42
baliqlarda, hasharotlarda (arilar, kapalaklar) uchratiladi. Tanadan issiq ajratishning
o’zgarishi, ya’ni ortiqcha bo’lsa tashqariga chiqarib yuborish yoki uni ushlab
qolish fizik termoregulyatsiya deb qaraladi. Bunday yo’l bilan harorat omiliga
moslashgan hayvonlarda quyidagi anatomo-morfologik moslashishlar kuzatiladi:
tananing junlar bilan qoplanishi, pat yoki parlarga ega bo’lishi, yog’ zahirasining
joylanishi, teri yoki nafas yo’li orqali suv bug’latishni boshqarish va hokazo.
Ko’pchilik hayvonlar uchun tana haroratini boshqarishda
ularning instinktdan kelib
chiqadigan harakatlari katta ahamiyatga ega. Bular gavdaning holatini o’zgartirish,
boshpana topish, murakkab yer ostki uyalar (inlar) qurish, uzoq va yaqin
masofalarga ko’chib yurishlar (migratsiyalar) kiradi. Tana haroratini idora etishda
hayvonlarning guruhli hatti-harakatlari ham muhim ahamiyatga ega.
NAMLIK OMILINING TIRIK ORGANIZMLAR
HAYOTIDAGI AHAMIYATI
Quruqlikda yashovchi organizmlarning suvga bo’lgan
talabi tuproq va
atmosfera namligi hisobiga qondiriladi. Tuproq va atmosferadagi namlikning
manbai atmosfera yog’inlari hisoblanadi. Yer sharida atmosfera yog’inlarining
yillik miqdori bir necha 10 millimetrdan 3000 millimetrni tashkil etadi.
Organizmlarning suv bilan ta’minlanganligini baholash uchun faqat yillik
atmosfera yog’inlarining miqdorini
bilish bilan kifoyanilmaydi, chunki ushbu
miqdor cho’l iqlimini yoki juda nam iqlimni ifodalashi mumkin. Yer sharidagi turli
joylarda atmosfera yog’inlari bilan bug’lanish nisbati katta ahamiyatga ega. Yillik
bug’lanish yillik yog’ingarchilik miqdori yig’indisidan kam bo’lgan joylar arid
(qurg’oqchil) oblastlar deb ataladi. Bu erda yashovchi o’simlik va hayvonlar uchun
namlik etarli bo’lmaydi.
Aksincha, yog’ingarchilikning yillik miqdori
bug’lanishning yillik miqdoridan ortiq bo’lgan joylar gumid (sernam) oblastlar
deyiladi.
Klimodiagrammalar ma’lum joydagi atmosfera yog’inlari
bilan haroratning
o’zgarishi nisbatini ifodalovchi egri chiziqlardir. Agarda harorat egri chizig’i
atmosfera yog’inlari egri chizig’idan yuqorida bo’lsa qurg’oqchil, aksincha holat
kuzatilsa nam yoki ortiqcha nam sharoit hisoblanadi.
Organizmlarning suv bilan ta’minlanishini tavsiflash uchun iqlim
sharoitlaridan tashqari muayyan biotopning namlik sharoitini ham bilish kerak.
Odatda.
Ortiqcha namlik, namlik, kuchsiz namlik, quruq va boshqa yashash
sharoitlari degan tushunchalar ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: