113
Suv resursi
Suv eng qimmatli tabiiy resurs. U hayotni
tashkil qiluvchi moddalar
almashinuvi jarayonida muhim rol o’ynaydi. Suv sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishda, maishiy turmushda katta ahamiyatga ega.
Suv yer yuzasini shakllanishida ishtirok etadi, tabiatda aylanib turadi,
shuningdek iqlimni, ob-havoni shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Suv dunyoning eng katta boyligi, ammo chuchuk suv zahiralari cheksiz emas.
Yer sharining ko’pgina rayonlarida, chuchuk suv
tanqisligi dolzarb muammo
hisoblanadi.
Suv resurslari; okeanlar, dengizlar, daryo va ko’llar, qutb va tog’likdagi
muzliklar, yer osti suvlari, tuproq va havodagi namlikdan iborat. Umumiy suvning
miqdori 1,5 mlrd. km
3
. ni tashkil etadi. Bu miqdordagi suvning 94,2%i sho’r suvlar
hisoblanadi. Chuchuk suv zahiralari 2-2,5% dan iborat.
Chuchuk suvlar asosan
Antarktida muzliklarida, Grenlandiya, qutbdagi orollar va tog’larda joylashgan (1-
2-3-4-ilovalar).
Dunyoning ko’pgina rayonlarida chuchuk suv tanqisligi kuzatiladi. Hisob-
kitoblarga qaraganda har xil maqsadlarda foydalaniladigan suv sarfi 150 km
3
ni
tashkil qiladi.
Taxminan insoniyatning 1/3 qismi “suv ocharchiligi”ga duchor bo’lgan. Yer
sharining qurg’oqchil rayonlarida aholining suvga bo’lgan talabi qondirilmaydi.
Meksika, Eron, Pokiston, Jazoir, AQShning 10dan ortiq shtatlari,
Rossiyaning
ayrim viloyatlari va O’rta Osiyo davlatlari shular jumlasidandir.
O’zbekistonda sug’orish uchun asosiy suv manbalari Amudaryo, Sirdaryo,
Zarafshon, Qashqadaryo,
Surxondaryo, Chirchiq va Oxangaron daryolaridir.
Respublika bo’yicha yer osti suvlarining tabiiy zahiralari 66342 ming m
3
.
Suv resurslarini ifloslanish manbalari asosan qishloq xo’jaligi ekinlarini
sug’orishda, mineral o’g’itlar va turli pestitsidlardan suv bilan birga yuvilib oqova
suv hosil qilishi chorvachilik komplekslari orqali ochiq suv havzalari va er osti
suvlarini ifloslanishi, sanoat ishlab chiqarish korxonalari suvni og’ir metall ionlari
va turli xil zaharli moddalar bilan ifloslab oqova suvlarni hosil qilishidir. Bunday
suvlar tarkibida, sanoat korxonalaridan og’ir
metallar, fenol, xlor, kaprolaktom,
neft mahsulotlari, biologik va kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar uchraydi.
Suv resurslarini ifloslantirishda temir yo’l, aviatsiya transport vositalari,
shuningdek avtokorxonalarning ham hissalari bor.
Sanoat chiqindilari orasida neft va uning mahsulotlari, daryo va ko’llarning
ifloslanishida eng havflilari hisoblanadi.
Atom elektrostantsiyalaridan chiqadigan radioaktiv chiqindilar daryo suvlarini
ifloslantiradi. Ular suvdagi plankton va baliqlar organizmida to’planib,
ulardan
boshqa organizmlarga o’tadi.
Maishiy chiqindilar aholining o’sishi, yangi shaharlarning barpo qilinishi
tufayli oqova suvlarni ko’payishiga olib keladi. Maishiy turmushdagi oqova suvlar
daryo va ko’l suvlarini kasallik tug’diruvchi bakteriyalar va gelmintlar bilan
ifloslanish manbai bo’lib qolgan, shu bilan birga suv havzalarini maishiy
turmushda keng foydalanayotgan sintetik yuvuvchi vositalar ifloslantirmoqda.
114
Tozalash-zararsizlantirish. Daryo va boshqa suv havzalarida suvni o’z-o’zidan
tabiiy tozalanishi kuzatiladi. Ammo rivojlangan davrda chiqindilar ko’pligi, uni
suv havzalarini ifloslantirishi natijasida oqova suvlarni
tozalash zaruriyati kelib
chiqdi. Oqova suvlarni tozalashni quyidagi metodlarini ajratish mumkin.
Mexanik, fiziko-kimyoviy va biologik metodlardan foydalanish, ya’ni aralash
metodlar ma’lum.
Mexanik tozalash metodining mohiyati, oqova suvni tindirish va filьtrlashdan
iborat.
Fiziko-kimyoviy tozalash metodida oqova suvlardagi organik chiqindilardan
va oksidlanadigan yoki yomon oksidlanadigan organik moddalarni parchalab
yuboriladi. Bunda elektroliz usuli keng qo’llaniladi. Ifloslangan oqova suvlar
yuqoridagilardan
tashqari ulьtratovush, ozon, ion almashtiruvchi smolalar va
yuqori bosim ostida tozalanadi. Xlorlash ham yaxshi samara beradi.
Biologik metod ham oqova suvlarni tozalashda katta rol o’ynaydi. Buning
uchun bir necha turdagi biologik qurilmalar, ya’ni biofiltrlar, biologik hovuzlar va
aerotenkalardan foydalaniladi.
Biofilьtrlar orqali oqova suvlar yirik donador material qatlami ustiga yupqa
bakteriyalardan iborat qatlam orqali o’tkaziladi.
Biologik hovuzlarda esa suv havzalaridagi barcha organizmlar oqova suvlarni
tozalashda ishtirok etadi.
Aerotenkalar temir betondan qurilgan katta rezervarlardir.
U erda oqova suv
bakteriyalar va mayda jonivorlardan tashkil topgan faol loyqalarda tozalanadi.
O’zbekistonda halqaro meyyorga mos keladigan tabiiy muhit va suvni
muhofaza qiladigan qonun va meyyoriy hujjatlar qabul qilingan. SHulardan 1992
yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish» haqidagi qonunni aytib
o’tish mumkin. Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi 100 dan ortiq qonunlar
loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etgan. SHulardan bittasi O’zbekiston
Respublikasida suvdan foydalanish va suv haqidagi qonunni aytish mumkin.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida ana shu qonun asosida ish olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: