Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
198
Og‘zimizdan chiqayotgan hamma so‘zlar haqqoniy bo‘lmog‘i kerak. Ammo bu, biz har qanday
haqiqatni ochiq aytishga majburmiz, degani emas.
* * *
O’z botiniy e’tiqodidan voz kechish pastkashlikdir.
* * *
Etika – e’tiqod falsafasi.
* * *
Daholik – o‘rgatib ham, o‘rganib ham bo‘lmaydigan iste’dod mahsuli.
* * *
Iztirob faoliyat istagini uyg‘otadi.
* * *
Salomatlik holatidagi mehnatdan keyingi hordiq har qanday jirkanchlik aralashmasidan xoli bo‘lgan
eng buyuk hissiy lazzatdir.
* * *
Insondagi qulaylikka moyillik hissi hayotda mavjud bo‘lgan har qanday yovuzlikdan ham
yomonroqdir.
* * *
Fikrlarni emas, fikrlashni o‘rgatmoq kerak.
* * *
Chehramizning rangi yolg‘on so‘zlayotganimizni fosh etadi. Ammo u hamma vaqt ham yolg‘onning
isboti bo‘lib xizmat qilavermaydi. Ko‘pincha bizni ayblayotgan kimsaning andishasizligidan ham
qizaramiz.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
199
ROBINE JAN BATIST RENE (1735-1820)
Frantsuz faylasufi Robine Renne shahrida kambag‘allashgan dvoryan oilasida tug‘ilib o‘sdi. Uning otasi parlament matbaachisi bo‘lgan. Robine 1760 yili Gollandiyaga ko‘chib o‘tadi. 1761-1766 yillarda «Tabiat haqida» nomli asari ustida ishlab, uning to‘rt jildini nashrga tayyorlaydi. Robine 1820 yilda Renne shahrida vafot etadi. U o‘limi oldidan cherkovning qistovi bilan o‘z qarashlaridan voz kechish haqidagi qog‘ozga imzo chekadi. Unda quyidagi so‘zlar bor edi: «Hazratim M.Leonga ishonib topshirilgan mazkur inkornoma o‘limimdan so‘ng zudlik bilan e’lon qilinsin. Tangriga o‘z fikrlarim, so‘zlarim va harakatlarim