1-Mavzu: Ilk sivilizatsiyalar shakllanishigacha bo‘lgan tarixiy
davr xususiyatlari
Reja:
1.1.
Yer yuzining odamzod tomonidan o‘zlashtirilishi.
1.2.
Ishlab
chiqarish xo‘jaligining paydo bo‘lishi ilk
sivilizatsiyalarning vujudga kelish ildizlari.
1.3.
« Neolit inqilobi » va unga doir ilmiy qarashlar.
Tayanch iboralar:
Odamning kelib chiqishi, Sharqiy Afrika,
avstolopitiklar, pliotsen, Lasko va Peshmorel g‘orlari, so‘ngi paleolit,
kramonon, o‘q-yoy, neolit inqilobi, ishlab chiqruvch xo‘jalik, Old Osiyo,
Xuanxe havzasi, Uzoq Sharq, Janubiy-Sharqiy Osiyo, ilk dehqonchilik.
1.1.
Yer yuzining odamzod tomonidan o‘zlashtirilishi
Hozirig
vaqtda
odamning
kelib
chiqishi
va
uning
paleogeografiyasini talqin qilishda olimlar orasida bir necha qarashlar
mavjud. Masalan, bir guruh olimlar Himolay tog‘i janubiy sarhadlari
bilan bog‘liq Sivalk tepaliklari ostidan topilgan pliotsen davri
maymunsifat primatlar haqida so‘z yuritib, ular tik yurish qobiliyatiga
ega bo‘lgan va ikki qo‘li yer tayanib yurishdan bo‘shab, tirikchilik
o‘tkazish uchun mehnat qilish imkoniyati bo‘lgan, degan fikrlarni
bildirdilar va bu primatlar odamning eng qadmgi o‘tmishdoshi bo‘lishi
mumkin, degan fikrlarni ilgari surmoqda. Demak, bu jonzotlar mehnat
qilishga tayor bo‘lgan jonzotlar edilar, deyishmoqda.
Afrika hududida topilgan avstrolopitiklar haqida ham fanda qator
tortishuvlar bor. Fan sohasida qilingan ko‘pchilik xulosalariga
qaraganda, avstrolopitiklarning eng qadimgisi 4-5 million yillar bilan
belgilanishi mumkin deyilmoqda.
Odamzodning dastlabki paydo bo‘lgan paleogeografiyasi haqida
gaprilganda shuni aytish kerakki, Himolay tog‘ining janubiy
sarhadlaridagi Sivalk tepaliklari ostidan topilgan pleystotsen davri
primatlari bo‘lib, ular tik yurishga moslashgan va yer tirab yurgan ikki
qo‘li mehnat qilishga imkon bergan degan fikrlar ham bor. Afrikada
topilgan eng qadimgi avstrolopiteklar haqida ham fanda tortishuvlar
bo‘lsa-da, ammo ularning paleografik yoshini 4-5 million yil deyin
mumkin. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar tufayli Indoneziyada
8
topilgan pitekantroplarning geologik yotqiziqlari, avval biz o‘ylaganday
emas, balki yana 2 million yil qadimiyroq bo‘lib chiqdi.
Odamzodning
paydo
bo‘lish
tarixini
belgilashda
avstrolopiteklarning dastlabki paydo bo‘lgan hududini aniqlashdan
iborat. Agarda avstrolopiteklarni odamning kelib chiqishi bilan
bog‘lansa, unda odamzod tarixi 4-5 million yilga borib taqaladi, agarda
avstrolopiteklar gominid, ya`ni odamga taalluqli deb tan olinsa, unda
pitekantroplar tarixi 2-2,5 mln yil bilan o‘lchanishi mumkin. Ya`ni,
pitekantroplarning eng qadimgi topilmasi yoshi 2-2,5 mln yil deb
hisoblash mumkin va odamzod tarixi ham shu yosh bilan belgilanadi.
Masalan, uquvli odam (xoma xabilis) haqidagi shov-shuvlar ko‘pchilik
olimlar
tomonidan
qo‘llab-quvvatlanmadi.
Bu
topilmalar
avstrolopiteklarga doir deb topildi. Biroq xoma xabilis bilan bir
gorizontda birga topilgan mehnat faoliyati izlari, mehnat qurollari
hamda avstrolopitek suyak qoldiqlari va tuzilishining yirikligi, miya
hajmining odamsimon maymunlardan kattaligi hisobga olinsa, ularni
gominid tarkibidagi avstrolopiteklar deb aytish mumkin va bu
topilmalarni 4-5 mln yil bilan hisob qilish mumkin.
Ko‘p yillar tortishuvlar natijasida butun gominidlar oilasini 3 (uch)
tipga bo‘lish mumkin bo‘ldi: avstrolopitek odam, tik yuruvchi odam
(avvalgi gominidlar pitekantrop va sinantroplar) va hozirgi zamon
jismoniy tip odamlari (keyinchalik gominid neandertallar va so‘nggi
paleolit odamlari). Bu sxema ko‘pchilik paleoantropologik asarlarda
keng tarqaldi. Ammo bularning morfologik xilma-xilligini inobatga
olgan holda, pitekantroplarni ham bir necha tiplarga ajratish mumkin va
keyinchalik ularning bir yo‘naishdan neandertallar va hozirgi zamon
odamlari paydo bo‘lganligi haqida gap boradi.
Paleantropologik materiallarning doimiy ravishda oshib borishi
eng qadimgi odamlarning paydo bo‘lishi bir necha lokal joylarda paydo
bo‘lganligidan guvohlik bermoqda. Ularning ayrimlari evolyutsion rivoj
topmasdan to‘pikka kirib qolgan va ular keyingi taraqqiyot odamlarining
rivojiga hissa progressiv qo‘shmagan. Shu ma`noda odamzodning
dastlabki paydo bo‘lishi ko‘p qirrali bo‘lib, uning, rivoj topmay qolgan
variantlari ham bo‘lgan. Taraqqiy etmay, evolyutsion ravishda
rivojlanmay qolgan gominidlar hayotiga tabiiy iqlim, tabiiy resurs,
jo‘g‘rofik joylashish kabi olimlarning ham ta`siri kuchli bo‘lgan.
9
Yuqoridagi har xil tezislardan kelib chiqib shuni alohida qayd etish
lozimki, odamning dastlabki paydo bo‘lishi va uning dastlabki o‘sib
chiqqan vatani haqida qanchalik gapirmaylik, odamzod tarixi Afrikaning
Oldavoyidan boshlanadi va uning dastlabki yoshi 2-2,5 mln yil bilan
o‘lchanadi. Hozir ko‘pchilik olimlar ana shunday monotsentristik
ta`limot bilan qurollangan. Odamzod jamoasi tarixiy taraqqiyotda ishlab
chiqarish kuch va uning hukmdori sifatida namoyon bo‘ladi.
Odamzodning Yer kurrasi bo‘ylab tarqalishi va galma-gal
qit`alarni o‘zlashtirish masalasi ham hamon to‘la yechilmagan. Bu
masalaga oydinlik kiritishda ilk paleolit davri makonlarining o‘rganilishi
muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, baland
tog‘li muzofotlar ilk paleolit davrida o‘zlashtirilmagan. Fanda hozirgi
vaqtda ma`lum avstrolopitek va pitekantroplar topilmalari faqat tog‘
etaklarida, dengiz sathi bilan teng balandliklarda joylashgan. O‘rta
paleolitr davriga kelib odamzod soni oshib, tog‘larning yuqori qismi,
dengiz sathidan 2000 metr balandliklar o‘zlashtiriladi degan qarashlar
mavjud. Shuningdek, qalin o‘rmonzorlar va tropik sahrolar ham ancha
keyin, mehnat qurollarining takomillasha borishi natijasida odamzod
tomonidan ishg‘ol qilina boshlanadi. Masalan, subtropik sahro bilan
bog‘liq juda katta Gobi kengligida birorta ham ilk paleolit makoni yoki
izlari kuzatilmagan. Shunday ekan, ovchilik hamda obihayotga tanqis
joylar juda qadimda o‘zlashtirilmagan. Shunday qilib, odamzodning
paleolit davrida Yer yuzini o‘zlashtirishi umumhodisa tarzida
bo‘lmasdan, balki aylana harakat tarzida yuz bergan.
Odamzod dastlab ilk paleolit davrida polasalar – hududlar orqali
o‘zlashtira borib, o‘rmonli tropik joylardan va yuqori baland tog‘lardan
aylanib o‘tgan. Shunday aylanib o‘tish suvsiz va ovchilik hamda
termachilik mahsulotlari kamyob joylarni ham aylanib o‘tib, ekologik
ma`qul burchaklarni ishg‘ol qila borganlar. O‘rta paleolit davriga kelib,
mehnat qurollarning muayan darajada rivoji, hayotiy tajribalarning
tobora orta borishi tufayli odamzod tog‘li hududlarni va tropik
o‘rmonzorlarni ham o‘zlashtira borib, natijada o‘rta paleolit madaniyati
butun Afrika va Yevrosiyo bo‘ylab o‘zlashtiriladi. Balki faqat shimoliy
qutb o‘zlashtirilmagan. Ayrim ma`lumotlarga qaraganda, Amerika
qit`asi o‘rta paleolit davrida neandertallar bilan o‘zlashtirilgan, demak,
Osiyo va Amerika Arktakasi esa bundan ham ancha, bir necha o‘n ming
10
yillar avval o‘zlashtirilgan. Bu nazariy ta`limot hozircha o‘z tasdig‘ini
topganicha yo‘q.
So‘nggi paleolit davri odamzod uchun muhim o‘zgarishlar davri
bo‘ldi, mehnat qurollari takomillashdi, odamlar urug‘chilik jamoalariga
birlashib, onalar xo‘jalik, turmush hayotda muhim o‘rin egalladilar,
yangi qit`alar – Amerika va Avstraliya qita’lari o‘zlashtiriladi. Olingan
radiouglerod tahlillari Amerika va Avstraliya qit`alarining so‘nggi
paleolit oxirlarida o‘zlashtirilganligidan guvohlik bermoqda. Odamzod
eng sovuq hududlar bo‘lgan shimoliy qutblarni ham shu davrda
o‘zlashtirgan. Shunday qilib, so‘nggi paleolit davrida Yer yuzining
odamzod yashashi mumkin bo‘lgan mintaqalari, ayrim dastlardan
tashqari,
o‘zlashtirilib bo‘lgan. Mehnat qurollarining doimiy
takomillashuvi oqibatida tosh asrining davomli kelgusi bosqichlarida
odamzod keng tarqala boshlaydi. Yer yuzining har bir jo‘g‘rofik jihatdan
joylashish tabiatiga nisbatan odamzod qiyofasi va tusi adabtatsiyalashib
borilgan va lokal – mahalliy xususiyatga ega bo‘lib borilgan. Bu
mahalliy – lokal xususiyatlar o‘rta paleolit davridan boshlab aniq
namoyon bo‘lib boradi.
Odamzod sonining dastlabki holati – ayrim olimlarning fikriga
qaraganda, ilk paleolit davrida odamzod soni 125 mingdan oshmagan.
Bu Amerika demograf olimi E.Divi fikri. 23-24 kv. km. 1 odam to‘g‘ri
keladi. Yevrosiyo hududida 1 kv km hududga 1 kishi to‘g‘ri kelgan.
E.Divining fikricha, 2,5 kv km maydonga bundan 25-10 ming yillar
ilgari 1 kishi to‘g‘ri kelgan va asta-sekin ko‘payib borib, so‘nggi paleolit
davrida 3,3 va 5,3 ml odam yashagan.
Arxeolog V.E.Larichevning fikricha, paleolit davrida odamzod
muhim ma`naviy yutuqlarga erishgan. Masalan, ovchilik va terma-
terimchilik hayot uchun ham ma`lum ma`noda odamlar kundalik
astronomik kundaliklardan foydalanib, hayot va sivilizatsiya sari intilib
yashaganlar. Bundan tashqari, so‘nggi paleolit davriga oid san`at
namunalarini Frantsiyadagi Lasko va Peshmorel g‘orlari devoriga
solingan zubr, mamont, ot, Nio qoyatoshidagi bizon suratlari va so‘nggi
paleolit davriga doir makonlardan topilgan san`at ashyolari –
taqinchoqlar hamda ayol haykalchalari kabilar insonning sivilizatsiyaga
intilishini korsatadi. Xullas, neolit davriga kelib, Yer yuzasi odamzod
tomonidan to‘la ishg‘ol qilinadi.
11
Shunday qilib, amalda tarixiy davr avstrolopiteklarning turli
joylarda paydo bo‘lishdan boshlanib, sivilizatsiya sari evolyutsion
holatda rivojlanishda bo‘lib, sivilizatsiya amalda dehqonchilik
xo‘jaligiga o‘tish, chorvachilikning vujudga kelishi, shaharlarning paydo
bo‘lishi, hunarmandchilik ishlab chiqarish bilan bog‘liq shaharsozlik,
siyosiy hokimiyatning bir joyga to‘planishi, yozuvning paydo bo‘lishi
kabi omillar sivilizatsiya sari intilib yashash bilan bog‘liq bir necha
million yillarni o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: |