Lyusyen Fevr (1878-1956) lar jahon taraqqiyoti muammosiga o‘zgacha
yondashgan. Ularning fikricha tarixiy taraqqiyotning asosini mentalitet
tashkil qiladi. L.Fevr birinchilardan bo‘lib o‘zining “Sivilizatsiya: so‘z
evolyutsiyasi va g‘oyalar guruhi” asarida “sivilizatsiya” atamasining
kelib chiqish vaqtini aniqlashga ham harakat qilgan. O‘tmish
hodisalarini tushuntirishda Fernan Brodel (1902-1985) va bir qator
boshqa fransuz tarixchilari tarixiy qonuniyatlar yoki tasodifiylikka
birinchi darajali e’tibor qaratmasdan, birinchi o‘ringa “muhit” (tarixiy
vaqt) omilini qo‘yishgan. Ularni birinchi navbatda xalqlarning hayoti,
turmushi va mentaliteti qiziqtirgan. XX asrning ikkinchi yarmida, sovuq
urush davrida va u tugagandan so‘ng insoniyat rivojining umumiy
30
chizmasini yaratish va sivilizatsion taraqqiyot jarayonining istiqbollarini
ko‘rsatishga urinish sifatida bir qancha tadqiqotlar paydo bo‘ldi. Tarixiy
rivojlanishining
ijtimoiy-iqtisodiy
konsepsiyasini
ilgari
surgan
amerikalik sotsiolog Uolt Rostouning fikricha jamiyat taraqqiyotida
texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Industrial
jamiyat nazariyasining yaratuvchilaridan biri bo‘lgan fransuz sotsiologi
R.Aron (1905-1983) jamiyatning nomafkuraviy nazariyasini hamda
texnika va jamiyatning o‘zaro ilgari ta’siri tezisini surgan. XX asrning
70-yillaridan boshlab ilmiy-texnika taraqqiyoti industrial jamiyatni
butunlay o‘zgacha sifatlarga ega postindustrial jamiyatga aylanishi
haqidagi g‘oyalar ishlab chiqila boshlandi. Ushbu nazariyaning
asoschilaridan biri amerikalik sotsiolog D.Bellning fikricha tarix
jamiyatda texnika taraqqiyotining darajasiga bog‘liq holda rivojlanadi. U
jamiyat
taraqqiyotining
uch
bosqichini
ajratib
ko‘rsatadi:
industriyagacha, industrial va postindustrial. Yana bir amerikalik
sotsiolog A.Toffler o‘zining “Uchinchi to‘lqin” (1980) asarida birinchi
to‘lqin sifatida qishloq xo‘jaligi tsivvilizatsiyasini, ikkinchi to‘lqin
sifatida industrial sivilizatsiyani ko‘rsatadi. XX asr oxiridan boshlangan
uchinchi to‘lqinningn nomini olimlar turlicha nom bilan atashmoqda:
kosmik yoki elektron era, texnotron jamiyat. Toffler informatsion
jamiyat atamasini qo‘llamagan bo‘lsa-da, uning asari chop etilgach,
ushbu so‘z mashhur bo‘lib ketdi. Amerikalik tadqiqotchi J.Nesbitt esa
o‘z asarlaridan birida postindustrial jamiyatni informatsion jamiyat deb
atadi. Garvard universiteti qoshidagi Strategik tadqiqotlar institutining
direktori
S.Xantington
1996
yilda
chop
etilgan
shov-shuvli
“Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi” asarida sivilizatsion taraqqiyotning
pessimistik nazariyasini keltiradi. Ushbu asarda insoniyatning kelajagini
sivilizatsiyalar qarama-qarshiligi belgilab beradi degan fikr ilgari
surilgan. Xantington diniy omil asos qilib olingan quyidagi
sivilizatsiyalar ro‘yxatini keltiradi: g‘arbiy, pravoslav, islom, xitoy, hind,
afrika (so‘roq ostida), Lotin Amerikasi. Bu o‘rinda g‘arb sivilizatsiyasi
katolik-protestant dunyo sifatida qaralgan. Shunday qilib, sivilizatsion
taraqqiyot xususida bugungi kunda ham yangidan-yangi g‘oyalar
yaratilmoqda, yangicha modellar taklif etilmoqda. Bu jarayonda
globallashuv ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.
Dostları ilə paylaş: |