Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


93 
Foydali kazilmalarga rudali va rudasiz metallar, neft, gaz, ko’mir, torf, yer 
osti suvlari kiradi. Foydali qazilmalar insoniyat va uning xo’jaligi, taraqiyoti 
uchun energiya va ekilgi manbai bulib, yildan- yilga undan foydalanish ortib 
bormoqda. Agar so’nggi 25 yil ichida dunyoda ko’mirga bo’lgan talab 2 marta, 
temir rudasiga 3 marotaba, neft va gazga bo’lgan talab 6 marotaba, marganes,
kaliy, fosfor,tuzlariga talab 2-3 marotaba oshgan bo’lsa shu davrga aholining 
ulushi 40% tashkil kildi. Hozir dunyoda har yili 150 mlrd. t. mineral hom ashyo 
qazib olinmoqda. Tabiiy kurash oqibatida daryolar orqali dengiz, okeanlariga har 
yili 15 mlrd. t. tog’ jinslarini oqizib ketmoqda, 3-4 mlrd. t. atmosfera havosiga 
ko’tarilmoqda. Inson kerakli qazilmalarni o’zlashtirish oqibatida 1500-2000 mlrd.
t. tog’ jinslari bir joydan ikkinchi joyga joylashtiriladi. 
Tabiiy resurslar 
Tugaydigan
Tugamaydigan 
Tiklanmay-
digan 
Tiklanadigan 
Iqlim 
Yer, 
o’simliklar, 
hayvonot, bir 
necha mineral 
hom ashyo 
Kosmik
Atmosfera 
havosi, shamol 
energiyasi
Yer osti 
boyliklari
Quyosh 
radiatsiyasi, 
dengiz oqimi
Suv 


94 
BMT ning ma’lumotiga qaraganda, dunyoda yiliga 32 mlrd. t. ko’mir 2.6 
mlrd. t. neft, 6 mlrd. t. temir rudasi, 3.6 mln. t. xrom rudasi, 7.3mln.t. mis rudasi,
3-4mln.t. qo’rg’oshin rudasi, 159 mln. t. tuz, 120 mln. t. fosfotlar, 1.2mln. t. 
uran, simob, molebdan, nikel, kumush, oltin, platina rudalari kazib olinmokda. 
Mutaxassislarning bergan ma’lumotlariga ko’ra, agar qazilma boyligidan 
hozirgi sur’atdan foydalanilsa, oltin 30-35yilda, rux 36: surma -70: kaliy-40: 
uran-47: mis -66: simob-70: ko’mir, neft, gaz, 150 yilda tugab qolishi mumkin. 
Shu sababli ko’pgina rivojlangan mamlakatlar: Yaponiya, Angliya, Germaniya, 
Italiya, Gollandiya, Belgiya va boshka mamlakatlarda hom ashyo, yer osti 
boyliklari yetishmasligi oqibatida ikkilamchi chikindilarni kayta ishlash va boshka 
mamlakatlarning boyliklaridan foydalanilmoqdalar. Fan texnikaning rivojlanishi, 
olimlarni yana hom yangi mineral konlarni kashf qilishga majbur qilmoqda.
Masalan, Yaponiya olimlarining ma’lumotlariga ko’ra, okean tagidagi metall 
konsentrasiyalari hisobiga dunyo sanoatini hozirgi iste’mol darajasi mis bilan
2000 yil, nikel bilan 70 000 yil marganes bilan 14 000 yil ta’minlash mumkin.
Bu boyliklardan dunyo sanoati extiyoj uchun 1% dan 20 % gacha 
foydalanilmoqda. Bundan tashkari yer osti minerallari ko’pchilik hollarda 1 yoki 2 
metall hisobga qazib olinib qolgan qismi atrof muxitga tashlab yuboriladi. 
Masalan, 100t. granitdan 8.alyuminiy, 5t. rux, 0.5 t.titan, 80 kg. marganes, 30 
kg. xrom, 17 kg, nikel, 14 kg. vanadiy ajratib olish mumkin. 
Isrofgarchilik ayniksa neft, ko’mir, kaliy tuzi, qurilish materiallari kora va 
rangli metallar, tog’ kimiyoviy hom ashyolarni qazib olishda ko’plab ro’y 
bermoqda. Dunyoda juda ko’p neft konlaridan neftning 50-60%i qazib olinib 
qolgan qisimi olib ketmokda. 
Shunday qilib hozirgi kunda yer sharining litosferasidan har yili 150 mlrd.t.
ruda qazib olinadi va undan kerakli elementlar ajratib olinib qolgan 95-98% atrof 
muxitga tashlanadi. 
Qazilma boyliklarni qidirib topish, qayta ishlash va tashish jarayonida yer
yuzasi strukturasi buziladi xosildor maydonlar qiskaradi, o’simliklar nobud 
bo’ladi, tuproq eroziyasi tezlashadi, oqibatda yaroqsiz yerlar maydoni oshadi.
Shunday qilib yerlar hozir dunyoda 10 mln. gektarni tashkil qilsa, 2 000 yilga 
borib 5-6 barobar oshadi. Masalan, 1 t. temir olish uchun 5-6 t. ruda, 1 t. 
qo’rgoshin olish uchun 60-90 t, 1 t. rux olish uchun 80-100 t. 1 tn. mis olish
uchun 100-140 t, 1 t. mis olish uchun esa 60 000-80000 t. ruda ishlatiladi. hozir yer 
yuzasida millionlab tonna metallurgiya shakllari, issiklik elektr stansiyalaridan
chiqqan ko’plab tog’ uyumlarini tashkil qilgan. Hisoblarga ko’ra so’nggi 100 yil 
ichida dunyoda 20 mlrd.t. dan ortiq shpak, 3mlrd.t. kul, 17 mln. t. mish’yak, 1 
mln. t. nikel, 1 mln. t. kobot va boshqa foydali elementlar chikarib tashlangan. 
Zarafshon shaxridagi Muruntov oltin konidan qazib olinayotgan chigitdan qazib 
olinayotgan chigitlar tashlanadigan maydoncha 5 200 ga maydonni tashkil qilib, 
hozirgi kunda bu maydon to’lib bitgan. Ikkinchisini maydoni 6 200 ga ni tashkil 
qiladi. Chiqindining tarkibida natriy seonidi 150 mg/l, temir birikmasi 9 mg/l,
mis 5.5 nikel-17 :: kobot-0. 25 sink-0.5: molebdan-17: mish’yak-2.5: alyuminiy-
25: qo’rgoshin 3mg/l tashkil qiladi. 


95 
O’zbekiston zaminida mavjud bo’lgan boyliklarda ega davlatlar jahon 
haritasida ko’p emas. Bu boyliklarning kuchiligi ham ishga solinmagan. Bu esa 
butun dunyoga mashhur chet el komponentlari va banklarining e’tiborini jalb etishi 
aniq. 
O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan faxrlanadi. Bu yerda mashhur 
Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 
2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma zaxiralari va madan namoyon bo’lgan 
istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100ga yaqin mineral-hom ashyo turlarini o’z 
ichiga oladi. Shundan 60dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900dan ortiq 
kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 mlr. AQSH 
dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral hom-ashyo potensial 3,3 
trilion AQSH dollaridan ortiqroq baholanayotganini ham aytib o’tish kerak. G’oyat 
muhim strategik manbalar-neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo’yicha 155ta 
istiqbolli kon, qimmat baho metallar bo’yicha- 40dan ortiq, rangli, nodir va 
radiaktiv metallar bo’yicha – 40, kon chilik-kimyo hom ashyosi bo’yicha 15ta kon 
qidirib topilgan. Qidirib topilgan foydali qazilmalarning hozirgi darajasi va u bilan 
bog’liq holda qimmat baho, rangli va nodir metallar, barcha turdagi yonilg’i 
zaxiralari – neft va gaz kondensati, tabiiy gaz, ko’pgina mineral-hom ashyo va 
qurilish materiallari xillarining g’oyat boy konlarini o’zlashtirish respublikaning 
kelajagiga ishonch bilan qarash imkonini bermoqda. 
Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 mlr. Dollarlik miqdorda foydali 
qazilmalar olinmoqda va ular yoniga 6,0-7,0 mlr. Dollarlik yangi zaxiralar 
qo’shilmokda. Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, 
volfram, kalshe tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bo’yicha O’zbekiston tasdiqlangan 
zaxiralar va istiqbolli rudalar jihatidan MDXdagina emas, balki butun dunyoda 
ham yetakchi o’rinni egallaydi. Masalan, oltin zaxiralari bo’yicha respublika 
dunyoda 4-o’rinda, uni qazib olish buyicha 4-o’rinda, mis zaxiralari bo’yicha 10-
11 o’rinda, uran zaxirasi bo’yicha 7-8-o’rinda turadi. 
O’zbekiston noyob yonilg’i – energetika resurslariga ega. Qidirib topilgan gaz 
zaxiralari 2 trilion m
3
ga yaqin, ko’mir – 2 mlr. tonnadan ortiq. 160dan ortiq neft 
koni mavjud. Neft, gaz va kondensat zaxiralari o’z extiyojlarimizni to’la 
ta’minlabgina qolmay, shu bilan birga energiya manbaalarini eksport qilish 
imkonini ham beradi. Hozir kapital mablag sarflashning eng foydali soxalaridan 
biri bo’lib qoldi. Mutaxasislar baxolashiga, O’zbekistonning yer ostiga juda katta 
neft va gaz qatlamlari bor. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Surxandaryo, Fargona 
mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zaxiralari bir trilion AQSH dollaridan 
ziyod baholanmoqda. 
O’zbekistonda ko’mir Angren, Shargun va Baysun konlarida qazib 
chiqariladi. Ularning umumiy zaxirasi – 2 mlr. tonna. Ko’mir bilan birga juda 
qimmat baho mineral-hom ashyo zaxiralari: kaolinlar, ohaktoshlar, kvars quzimlar, 
tosh qotishmalar va kam uchraydigan boshqa elementlar ham qazib olinmoqda. 
Ular hozirgi ishlab chiqarishlarning ko’pgina turlarini rivojlantirish uchun kuchli 
xam ashyo bazasi bo’lib hizmat qiladi. O’zbekiston dunyodagi juda katta oltin, 
kumush va boshqa qimmat baho hamda yer bag’rida kam uchraydigan metallar 
zaxiralariga ega bo’lgan davlatlar jumlasiga kiradi. 


96 
Navoi azot kombinati o’zining zaxarli chigitlarini (570000m.) 50 ga 
maydonga ega bo’lgan xavzalariga oqizmokda. 
Uning asosini polimerlar 25% rodonitlar-10%, qattiq aralashmalar tashkil 
qiladi. Tarikbida seonit -50 mg/l, ammiak-150, sul’fat tuzlari 15000, mis-
2500mg/l tashkil qiladi. 
Navoiy elektrokimyo zavodining chiqindisi 7 mln. 800 000 m. kubni 
tashkil qilib 125 ga maydonni egallab turibdi. Tarkibi o’ta murakkab organik 
birikmalardan iborat. Atrof muxitni toza saqlash maqsadida va tabiiy yoqilgi 
resurslarini tejash borasida so’nggi yillarda vodoroddan foydalanish muammosi 
yuzaga keldi. Uning afzalligi shundaki, birinchidan zapasi cheklanmagan sanoat 
miqyosida ishlab chiqarish tobora oshib bormoqda. Ikkinchidan u universal 
yoqilg’i hisoblanib elektr ishlab chiqarishda, avtotranstport, aviatsiya, dengiz 
transportida suyuk, gaz holida ishlatish mumkin. Keyingi paytlarda
bioenergetikaga ham katta e’tibor berilmoqda. Bioenergetikada chorvachilik,
parrandachilik, cho’chqachilik korxonalaridan chiqayotgan go’ng, axlatxona 
mikroorganizmlar, bakteriyalar, chuvalchanglar yordamida chiritilib tabiiy gaz va 
biogumus olinadi. 
1 tonna quruq bo’lgan go’ngdan 400-6 m.kub biogaz ajratib olish mumkin. 
O’zbekistonda har yili 19mln. t. go’ng vujudga keladi. 1 tonna quruq barg,
o’simlik qoldiqlari 300-500 m. kub. biogaz beradi. 
50-100 kg biogumus hosil bo’ladi. 
O’zbekiston zaminida 94 dan ortiq mineral hom ashyolarining 850 konlari 
qidirib topilib ishga tushirilgan. Qidirib aniqlangan yoqilgi energetika, tog’ rudalari 
va kimyo hom ashyolari, qurilish ashyolari, yer osti ichimlik suv konlarida 370 ta 
neft-gaz va 290 ta yer osti suv konlaridan foydalanilmoqda. Birgina kuy dumaloq 
gaz konlarining sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan zaxirasiz 143.7 mlrd/m kub. Neft 
54.2 mln/tn. kondenit-67.4 mln.tn.
Respublikaning umumiy uglevodorod hom ashyo zaxirasi quyidagicha:-gaz-
1828mlrd/m. kub. (taxminiy xisoblar-2970 mlrd/m.kub)- kondensat-136mln/t. 
(taxminiy xisob-175 mln.tn.)- neft 103mln. t. (taxminiy xisob-435 mln.t)
Respublikamizning 20 dan ortik maskanlarida toshko’mir zaxiralari yuzasidan 
biologik qidiruv ishlari o’tqazilgan va uning zaxirasi 3500 mln. t. deb taxmin 
qilinmoqda. Bu konlarning katta zaxirasi Angren, Shartun, Boysunda joylashgan. 
Angren toshko’mir konining zaxirasi 1885 mln. t. bo’lib, har yili 5 mln. t.
qazib olinmoqda. Ochiq holda qazib olish 10 mln. t. ga teng yetkazish tadbir 
choralari ko’rilmoqda. Shortun, Boysun konlarining zaxirasi 60 mln. t. deb 
baholanadi. Fargona vodiysida topilgan qora ko’mir zaxirasi esa 30-35mln. t. deb 
taxmin qilinmoqda. Mamlakatimizda 32 tur rangli metallarning 33 ta koni ishga 
tushirilib 16ta tog’ mutallurgiya korxonalari faoliyat kursatmoqda. 27 ta oltin 
zaxiralari mavjud konlardan 16 tasida qidiruv ishlari olib borilib 7 tasi
ishlatilmoqda. Respublikamizda fosforidlarning zaxirasi 100 mln. t. deb 
baholanmoqda. Fosfor o’g’itlari ishlab chiqaruvchi zavodlar Qozog’istondan 
keltirilayotgan hom ashyo hisobiga ishlamoqda. 5 dan ortiq volfram konlarida 
qidiruv ishlari o’tqazilib, shundan 2tasi foydalanilmoqda. 


97 
Respublika xududida 32 ta mineral shifobaxsh suv konlari aniqlangan bo’lib 
shundan12 tasida shifoxonalar, kurortlar tashkil qilingan va 9 ta zavodda 
qadoklanmoqda. 
Yer osti boyliklarini qazib olishda juda katta nobudgarchilikka yo’l 
quyilmoqda. Shortun ko’mir konidan olinayotgan hom ashyoning 25% muhitga 
tog’ jinslari bilan chiqib ketadi. Qattiq chiqitlar 100 mln. t. bo’lib, shundan 60 mln. 
t. si fosforgips, suyuk chiqindilar, 10 mln. m. kub. Bu chiqindilar bir necha o’n
ming ga maydonni tashkil qiladi. Har yili birgina Angren ko’mir konidan 6 mln. t. 
kaolin ham qazib olinadi, shuning 10-15% ishlab chiqarishga yuborilib, qolgan 
qismi tog’ jinslari bilan qo’shilib chiqarib tashlanmoqda. 
Shifobaxsh yer osti mineral suvlarining isrofgarchiligi xanuzgacha 
yuqoriligicha qolmoqda. 27 ta shifo maskanlarida shifobaxsh mineral suvlaridan 
foydalaniladi. Shifobaxsh suvlarni isrofgarchiligi (shifoxonalarda) 50%ni tashkil 
qiladi, o’zi oqar quduqlarda esa 30% dan yuqoridir. 
Shunday qilib, Respublikamizda tabiiy boyliklarni qo’riqlash tejab tergash,
unumli foydalanish isrofgarchilikka chek qo’yish, hamda chiqimsiz texnologiyaga 
o’tish konsepsiyasi to’liqligicha ishlab chiqilganicha yo’q. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin