92
tezlikda ishlaydi. Uning maksimal ishlash tezligi sekundiga 25-30
metrni tashkil
etadi.Shamol generatorlaridan foydalanishning afzalliklari:
1. Ishlab chiqarilgan elektr energiyasining narxi yoqilg‘i narxlarining
o‘zgarishiga bog‘liq emas.
2. Foydalanish xarajatlari past.
3. Zararli chiqindilar chiqarmaydi.
Shamol generatorlaridan foydalanishning kamchiliklari:
1. Mustaqil ishlashi uchun zahira ta’minot manbai kerak bo‘ladi, ya’ni
energiya ishlab chiqarish shamolning kuchiga bog‘liq.
2. Boshlang‘ich kapital sarflanishi darajasi yuqori.
3. Shovqin chiqarishi va vizual ta’siri katta.
Biomassadan foydalanish. Chorvachilik va oziq-ovqat
sanoatining organik
chiqindilari biogaz ishlab chiqarish xom ashyosi hisoblanadi. Biomassani anaerob
qayta ishlash paytida biogaz qurilmasida maishiy iste’molchilar tomonidan tabiiy
yoki suyultirilgan neft gazi (LPG) o‘rniga foydalaniladi yoxud uni issiqlik yoki
elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Ishlab chiqarilgan biogaz tarkibida 60-70
foiz metan (CH4), 30-40 foiz uglerod oksidi (CO2) va 500 ppm (promill) vodorod
sulfid (H2S) bor. Biogaz moslamalarida foydalaniladigan biomassaning 80-90 foizi
go‘ngdan - sutchilik fermasi va qushxonlarning organik chiqindilari qo‘shilgan
holda tayyorlanadi. Qoramollarning bir tonna go‘ngidan 25 m3 ,
parrandachilik
go‘ngidan 190 m3 , sanoat chiqindilaridan 130 m3 biogaz ishlab chiqarilishi
mumkin. Biogaz ishlab chiqarishda go‘ng yig‘ish uchun, odatda, qoramollarni
fermalarda boqish talab etiladi. Biogaz moslamalaridan
foydalanish quyidagi
afzalliklarga ega:
1. Biogaz CO2 ga qaraganda neytral yoqilg‘i hisoblanadi,
undan
foydalanish esa, atmosferada organik chiqindilarni achitishda yuzaga keladigan
metan gazi miqdorining ko‘payishini oldini oladi.
2. Achitilgan biomassadan olinadigan o‘g‘itlarning
qiymati miqdori
boshlang‘ich xomashyonikidan anchayuqori.
3. Fermerlarga qarashli yerlarda oziqa moddalarini ekologik xavfsiz va
iqtisodiy foydali uslubda, ikkilamchi qayta ishlash - qattiq biomassani biogaz olish
uchun achitishning afzalligi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: